4. Multimediali dastur yaratish texnologiyalari
Flash dasturi. Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
CamStudio dasturi. CamStudio –ochiq kodli dastur bo’lib Windows OT larda ishlaydi, asosan ekrandagi jarayonlarni audio-visual qo’llanma ko’rinishida saqlab qo’yish, ovozlarni yozish vazifasini bajaradi hamda AVI va SWF fayl formatda audiovisual qo’llanma larni saqlaydi.
3-rasm. CamStudio dasturi
Wink Dasturi. Wink Dasturi dars namoyishi “Презентация” larini ekrandagi jarayonlarni rasm korinishida saqlaydi hamda yaratilgan namoyishlarga matn, tugmalar, ma’lumotlarni kiritish imkoniyatlari mavjud.
4-rasm. Wink dasturi ko’rinishi
Turli fayl formatlari jumladan EXE, FLV, HTML, va bosqalarni qo’llash imkoniyati mavjud. Dastur Windows muhiti hamda Linux muhiti uchun ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |