Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə55/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   196
HZTF javoblari.

Filogenetik daraxt tuzish:

  • Turli xil tur organizmlari 2% kamroq farq qiladi, bitta tur organizm uchun esa 1% oshmaydi [Hebert, 2003b].

  • oyoqdumlilarning (Sollembola) bitta avlodga mansub bo’lgan turlar o’rtasidagi farqlar 8-19 %; bitta tur idividlari o’rtasidagi farq 1 % kam.

  • Shimoliy Amerikaning qushlari bo’yicha turlar o’rtasidagi farq- 7,05-7,93%, tur ichidagi farq-0,27-0,43%. [Hebert, 2004b]

5. Bo’g’imoyoqlilarning sistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari: kenja tip, sinf va kenja sinflar. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) –birlamchi og’izli, ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. So’nggi vaqtlargacha bo’g’imoyoqlilarning halqali chuvalchanglarga yaqinligi hyech kimga shubha uyg’otmagan. Lekin, yangi molekulyar-biologik ma’lumotlar bu ikki takson o’rtasida sezirlarli uzoqlik borligini ko’rsatmoqda. Aslida, bo’g’imoyoqlilar nematodalarga va sikloneyraliyalarga yaqinroqdir.

Hozirgi davrda yashayotgan Arthropoda lar ikkita yirik taksonni o’z ichiga oladi: Chelicerata va Mandibulata. Uchinchi takson Trilobitomorpha esa qirilib ketgan turlarni birlashtiradi. Mandibulata tarkibiga 2 ta opa-uka taksonlar- Crustacea va Tracheata kiradi. Bu taksonlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy belgilarga tananing bo’g’imlarga bo’linganligi, xitindan iborat ekzoskelet, tullashi, har bir sigmentida bo’g’imlarga bo’lingan juft oyoqlarning borligi, lokomotor kiprikchalarning yo’qligi kiradi.

Arthropoda (haqiqiy bo’g’imoyoqlilar yoki Euarthropoda) o’zida yirik taksonlar- Chelicerata, Mandibulata va qirilib ketgan Trilobitomorpha guruhlarini birlashtiradi. Bularning tanasi bir-biri bilan harakatchan birikkan, skeletlashgan plastinkalar sistemasidan iborat ekzoskelet bilan qoplangan. Boshi tarkibiga bir juft pereoral (og’iz oldi) va bir necha juft postoral sigmentlar kiradi. Ko’zlari protoserebrum tomonidan innervasiya qilinadi

Variant 12



  1. Kladistika va uning asosiy tushunchalari. T.I.: Hayvonlarning xilma-xiligi, kladistika, sinapomorfiy, autamorfiy, opa-uka taksonlar, monofiletik va polifiletik taksonlar.

  2. Taksonomik tadqiqotlar amaliyotida belgiga nisbatan yondashuv T.I.: Fenotipik va genotipik yondashuv, taksonomik vazn, belgilarni tarozilash

  3. Tirik organizmlarning zamonaviy tasnifi. T.I.: Gekkel sistemasi, Vyoze sistemasi, Kovalye-Smit sistemasi, O.Mavlonov sistemasi.

  4. Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar.

  5. Bo’g’imoyoqlilarning filogenetik aloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarning boshqa tiplar bilan filogenetik bog’lanishlari. Ektisozoalar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin