O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
3-KURS “641-21” GURUH TALABASI
ABDULAZIZOV FAYZULLOning
YANGI TAHRIRDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASI
FANIDAN
3-AMALIY ISHI
Farg’ona 2023
3-topshiriq. 10 bal
Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing
1-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyatlari
faoliyatiga doir o‘zgarishlar.
1.
Asosiy qonunimizda sud hokimiyati haqidagi qoidalar qaysi moddalarda
keltirilgan?
XXIII bob. Sud hokimiyati
130-modda.
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan
mustaqil holda ish yuritadi.
131-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan
belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
132-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini qo‘shgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga
saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga
saylaydi.
Dostları ilə paylaş: |