Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Domen – bir-biriga yaqin olamlar guruhi. Imperiya



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə94/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196
HZTF javoblari.

Domen – bir-biriga yaqin olamlar guruhi.

Imperiya - bir-biriga yaqin domenlar guruhi. Bu kategoriya sistematikada ilk marta N.Vorontsov (1965 y) tomonidan hujayraviy va hujayrasiz tuzilishga ega hayot shakllarini ajratish maqsadida qo’llanilgan. Lekin hujayrasiz hayot shakllarining kelib chiqishi umumiy bo’lmaganligi tufayli bu taksonning mavjudligi, buning oqibatida bu kategoriyaning bo’lishi ham mantiqqa to’g’ri kelmaydi.
5.Klassifikatsiyada evolyutsionizm yo’nalishi. T.I.: E.Gekkel, Ch.Darvin, rekonstrukisiya qilish, filogenetik va evolyutsion qarashlar Evolyutsionizm – yo’nalishini E.Gekkel Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasiga asoslangan holda yaratgan. Filogenetik konsepsiyaga ko’ra individlar evolyutsion yaqinlik darajasiga (qarindoshlikga) asoslangan guruhlarga birlashtirilishi lozim. Taksonomik tadqiqotning asosiy vazifasi esa evolyutsiya jarayoning kechishini qayta tiklash (rekonstrukisiya qilish (aytib berish ma’nosida)) va organik olamning shajara daraxtini tuzishdan iborat. Klassifikatsiya tuzishda uning qismlari o’rtasidagi munosabatlarni hisobga olish yaxshi natija beradi. Geneologik aloqalar esa bunday munosabatlarning eng qiziqlaridan biridir. Aynan geneologik munosabatlar evolyutsion klassifikatsiyalarning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirda bu g’oyaviy yo’nalish yetakchi rol o’ynamoqda.

Evolyutsion g’oyalarni sistematikada qo’llashda ikki xil qarashlar mavjud. Birinchi – filogenetik qarashlarga ko’ra: klassifikatsiya guruhlarning kelib chiqishini maksimal darajada aks ettirishi kerak. Bunday holda u filogenezning qisqacha tarixi bo’lib qoladi. Ikkinchi: evolyutsion qarashlarga ko’ra klassifikatsiya guruhlarning kelib chiqishinigina emas, ular o’rtasidagi farqlarni ham hisobga olishi lozim. Klassifikatsiya filogenetik gipotezalarsiz yaratlib, uning natijasi evolyutsion talqin qilinadi.



Variant 20

  1. Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar.

  2. DNKni Sekvenirlash. T.I.: Sekvinirlash mohiyati, usullari, «Plyus-minus» metodi, Sengerning didezoksi-metodi, Maksam-Gilbert metodi, DNK ni avtomatik sekvenirlash.

  3. Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi.

  4. Traxeyalilarning sistematikasi va filogeniyasi. T.I.: Traxeyalilarning asosiy taksonlari. Traxeyalilar ichki filogenetik aloqalari, «Miriapod», «Labiofor» va «Opistogenat» nazariyalar, traxeyalilarning monofiletikligi yoki polifiletikligi.

Biologik konsepsiyani qo’llashdagi asosiy qiyinchiliklar T.I.: ma’lumotlarning yetarli emasligi, jinssiz ko’payish, tur hosil bo’lishining yakunlanmaganligi.

1.Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar.

Evolyusion jarayonni o’rganishda «uch parallel uslubi» deb ataluvchi uslub qo’llaniladi. Bu uslub solishtirma anatomiya, embriologiya, va paleontologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Lekin filogenezni o’rganishda biogeografiya va sistematika ham muham ahamiyatga ega. Keyingi vaqtlarda evolyusion jarayonni tahlil qilishda genetika, biokimyo, molekulyar biologiya va boshqa fanlarning ahamiyati nihoyatda oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda evolyusiyani o’rganishda quyidagi metod qo’llaniladi: 1. Morfologik usul (solishtirma anatomiya, gistologiya va boshqa fanlar uslublari): a) gomologik organlarni (tuzilishi va kelib chiqishi o’xshash bo’lgan) va analogik (funksiyasi o’xshash) organlarni o’rganish; b) rudiment organlarni ajdodga qaytish»- uzoq ajdodlarga xos organlarning paydo bo’lishi) s) solishtirma anatomik qatorlar – maxsus tanlangan organizmlarda organlar gomologiyasini tahlil qilish. Masalan, hozirgi toq tuyoqli hayvonlarda (tapir, karkidon va otlarda) oyoqlarning o’zgarishi. Bu tahlil otlarda bir tuyoqli oyoklarning kelib chiqish evolyusiyasini ochib beradi 2. Embriologik usullar. a) Sistematik uzoq bo’lgan organizmlarda embrion rivojlanishidagi o’xshashliklarni aniqlash (K.Berning embrionlar o’xshashligi qonuni). K.Ber qonuniga asosan, tahlil qilishda embrion rivojlanishning qanchalik oldingi  bosqichlari tanlansa o’xshashliklar shunchalik ko’p bo’ladi. Masalan, umurtqalilarning embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlari bir xil bo’ladi. Faqat rivojlanishning o’rta bosqislariga kelganda baliqlar va amfibiyalarga xos belgilar, rivojlanishning ancha keyingi bosqichlarida esa sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarga xos belgilar paydo bo’ladi. b) Rekapitulyasiyani o’rganish (Myuller-Gekkel qonuni- biogenetik qonun)- ontogenez jarayonida ajdod formalar tuzilishi ko’pgina xususiyatlarining takrorlanishi (rekapitulyasiya). Rekapitulyasiya konsepsiyasi paleontologik ma’lumotlar yetishmaydigan yoki yo’q bo’lgan guruhlar yoki organlarning evolyusion rivojlanish yo’nalishini tiklashga yordam beradi. 3. Paleontologiya metodlari. Paleontologiya- qazilma organizmlar haqidagi fan bo’lib, uning metodlari evolyusion jarayonni o’rganish metodlari sifatida qaralishi mumkin. Evolyusiyani o’rganishdagi asosiy paloyeotologik usullar quyidagilar: a) qazilma oraliq farmalarni aniqlash- hozirgi va o’tmishda yashagan guruhlar belgilarini o’zida mujassamlantirgan oraliq dormalarni aniqlash. Masalan, qazilma ixtiosega baliqlar va quruqlik umurtqalilarining o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Qadimgi quruqlik hayvonlari – stegosefallar o’zida baliqlarga xos xususiyatlarni saqlaydi. Arxeopteriks sudralib yuruvchilar va qushlar o’rtasidagi oraliq formadir. b) paleontolok qatorlarni aniqlash, ya’ni filogenezni borishini ask ettiruvchi va evolyusion jarayonda bir-biri bilan bog’langan qazilma formalar qatorini tiklash. Hozirgi vaqtda ko’pgina organizmlar uchun, masalan, otlar, karkidonlar, fillar va boshqalar uchun palentologik qatorlar aniqlangan. Otlarning evolyusion qatorining tahlili evolyusion paleontologiya asoschisi V.O.Kovalevskiy tomonidan o’tkazilgan. Qazilma qoldiqlarni qatlamlar bo’yicha tahlil qilish orqali evolyusiya davomida turli farmalarning paydo bo’lish ketma-ketligi haqida ma’lumotlar to’planadi. 4. Biogeografik metodlar: a) Flora va faunani taqqoslash va Yer shari hozirgi mintaqalarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganish. Bu metod Yer shari alohida hududlaring tur tarkibi va ularning tarixiy shakllanishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. b) Orollar biogeografiyasi- orollar faunasi va florasi evolyusiyasini o’rganish. Masalan, Afrikadan juda qadimda (o’nlab mln. yil oldin) ajralgan Madagaskar oroli o’ziga xos faunaga ega: sut emizuvchilarning 36 ta avlodi bor va shulardan 32 tasi endemik hisoblanadi. s) Relikt (o’zida oldingi davrlarda yashab, keyinchalik qirilib ketgan guruhlarga xos xususiyatlar majmuini mujassamlantirgan) va entemik (boshqa hududlarda deyarli uchramaydigan) o’simlik va hayvon turlarini o’rganish. Relikt formalarga sudralib yuruvchilarning o’nlab million yil oldin, mezazoy erasida yashagan kenja sinfining hozirgi yagona vakili-gatteriyani, Sharqiy Afrika qirg’oqlarining chuqur qatlamlarida yashovchi va devon davridan buyon o’zgarmasdan yashab kelayotgan panjaqanotli baliq – latimeriyani misol qilib keltirish mumkin. O’simliklardan relikt forma sifatida Xitoy va Yaponiyada tarqalgan manzarali o’simlik – gingkoni qayd etish mumkin. 5. Sistematikametodlari.U yoki bu guruhning boshqa guruhlarga nisbatan sistematik o’rnini aniqlash. Bu taqqoslanayotgan guruhlarning evolyusion rivojlanish yo’llari, geneologiyaning evolyusion muammolarini hal etilishi bilan bog’liq. Turli tuzilish darajalari belgilariga ega bo’lgan xususiyatlarni o’zida saqlaydigan va shu sababli oraliq sistematik o’ringa ega formalarning mavjudligi organizmlarning umumiy qarindoshligi orqali aniqlanadi. Qobiqlilar (xordalilarning tuban vakillari) va umurtqalilar o’rtasidagi oraliq hayvonlarga lansetniklar avlodini kiritish mumkin. Ularda xordalilarning barcha belgilari mavjud, lekin sust rivojlangan. Mikrosistematika – tur ichi strukturalar (kenja tur, irq, va boshqalar) ni aniqlash bilan shug’ullanadi. Bunday tur ichi guruhlarning haqiqiy filogenetik qarindoshligini aniqlash tur ichidagi taksonomik kategoriyalarni aniqlashda juda zarur va tur vakillarining yoki umuman turning tarixiy rivojlanish yo’lini ko’rsatib beradi. 6. Genetik metodlar. Sistematik jihatdan alohida bo’lgan, lekin bir-biriga yaqin turlar va avlodlarga mansub organizmlar kariotipini o’rganish va ularni o’zaro taqqoslash. Taqqoslanayotgan farmalarning genetik o’xshashligi aniqlanadi (masalan gibridizasiya usuli orqali) va organizmlarning sitogenetik xususiyatlari tahlil qilinadi. 7. Molekulyar biologiya metodlari: Turli organizmlarda nuklein kislotalar va oqsillarning tuzilishi o’rganiladi va taqqoslanadi. DNK ni duragaylash usuli orqali odam bilan makaka maymunida DNK tuzilishi 66% gomologik ekanligi, ho’kiz bilan esa 28%, kalamush bilan 17 % o’xshashligi aniqlangan. 8. Immunologik metodlar: Presipitasiya reaksiyalari yordamida odamning eng yaqin qarindoshi yuksak odamsimon maymknlar ekanligi, primatlar orasidagi eng uzoq qarindoshi lemurlar ekanligi ko’rsatib berilgan. Bu usul orqali qushlarning timsohlar va toshbaqalarga yaqinligi, xordalilar bilan ignatanlilarning o’xshashlik belgilari aniqlangan.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin