{font-size: px;font-family: TimesNewRomanpsmt;color:#000000;}. ftp{font-size: px;font-family: bcdiee+TrebuchetMS;color:#000000;}. ftI{font-size: px;font-family: bcdjee+Calibri;color:#000000



Yüklə 465,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix17.09.2023
ölçüsü465,68 Kb.
#144793
1   2   3   4   5
1 (33)

Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 
Volume 4, March, 2022 
 

https://periodica.com
bronxlarda emas balki traxeyada boʻlsa – traxeobronxit, agar oʻpkalarda va bronxlarda boʻlsa – 
bronxopnevmoniya deb nomlanadi. 
Bolalarda nafas olish aʼzolari kattalarniki kabi yaxshi shakllanmagan boʻladi. Aynan mana shu 
xususiyat bolalarda bronxit kasalligining koʻp uchrashiga sabab boʻladi. Bolalarda nafas aʼzolari 
kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 

Nafas yoʻllarining kaltaligi – infeksiyaning kirishini osonlashtiradi

Oʻpka hajmining kichikligi; 

Nafas mushaklarining kuchsizligi – balgʻam koʻchirishda yoʻtalishning sustligi; 

Shilliq qavatlarda yetarlicha immunoglobulinlar boʻlmasligi; 

Tonzillit va adenoidlarga moyillik yuqoriligi. 
Koʻpincha bolalar bakterial bronxit bilan kasallanadilar. Maktab yoshidagi bolalarda xlamidiyalar 
sababli kelib chiqadigan bronxit ham uchrab turadi.
Bronxidning spetsifik vaksinasi mavjud emas. Ammo, bronxitga sabab boʻluvchi ayrim guruh 
infeksiyalarga qarshi emlanish tavsiya etiladi. Bolalarda bronxit rivojlanishining xavf omillariga quyidagilar 
kiradi: 

Muddatidan oldin tug’ilganligi; 

Tug’ilgan vaqtda tana vaznining kam bo’lishi; 

Tabiiy ona sutini sun’iy qo’shimchalar bilan almashtirish; 

Bronx-o’pka tuzilishining anomaliyalari

Immunitet tanqisligi holatlari; 

Burun to’sig’ining qiyshayishi natijasida nafas olishning o’zgarishi (masalan og’iz orqali 
nafas olish); 

Burunda turli o’simtalar bo’lishi; 

Nafas olish organlari yoki og’iz bo’shlig’ida infektsiya o’choqlari bo’lishi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida kasallikning o’tkir shakli juda keng tarqalgan va bu 
bolalardagi barcha o’tkir respirator kasalliklarning 10% ni egallaydi, bu bola nafas olish tizimining o’ziga 
xos anatomik tuzilishi uchun tufaylidir. 
Bronxiolitning tarqalganligi bir yoshli bolalarda 3% ga teng. Eng katta xavf virusli infeksiya 
hisoblanadi: kichik bronxlar to’qimalarining shilliq qavatini shikastlaydigan PB-viruslar, bolalarda 
bronxiolitning muhim qismini keltirib chiqaradi. Quyidagi patogenlar ham aniqlanadi: 
1.
Sitomegalovirus; 
2.
Inson gerpesi virusi; 
3.
Suvchechak virusi (suvchechak); 
4.
Xlamidiya; 
5.
Mikoplazma. 
Ko’pincha infeksiya ona qornida yoki tug’ruq jarayonida yuqadi. Kasallik immunitetning pasayishi 
natijasida rivojlanadi, ayniqsa emizilmaganda. Kasallik tanadagi shartli-patogen mikroorganizmlar 
(streptokokklar, stafilokokklar) faollashganda asoratlar qoldirishi mumkin. 
Kasallikka tashxis qoʻyishda shifokor, avvalo bronxit kasalligi turi (obstruktiv yoki kataral) va uning 
etiologiyasini (virusli, bakterial, allergik) aniqlab olishi zarur. Hamda, oddiy bronxitdan bronxiolitni farqlab 
olishi ham muhim. Obstruktiv bronxitni esa bronxial astmadan farqlash kerak. 
Diagnostikada bemor umumiy koʻrigi va koʻkrak qafasi auskultativ tekshiruvlari oʻtkaziladi. 
Shifoxonaga qabul qilish uchun bola koʻkrak qafasi rentgenografiyasi kerak boʻladi, rentgenogrammada 
bronxlar va oʻpkalarning umumiy ahvoli aniq koʻrinadi. Bundan tashqari, kasallik qoʻzgʻatuvchisini 
aniqlash maqsadida balgʻamdan namuna olib bakteriologik ekma, PZR yordamida viruslarni aniqlash 
amaliyoti ham bajariladi. 
Umumiy qon analizida ECHT ga, leykotsitar formulaga eʼtibor qaratiladi. Leykotsitlar sonining 
oshishi (leykotsitoz) bakterial infeksiyadan darak beradi. Leykotsitlar sonining kamayishi (leykopeniya) va 
bir vaqtning oʻzida limfotsitlar sonining oshishi (limfotsitoz) virusli infeksiyada dalolatdir. Ammo, surunkali 



Yüklə 465,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin