Falsafa va ijtimoiy hayot



Yüklə 413,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix06.06.2020
ölçüsü413,69 Kb.
#31703
1   2   3   4   5
falsafa va ijtimoiy hayot


ATRIBUT -  (lot. bag‗ishlayman, xus-yat beraman) – narsa yoki hodisaning 

tub  mohiyatini  ifoda  etadigan,  eng  muhim  xarakterli  xus-yati,  belgisi.  Mas., 

yaxshilik,  ezgulik,  adolat,  erkinlik,  haqiqat  kabi  t.lar  yuksak  ma‘-yatning  doimiy 

A.laridir. Fal. fanida A. atamasi dastlab Arastu ta‘limotida ishlatilgan bo‗lib, azaliy 

haqiqatni, o‗tkinchi va tasodifiy holatlardan farq qilish uchun qo‗llangan. 

GNOSTITSIZM -  (yun. gnosis – bilish) – fikrlash qobiliyatiga ega bo‗lgan 

insongina  borliqdagi  narsa-hodisalar  va  jarayonlarning  mohiyatini  bilishi 

mumkinligini  e‘tirof  etuvchi  fal-y  ta‘limot.  G.  tabiat,  jamiyat  haqidagi  bilimlar, 

t.lar,  g‗oyalar  borliqning  in‘ikosi  ekanini,  o‗z  navbatida,  ular  borliqqa  faol  ta‘sir 

ko‗rsatishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Ushbu ta‘limot ijtimoiy borliq, inson va ular 

o‗rtasidagi munosabat larni o‗zgartirishga qaratilgan bu ta‘sir insonning naz-y va 

amaliy faoliyati jarayonida namoyon bo‗lishini e‘tirof etadi. 

GUMANIZM - (lot. humanus – insoniy) – insonni ulug‗lovchi fal-y ta‘limot, 

insonparvarlik  tamoyillarining  ustuvorligi  barcha  tuzumlar,  davlatlar,  jamiyatlar 

uchun asosiy faoliyat mezoni bo‗lishi lozimligini ifodalaydigan t. Aksariyat G‗arb 

mutaxassislari  G.ning  ―antropotsentrizm‖  (inson  borliq  mohiyatining  asosiga 

qo‗yilishi) g‗oyasiga  tayanishini  e‘tirof  etadi.  O‗rta  a.lardagi G.  rivojini quyidagi 

bosqichlarga  ajratish  mumkin:    1)  ilk  G.  –  XIV  a.ning  30-90-yillari;  2)  G.ning 

yuksalish  davri  –  XIV  a.ning  birinchi  yarmi;  3)  bevosita  gumanistik  talqindagi 

neoplatonizmning  tarkib  topishi  –  XV  a.ning  ikkinchi  yarmidan  XVI  a. 

boshlarigacha; 4) G. g‗oyalari mazmunidan chekinishlar va G. harakatining so‗nish 

davri – XVI a.ning ikkinchi yarmi. Ilk gumanistlar insonning hayotiy ehtiyojlariga 

e‘tibor qaratib, uni borliq markaziga qo‗ygan. Bu davrda inson haqidagi ilmlarga, 

ayniqsa,  she‘riyat  va  axloq  ilmiga  qiziqish  kuchaygan.  Qad.  yunon  va  Rim 

allomalari  yaratgan  meros  jiddiy  o‗rganilgan.  Bu  davr  mutafakkirlari  yerdagi 

moddiy  hayot  faqat  inson  uchun  yaratilgan,  uni  ezgulik  va  adolatning  tabiiy 

qonunlariga  muvofiq  ravishda  tartibga  solish  ham  insonning  o‗ziga  bog‗liqdir, 

degan  g‗oyani  ilgari  surgan.  XV  a.  ikkinchi  yarmidan  boshlab  gumanistlar 



55 

 

neoplatonizm  g‗oyalarini  yangicha  talqin  etishga  kirishgan.  Neoplatonchilar 



insonning  tangriga  bo‗lgan  munosabat  ini  talqin  etishda  ibtidoiy  tasavvurlardan 

voz  kechib,  borliqni  yaxlit  tizim  sifatida  tushunib,  tabiat  va  ilohiy  mohiyatning 

o‗zaro ichki bog‗liqligiga e‘tibor qaratgan. Ular o‗rta a.larga xos tarkidunyochilik 

kayfiyatidan  yuz  o‗girib,  yorug‗  dunyo  go‗zalligini  ilohiylashtirgan.  Jamiyat 

ijtimoiy  -siyosiy  hayotida  yuz  bergan  o‗zgarishlar  ta‘sirida  inson  shaxsi  borliq 

asosiga  qo‗yilib,  uni    ulug‗lashga    yo‗naltirilgan qarashlar  majmui  sifatida  talqin 

etila boshlandi. Shu ma‘noda, G. t.si  turli tarixiy davrlar va hududlarda  tarqalgan  

ta‘limotlar va dunyoqarash tizimlariga  tatbiqan ham qo‗llanadi. O‗zbek tiliga keng 

ma‘nodagi G. t.si ―insonparvarlik‖ deb o‗girilgan. Keyinchalik fanga ―Antik  davr 

G.i‖, ―Sharq G.i‖ ―Xristian G.i‖, ―Islom G.i‖ kabi  t.lar kirib kelgan. G. bugungi 

kunda ma‘-yat talablari va tamoyillarini amalga oshirish usuli va vositasi sifatida 

xizmat qilib kelmoqda. Murod Usmonov, Abduxoliq Tashanov 

  DIALEKTIKA  -  (yun.  dialektike  –  suhbat,  bahs-munozara  qilish)  –  tabiat, 

jamiyat va tafakkur riv-shining eng umumiy qonuniyatlari to‗g‗risidagi ta‘limot, fal-

y  yondashuv  va  ilmiy  bilish  usullaridan  biri.  Qadimda  D.  suhbat,  bahs-munozara 

vositasida haqiqatni ochish yo‗li va usuli sifatida talqin qilingan. Keyinchalik fal-y 

tafakkur rivojlanib borishi bilan D.ning mazmuni ham boyib borgan. D. borliqdagi 

barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar  mazmun-mohiyatini, ularning  o‗zaro  aloqasi, 

sabab-oqibat  bog‗lanishi,  harakati,  o‗zgarishi,  ta‘sirlashuvi  va  riv-shi  bilan 

bog‗laydigan ta‘limot sifatida e‘tirof etiladi. D. ta‘limotiga ko‗ra, olamdagi barcha 

narsa va hodisalar, sh-dek, ular haqidagi t. va bilimlar doimo o‗zgarishda, riv-shda 

bo‗ladi.  Tabiiy  hodisalarni,  ijtimoiy  hayot  va  tafakkur  jarayonlarini  dialektik 

n.nazardan  tahlil  qilish  ularning  obyektiv  aloqadorligini,  zaruriy  bog‗lanishlarini, 

o‗zgarish  va  riv-sh  qonuniyatlarini  ochib  berish,  istiqbolni  aniqlash,  taraqqiyotga 

erishishning samarali yo‗llari va  vositalarini ishga solish imkonini yaratadi. 

  DUALIZM  -  (lot.  duo  —  ikki  yoqlama)  —  moddiy  va  ma‘naviy  asoslarni 

teng huquqli deb hisoblaydigan ta‘limot. Fal. tarixida D.ning eng yirik vakillaridan 

biri  fransuz  faylasufi  R.Dekart  edi.  U  ikki  asos:  moddiylik  va  ma‘n-ylikning 

yonma-yon  ravishda  mavjud  bo‗lishini  ta‘kidlaydi.  Uning  fikricha,  cheksiz  va 


56 

 

abadiy bo‗lgan tabiat inson tafakkuriga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗ladi va 



rivojlanadi.  Nemis  faylasufi  I.Kant  ham  dualist  bo‗lib,  uning  fikricha,  ideal  narsa 

bilan  (inson  ongi  b-n)  bir  qatorda  hodisalarning  obyektiv  asosi  bo‗lgan  ―narsa 

o‗zida‖ ham mavjuddir, lekin ―narsa o‗zida‖ni bilib bo‗lmaydi. Hozirgi  davrda D. 

psixofizik parallelizm naz-yasi uchun manba sifatida xizmat qilmoqda. SH-dek, D. 

gnostitsizmning  (bilish  naz-yasi)  asosiy  yo‗nalishi  bo‗lib,  bu  oqim  tarafdorlari 

moddiy  va  ruhiy  dunyo  o‗rtasida  mustahkam  chegara  mavjud,  deb  ta‘kidlaydi. 

Xullas,  D.  qadimiy  g‗oya  va  qarashlar  majmui  bo‗lib,  moddiy  va  ma‘naviy 

asoslardan birining mutlaqlashtirilishiga qarshi ta‘limot hisoblanadi.  



IDEALIZM  (yun. idea – g‗oya, fikr) – insoniyat tafakkur tarixidagi eng qad. 

o‗ziga xos fal-y  yo‗nalishlardan biri. U ong va ruhni borliqning yagona asosi deb 

e‘tirof  etadi.  I.  olam  ong,  ―mutlaq  g‗oya‖,  ―dunyoviy  ruh‖  ifodasi,  go‗yoki 

ko‗lankasi,  deb  hisoblaydi.  I.ga  ko‗ra,  moddiy  olam  emas,  bizning  ongimiz  real 

tarzda mavjuddir. Moddiy borliq, narsa-hodisalar dunyosi, tabiat esa ong, sezgi, his-

tuyg‗u,  tasavvur  va  t.lar  hosilasidir.  I.,  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra,  ikki  –  subyektiv  va 

obyektiv  I.ga  bo‗linadi.  Subyektiv  I.  borliqning  asosi  sifatida  alohida  individium, 

subyektning  ongi  va  sezgisini  tan  oladi.  Uning  asoschisi    ingliz  faylasufi  va 

yepiskopi  J.Berklidir.  Olimning  fikricha,  narsa-hodisalarning  barcha  sifat  va  

xossalari  inson  sezgilarining  namoyon  bo‗lishi,  xolos.  YA‘ni,  moddiy  jismlar 

bizning  ongimizdan  tashqarida  obyektiv  tarzda  mavjud  emas,  odamlarning  sezgi, 

his-tuyg‗ularigina  real  mavjuddir.  Bunday  qarash  pirovard  natijada  solipsizm  deb 

ataladigan  holat  –  voqelikni  aks  ettiradigan  subyektdan  o‗zga  barcha  real  narsa-

hodisalar, inson va insoniyat rad etiladigan darajaga olib keladi.  

Obyektiv  I.  esa  borliqning  asosi  sifatida  individual  ong,  sezgini  emas, 

aksincha,  mutlaqlashtirilgan,  ilohiylashtirilgan  ongni,  ―universal  iroda‖,  ―mutlaq 

g‗oya‖  kabi  kategoriyalarni qabul qiladi. Obyektiv  I.  tarafdorlarining  fikricha,  har 

qanday insonda mutlaq g‗oya mustaqil ravishda mavjud bo‗ladi.  

I.  qad.  zamonlarda  vujudga  kelgan.  Aflotun    qad.  yunon  obyektiv  I.ining 

yorqin  namoyandasidir.  Uning  fal-y  qarashlarida  doimo  o‗zgarishda  bo‗lgan  

moddiy  dunyoga o‗zgarmas,  abadiy,  har  qanday  harakatdan  xoli  bo‗lgan  ―haqiqiy 


57 

 

borliq‖, ruhiy mohiyatlar olami, g‗oyalar saltanati qarshi qo‗yiladi. Aflotun g‗oyalar 



olamini barcha narsalarning ibtidosi, moddiy olamni esa, uning mahsuli deb biladi. 

Uningcha, real jismlar g‗oyalar olamining aksidir. Mas., daraxt, ot, suv u dunyodagi 

mavjud daraxt, ot, suv to‗g‗risidagi g‗oyalarning nishonasi, hosilasi, xolos. Aflotun 

qad.  yunon  fal-y  tafakkurida  shakllangan  sensualistik  ta‘limotlarni  rad  etadi. 

Uningcha, sezgilar haqiqiy bilim manbai bo‗la olmaydi, chunki ular narsa-hodisalar 

olamidan  begonalashmagan.  Haqiqiy  bilim  manbai  insonning  o‗lmas  ruhiy 

xotiralaridir.  Ular  g‗oyalar  olamini  idrok  etish  oqibatida  yuzaga  keladi.  Aflotun 

fal.sida dialektika bahs-munozara jarayonida ishlatiladigan t.larni qiyoslash va tahlil 

qilish san‘ati sifatida talqin etiladi.  

I.  fal-y  tafakkur  tarixida  materializm  bilan  muntazam  bahsga  kirishib,  turli 

dunyoqarashlar  rivojiga  asos  bo‗lib  keldi.  I.  fal-y  tafakkur  tarixida  platonizm, 

pifagorizm,  realizm,  kabbilizm,  spiritualizm,  tomizm  va  neotomizm,  kantchilik, 

tasavvuf,  empiriomonizm,  ekzistensializm,  irratsionalizm  kabi  ta‘limotlarda  o‗z 

ifodasini topdi.  

Dunyoning  kattagina  hududida  marksizm  fal.si  hukmron  bo‗lgan  XX  a.da  

idealistik  ta‘limotlar  va  ularning  vakillari  erishgan  ilmiy  yutuqlar  ko‗p  hollarda 

kamsitilib,  soxtalashtirildi,  I.  reaksion  oqim  sifatida  baholandi  va  uni  to‗laqonli 

o‗rganish,  targ‗ib  etish  taqiqlandi.  Buning  aksi  o‗laroq,  materializm  ilm-fanning 

charog‗on  yo‗li,  nurli  g‗oyalar  saltanati  sifatida  talqin  qilinar  edi.  Amalda  esa 

buning aksini ko‗ramiz. Yunon faylasufi Aflotun bahs-munozara mad-tida dalillash 

– argumentatsiya  sohasida inson dahosi qo‗l urmagan yangi jabhalarni kashf etdi; 

nemis  faylasufi  Gegel  inson  tafakkurining  nechog‗liq  murakkab  mohiyatga  ega 

ekanini, dialektik tarzda fikr yuritish muhimligini tahlil qilib berdi; venalik psixiatr 

Z.Freyd  ―libido‖  ta‘limoti  (jinsiy  moyillik  ta‘limoti)  asosida  ongdagi  ongosti 

qatlamida sodir bo‗ladigan jarayonlarni teran tahlil etishga muvaffaq bo‗ldi. 

INTUITSIYA  -  (lot.  intuitus  –  sinchiklab  qarayman)  –  haqiqatni  mantiqiy 

dalillar yordamisiz, bevosita anglab olish, savqi tabiiy yo‗li bilan bilish qobiliyatini 

anglatadigan  t.  Fal.  tarixida  I.  t.si  turlicha  ifodalangan.  Qad.  fal-iy  qarashlarda  I. 

bilishning  alohida  shakli  deb  hisoblangan.  Mas.,  Aflotun  ta‘limotiga  ko‗ra, 



58 

 

bilishning  obyekti  –  g‗oyalar  dunyosidir,  moddiy  dunyo,  narsalar  to‗g‗risidagi 



tasavvurlarimiz  esa  hissiy  bilish  orqali  hosil  bo‗ladi.  Hissiy  bilish,  Aflotunning 

fikricha,  haqiqat  emas,  chunki  u  orqali  kishilar  g‗oyani  emas,  balki  moddiy 

narsalarni  sezadi,  ular  to‗g‗risidagi  tasavvurga  ega  bo‗ladi.  Haqiqatni  bilish, 

uningcha,  faqat  sof  tafakkur  orqali  amalga  oshadi.  Qad.  Sharq  fal.sida  I. 

payg‗ambarlarga,  avliyo  zotlarga  xos  bo‗lgan  maxsus  bilish  usuli  sifatida  talqin 

etilgan.  Dekart  ta‘limotida  bilishning  birdan-bir  to‗g‗ri    yo‗li  ratsionalizmga 

asoslangan  deduktiv  usuldir.  U  din  va  sxolastik  fal.  o‗rniga  kishi  aqlini,  ilmiy 

bilimni yuqori qo‗yadi. Dekartning fikricha, isbotning deduktiv shakli aksiomalarga 

asoslanadi,  aksiomalar  esa,  hech  qanday  isbotsiz  sof  intuitiv  tarzda  anglanadi. 

Spinoza I.ni bilishning  ―uchinchi xili‖, narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng 

ishonchli  bilish  deb  hisoblagan.  XX  a.  fal.sining  ayrim  vakillari  (Bergson,  Freyd) 

I.ni  butun  ijodiy  faoliyatni  belgilovchi  yashirin,  qorong‗u,  ongsiz,  boshlang‗ich 

ijod,  deb  qaraydi.  Bu  bilan  ular  I.ni  intellektga  qarama-qarshi  qo‗yib,  narsalar 

mohiyatiga kirib borish aslo mumkin emas,  degan g‗oyani ilgari  suradi.  Hozirgi  

zamon  fal.sining  ayrim  vakillari  I.  ni  bevosita  bilim,  vositalangan  bilim  bilan 

dialektik  tarzda  bog‗langan  jonli  mushohada  sifatida  talqin  etadi  va  I.ni  aqldan 

ustun  turadigan,  mistik  bilish  qobiliyati,  degan  qarashni  rad  qiladi.  I.  haqiqatni 

payqashning oddiy  yo‗llaridan prinsipial og‗ish emas, u mazkur oddiy  yo‗llarning 

yuz  berishining  mantiqiy  shakli  va  amaliyoti  bilan  bog‗liq  qonuniy  shaklidir. 

Haqiqatni  go‗yoki  ―to‗satdan‖  payqash  zamirida  to‗plangan  tajriba,  ilgari  hosil 

qilingan bilim yotadi. I.ning psixologik mexanizmi kam o‗rganilgan, lekin mavjud 

tajribaviy  ma‘lumotlar  uning  zamirida  individning  atrofidagi  muhit  bilan 

informatsion,  signalli  o‗zaro  ta‘sir  jarayonida  bevosita  anglangan  natija  bilan  bir 

qatorda  yordamchi  (anglanmagan)  natijani  aks  ettirish  qobiliyati  bor,  deb 

hisoblashga imkon beradi. Biroq, muayyan sharoitda  amaliyot natijasining  mazkur 

(ilgari  anglanmagan)  qismini  individ  tomonidan  anglash  imkoniyati  tug‗iladi  va 

bunday  intuitiv  bilish  natijalari  vaqti  kelib  amaliyotda  tekshirib  ko‗riladi  hamda 

mantiqiy ravishda isbot qilinadi.  



59 

 

HAQIQAT  -  (arab.  chin,  to‗g‗ri)  —  inson  ongida  voqelikning  to‗g‗ri, 

haqqoniy  aks  etishi,  olam,  voqea-hodisa,  tafakkur  mahsuli,  munosabatlar  va  b.ni 

aslida  qanday  bo‗lsa  shunday  tushunishni  ifodalaydigan  t.  Gollandiyalik  faylasuf 

Spinoza  inson  bilimlarining  voqelikka  muvofiq  kelishini  H.  deb  atagan.  H.ning 

quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: 1) obyektiv H. (olamdagi narsa va hodisalar 

mohiyatining  inson  ongi  va  istaklariga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda  mavjudligi);  2) 

nisbiy  H.  (inson  bilim  doirasining  cheklangani);  3)  konkret  H.  (predmet  yoki 

hodisaning hamisha aniq joy va sharoitda mavjudligining inson ongida aks etishi); 

4)  mutlaq  H.  (predmet  yoki  hodisa  mohiyatining  inson  ongida  to‗liq  aks  etishi). 

Mutlaq  H.  nisbiy  H.lar  majmuasidan  tashkil  topadi.  H.  mezoni  ijtimoiy 

amaliyotdir. H. ma‘-yatda eng ko‗p e‘tibor qaratiladigan t.lardan biri bo‗lib, inson 

ma‘-yatining shakllanishi, riv-shida katta ahamiyat kasb etadi. H.ni chuqur anglash 

inson  ruhiyatiga  turlicha  ta‘sir  ko‗rsatib,  ma‘naviy  xus-yatlarning  jonlanishiga 

turtki  berish  bilan  o‗z  natijalarini  namoyon  etadi.  H.ni  anglash  orqali  inson 

tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar yoki tafakkur mahsuli uning ma‘-

yati darajasini ham belgilab beradi va shunga  ko‗ra, inson ma‘-yatini yuksaltirish 

omillaridan biri hisoblanadi.  

  

 

 



 

 

 



 

 

 



60 

 

XULOSA  



 

Bugungi  kunda  mamlakatimiz  o‗ziga  xos  taraqqiyot  yo‗lidan  ildam 

odimlamoqda.  Barcha  sohalarda  tub  islohotlar  amalga  oshirilib,  huquqiy 

demokratik  davlat,  ochiq  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  uchun  mustahkam 

asoslar  yaratilayapti.  Jumladan,  ta‘lim  tizimi  rivojiga  har  qachongidanda  katta 

e‘tibor qaratilgan. O‗quv tarbiya jarayoniga eng ilg‗or zamonaviy uslublar tadbiq 

etilmoqda. Ta‘lim tizimi yaratilgan huquqiy asoslar, dasturlar asosida rivoj topdi. 

―Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi‖  talabiga  ko‗ra  akademik  litseylardagi 

o‗quvchilar  uch  yil  o‗qish  jarayonida  oliy  o‗quv  yurtlariga  kirish  uchun  aniq 

maqsadlarga  yunaltirilgan  fanlarni  chuqur  o‗rganishga  qaratilgan  maxsus  bilim 

olish  imkoniyatiga  ega  bo‗ldilar.  Shuningdek,  dasturda  ilg‗or  pedagogik 

texnologiyalarni  o‗rganib,  ularni  o‗quv  jarayoniga  olib  kirish  zarurligiga  ham 

e‘tibor  qaratilgan.  Shu  bois,  keyingi  yillar  ichida  yaratilgan  fan-falsafaga 

bag‗ishlangan adabiyotlar soni ko‗payib bormoqda. 

Fan va falsafa uning inson ma‘naviy kamolotidagi o‗rni haqida fikr yuritar 

ekanmiz, falsafaning inson hayoti, qolaversa, fanlar o‗rtasidagi o‗rni beqiyosligini 

ko‗rishimiz mumkin. U ilmiy yutuqlar va axloqiy qadriyatlarga tayanib, insonning 

kamoloti, qolaversa, uni tabiatga bo‗lgan umumiy munosabatini o‗rganadi. Fan va 

falsafaning  vazifasi  muayyan  dunyoqarashni  shakllantirish  orqali  kishilarning 

ongiga  va  shu  yo‗l  bilan  ularning  amaliy  faoliyatiga  ta‘sir  etishidadir.  Bilimlar 

umumlashgan  falsafiy  dunyoqarashni  o‗zgartiradi,  unga  muayyan  maqsad  va 

yo‗nalish  beradi,  uning  olamni  yaxlit  voqelik  sifatida  o‗rganishga  qaratilgan 

faoliyatini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. 

Olimlarimiz  falsafani  umuminsoniy  qadriyat  sifatida  tahlil  etib,  Sharq  va 

G‗arb  falsafasini  o‗rganishga,  mustaqillikning  nazariy  muammolarini  yoritishga 

alohida  e‘tibor  bermoqdalar.  Shuni  ham  aytish  joizki,  ijtimoiy  va  tabiiy  fanlar 

sohasida  qilinayotgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  va  ularning  natijalari  hozirgi  zamon 

talablariga  javob  bermoqda  desak,  adashmagan  bo‗lamiz.  Fanga  umuminsoniy 

qadriyatlar  sifatida  qarash,  bu  borada  tarixiy  meros  va  boshqa  mamlakatlarning 


61 

 

tajribasidan  foydalanish,  ilmiy  izlanishlarni  O‗zbekiston  oldida  turgan  keng 



qamrovli  vazifalar  bilan  bog‗lash  jamiyatshunos  olimlar  oldida  turgan  muhim 

vazifalardir. 

Odamzotni  tabiat  haqidagi  dastlabki  qarashlari  falsafa  va  fanning 

metodologik  xulosalarida  o‗z  ifodasini  topdi.  Turli  sohalarini  o‗rganuvchi  fanlar 

borliq  haqida  muayyan bilimlar  hosil  bo‗lishiga  olib  kelsa ham,  ularning har biri 

alohida  holda  dunyoqarashni  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  emas.  Shu  sababli 

ham  jamiyat  taraqqiyoti  davomida  alohida  fanlar  qanchalik  tez  va  keng 

rivojlanmasin,  falsafiy  dunyoqarashga  bo‗lgan  ehtiyoj  susaymaydi,  balki  tobora 

chuqurlashib, ortib boraveradi.  

Fan  va  falsafiy  tafakkur  inson  axloqiy  saloxiyatining  eng  oliy  cho‗qqisi, 

ruhiy  ehtiyojlar  darajasining  ko‗rsatkichi.  Falsafiy  tafakkur  barcha  fanlar 

sohasidagi  bilimlarni,  amaliyot  saboqlarini  o‗rganish,  umumlashtirish  va  shu 

asosda  olam  haqida  bir  butun,  yaxlit  tasavvur  hosil  qilish  ehtiyojidan  kelib 

chiqqan.  Bu  vazifani  falsafadan  boshqa  biror  fan  bajara  olmaydi.  Shu  sababli 

falsafaning  inson  bilimlari  taraqqiyotida  tutgan  o‗rni  va  ahamiyati  beqiyosdir. 

Falsafa  barcha  fanlarni  bir-biri  bilan  bog‗lab  turuvchi  bo‗g‗in,  tafakkur  haqidagi 

fikr, yetuk axloqqa tayangan tafakkurning omilidir. 

Falsafa  insonning  mohiyatini,  borliqqa  munosabatini  o‗rganish,  boshqa 

fanlar  taraqqiyoti  uchun  metodologik  yo‗l  ko‗rsatibgina  qolmay,  balki  inson 

tafakkurining ichki imkoniyatlari va qirralarini tez davom etishini ta‘minlaydi. Fan 

esa inson dunyoqarashini shakllantirishda minglab yillar davomida yuzaga kelgan 

ilmiy  va  nazariy  ta‘limotlardan  keng  foydalanadi.  Jamiyat  tarixini  o‗rganish, 

istiqbolini belgilash ham falsafiy dunyoqarashning mohiyatiga bog‗liqdir. 

Falsafa odamzot tafakkur solohiyatining eng umumiy tushunchalar, bilimlar, 

xulosalar va umuman, dunyoqarash shaklida namoyon bo‗lishidir.  

Insonning  o‗zligini  anglashi,  o‗z  mohiyatini  ruhiy  jihatdan  tahlil  etishi, 

barcha maqsadlari va ular bilan bog‗liq faoliyatini tarix saboqlari, zamon talablari 

va  imkoniyatlari,  istiqbol  muammolari  bilan  uzviy  bog‗liq  holda  hamda  yangi 

ehtiyojlar,  ilmiy  xulosa  va  qadriyatlarga  tayanib  yo‗naltirishi,  boshqa  odamlar 


62 

 

bilan  adolatli  munosabatda  bo‗la  bilishidir.  Shu  sababli  inson  o‗zligini  va 



o‗zgalarni  anglashi  hamda  shu  asosda  borliqqa  bo‗lgan  munosabatini  belgilashi 

ham  falsafiy  muammolar  tizimiga  kiradi  va  uning  eng  murakkab  sohasini  tashkil 

etadi.  

Falsafa  turli  davrlarda  dunyoning  turli  mamlakatlardan  to‗plangan 

bilimlarni, 

tajribalarning 

yakunlarini 

umumlashtiradi, 

yaqinlashtiradi 

va 


birlashtiradi. 

Shu 


asosda 

fanlarning 

yaqinlashuvi, 

muammolarning 

mushtaraklashuvi  insoniyat  ilmiy  va  amaliy  faoliyatining  kengayishi  uchun  yangi 

imkoniyatlar  yuzaga  keladi.  Insonning  amaliy  faoliyati,  ilm-fanning  rivojlanishi 

hech qachon falsafiy tafakkurga bo‗lgan ehtiyojni zaiflashtirmagan, aksincha, yana 

ham  kuchaytirdi.  Inson  bu  tafakkur  orqali  o‗z  mohiyati,  jamiyat,  tabiat,  tafakkur 

haqida  tizimli  bilimlar  ko‗nikmasini  hosil  qilish  bilan  cheklanmay,  ular  asosida 

ilmiy  tafakkur  rivoji,  amaliy  faoliyati  uchun  muhim  bo‗lgan  umumiy  xulosalar 

chiqarishga  ham  intiladi.  Oqibatda  fan  uchun  yangi  kashfiyotlar  dunyo  yuzini 

ko‗radi. Bu esa fanning takrorlanmas yutug‗idir. Sir emaski, hozirgi davrda falsafa 

faniga  bo‗lgan  qarash  keskin  o‗zgarib  bormoqda.  Yosh  avlodning,  tafakkurini 

shakllantirish,  ularning  dunyoqarashini  tarbiyalash  ularning  o‗zi  va  dunyoga 

munosabatini  takomillashtirib  borish  bu  kunning  dolzarb  masalalari  qatoriga 

kiradi. Chunki yosh avlod ertangi kunimizning davomchisidir. 

 Hozirgi  davr  uchun  muhim  bir  vazifa  hisoblangan  komil  insonni 

tarbiyalashda  fan  va  falsafiy  fanlarning  o‗rni  juda  katta.  Asrlar  davomida  komil 

inson  masalasi  dolzarb  bo‗lib  kelgan,  chunki  uning  jamiyat  taraqqiyotidagi  o‗rni 

beqiyosdir. Bu yo‗lda tabiiy va ijtimoiy fanlar kabi falsafa fani ham o‗z  xissasini 

qo‗shib boraveradi. Vaxolanki, yangi davr talabi va istagi ham shuni taqozo etadi.  

 

 

 

 

 

 


63 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 



1. RAHBARIY ADABIYOTLAR: 

1.  Karimov  I.A.  Asarlar  to‗plami.  1-23  jildlar.  -T.:―O‗zbekiston‖,  1996-

2015. 

2.  Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat  – yengilmas kuch. – T.:―Ma‘naviyat‖, 



2008. 

3.  Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi.  –  T.: 

―O‗zbekiston‖, 2010.  

4.  Karimov  I.A.  O‗zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.-T.: 

―O‗zbekiston‖, 2011. 

5.  Karimov  I.A.  Ona  yurtimiz  baxt-u  iqboli  va  buyuk  kelajagi  yo‗lida 

xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2015 

6.  Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  —  jamiyatimizni  isloh  etish  va 

demokratlashtirish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  jarayonlarini  yangi 

bosqichga ko‗tarishdan iborat. - T.: ―O‗zbekiston‖, 2016. 

7.  Karimov  I.A.  Ozodlik  havosidan  to‗yib  nafas  olgan  xalq  o‗z  yo‗lidan 

hech qachon qaytmaydi. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2016. 

8.  Karimov  I.A.  Hayot  sinovlarida  toblangan  Qashqadaryo  eli  har  qanday 

yuksak marrani egallashga qodir. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2016. 

9.  Mirziyoyev  Sh.M.  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining 

qo‗shma majlisidagi so‗zlagan nutqi. Xalq so‗zi. 2016 yil 9 sentabr. 179 – son. 

10. SH.Mirziyoyev.  ―Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  ta‘minlash  – 

yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi‖ mavzusidagi O‗zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga  bag‗ishlangan  tantanali 

marosimdagi ma‘ruzasi. Xalq so‗zi. 2016 yil 8 dekabr. 243-son. 

11. SH.Mirziyoyev  Tanqidiy  tahlil,  qat‘iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‗lishi  kerak. 

Toshkent: O‗zbekiston. –  2017. 



Yüklə 413,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin