SIFATLARNING GAPDAGI O‘RNI
1. Sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda otdan oldin keladi, ot-kesim tar kibida
kelganda esa bog‘lovchi-fe’ldan keyin keladi:
I have bought a red pencil.
Men qizil qalam sotib oldim.
The pencil is red.
Qalam — qizil.
2. Agar otning oldida ikkita yoki undan ko‘p sifat bo‘lsa, otga ma’nosi
yaqinroq bo‘lgan sifat unga yaqinroq qo‘yiladi:
It was a cold autumn day.
Sovuq kuz kuni edi.
He is a clever young man.
U aqlli yigit (yosh kishi).
She put on a new black woolen
dress.
U yangi qora jun ko‘ylak kiydi.
3. Ba’zi -able, -ible qo‘shimchalari bilan tugagan sifatlar otning oldida
ham, orqasida ham q o‘yilishi mumkin:
The goods were shipped by the fi rst
available steamer (= by the fi rst
steamer available).
Mollar qo‘l ostida bo‘lgan
(topilgan, o‘ng kelgan) birinchi
paroxod ga yuklandi.
152
SON (THE NUMERAL)
Umumiy ma’lumotlar
1. Buyumning miqdori yoki tartibini bildirgan so‘zlar sonlardir.
2. Sonlar sanoq sonlar (Cardinal Numerals) va tartib sonlarga (Ordinal
Numerals) bo‘linadi.
3. Sanoq sonlar shaxs yoki buyumlarning miqdorini bildirib how
many? nechta? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Masalan: one, two, three va
h.k.
4. Tartib sonlar predmetlarning tartibini bildiradi va which? qaysi?
nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Masalan: fi rst birinchi, second ikkinchi,
third uchinchi va h.k.
SANOQ SONLAR (CARDINAL NUMERALS)
1—12
13—19
20—90
100 va boshqa sonlar
1 one
2 two
3 three
4 four
5 fi ve
6 six
7 seven
8 eight
9 nine
10 ten
11 eleven
12 twelve
13 hirteen
14 fourteen
15 fi fteen
16 sixteen
17 seventeen
18 eighteen
19 nineteen
20 twenty
21 twenty-one
22 twenty-two va h.
30 thirty
40 forty
50 fi fty
60 sixty
70 seventy
80 eighty
90 ninety
100 a (one) hundred
101 a (one) hundred and one
102 a (one) hundred and two va h.
200 two hundred
300 three hundred
400 four hundred va h.
1,000 a (one) thousand
1,001 a (one) thousand and one
1,250 a (one) thousand two hund red
and fi fty
2,000 two thousand
2,001 two thousand and one
2,235 two thousand two hundred and thirty-fi ve, 3,000 three thousand,
4,000 four thousand 100,000 a (one) hundred thousand, 1,000,000 a (one) million
1,000,000,000 a (one) milliard (Angliyada); a (one) billion (AQSHda)
1. 13 dan 19 gacha bo‘lgan sonlar -teen qo‘shimchasi yordamida yasa-
ladi: — four — fourteen, six — sixteen. Bunda three va fi ve sonlarining
shakli o‘zgaradi: three — thirteen, fi ve — fi fteen.
2. O‘nlikni bildiruvchi sonlar –ty qo‘shimchasi yordamida yasaladi: six
— sixty, seven — seventy. Bunda two, three, four, fi ve sonlarining shak li
o‘zgaradi: two — twenty, three — thirty, four — forty, fi ve — fi fty.
3. O‘nliklar va ulardan keyin kelgan birlik sonlarning orasiga chiziqcha
qo‘yiladi: twenty-one, thirty-fi ve, forty-seven va h.k.
4. Hundred, thousand, million sonlaridan oldin noaniq artikl a yoki one
qo‘yib aytiladi: a (one) hundred, a (one) thousand.
153
5. Hundred, thousand, million sonlari oldidan two, three, four va boshqa
sanoq sonlar kelganda ularga -s qo‘shimchasi qo‘shilmaydi: two hundred,
Dostları ilə paylaş: |