Geologiyasi


-rasm. Neft ob’ektlarini ishlashda suv bostirish metodlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə169/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.4-rasm. Neft ob’ektlarini ishlashda suv bostirish metodlari 
Tabiiy suv bostirish
. Uyumni ishlatishning bunday usuli qatlamning to’liq hajmi
bo’yicha uyumni energiya bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lgan kuchli tabiiy
suv bosimli sistema mavjud bo’lganda samara beradi. Bunday hollarda qatlamning
kollektorlik xususiyatlari (ayniqsa o’tkazuvchanligi) yuqori bo’lishi, o’zi yaxlit,
suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linmagan bo’lishi kerak.
Tabiiy suv bostirishning samaradorligi asosan neftning qovushqoqligiga bog’liq.
Agar qatlam sharoitidagi neft qovushqoqligi 30-40 mPa·s atrofida bo’lsa, suv
bostirish yaxshi natijalar bermaydi. CHunki qatlamda suv neftni turg’un front
bo’ylab siqib chiqara olmaydi; o’z navbatida haydalgan suv qatlamning o’tkazuvchan
qatchalari orqali siljib, uyumning asosiy hajmi esa ishlatilmay qoladi.
Neft va suv qovushqoqligi nisbati μ
0
=5÷6,( μ
n
/ μ
s
= μ
o
), neftning harakatchanligi
(k
x
/μ) 0,2·10
-12
μ
2
/mPa·s dan kam bo’lmasligi lozim. Bunday hollarda tabiiy neft
bera olishlik koeffitsientining eng yuqori qiymatiga erishiladi – 0,6-0,7 gacha, ba’zan
0,8 (Rossiya Federatsiyasining Oktyabr konida XVI qatlam va b.).



252
Uyumni ishlatish chog’ida ishlatish quduqlari


qatori neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi,
bunda birinchi to’rt qatorning tashqi tomonidagi
ishlatish quduqlari samarali ishlaydi. Agar uyum
o’lchami katta bo’lib, burmaning har bir qanotiga
to’rt qatordan ko’p ishlatish quduqlarini loyihalash
imkonini bersa ham, barcha quduqlar baravar
ishlagandagi samaradorlik neftlilik chegarasidan
eng uzoqda joylashgan qatorlarda kam bo’ladi,
samaradorlikni oshirish uchun esa qatlamga
qo’shimcha energiya kiritish kerak bo’ladi.
Bunday holat to’rtinchi qatordagi quduqlar chekka
suvlarning tabiiy bosimini to’sib qo’yishi
natijasida yuzaga keladi.
Chegara tashqarisiga suv bostirish.
Suv
bostirish usullarining bir turi bo’lib, haydash
quduqlari mahsuldor qatlamning tashqi neftlilik chegarasidan ma’lum masofada
joylashtiriladi. Bunday suv bostirish usuli nisbatan bir xil geologik tuzilishdagi,
kengligi kichik, neftining qovushqoqligi past va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan
qatlamlardagi uyumlar uchun alohida yoki yirik uyumlarni ishlatishda chegara ichra
suv bostirish usuli bilan birga qo’llaniladi.
Uyumni ishlatishning bu sistemasi dastlab 1948 yilda Rossiya Federatsiyasining
Tuymazin konida devon davri (D
1
va D
2
) qatlamlarini sanoat miqyosida ishlatishda
qo’llanilgan. Keyinchalik chegara tashqarisiga suv bostirish sistemasi Zolniy, Ovrag,
Bavlina, Shkapova va b. konlarda ham joriy etildi. Uyumni ishlatishning bu usuli
bilan tabiiy suv bostirish usuli orasida umumiylik mavjud bo’lib, ikkinchi usul
birinchisidan faqat qatlamning suvli qismida neftlilik chegarasi bo’ylab qazilgan
maxsus haydash quduqlari mavjudligi bilan farqlanadi (10.5-rasm).
Hozir neft uyumini ishlatishda chegara tashqarisiga suv bostirish amaliyotda
keng qo’llaniladi. Bunda haydash va ishlatish quduqlari neftlilik chegarasi bo’ylab
halqasimon qatorlar ko’rinishida joylashtiriladi. Uyumni ishlatishning bunday
sistemasi platformada joylashgan yassi strukturalardagi maydoni kichik uyumlarni
ishlatishda samarali hisoblanadi. Chegara tashqarisiga suv bostirish yo’li bilan
uyumni ishlatish sistemasini chegara tashqarisidagi maydonning neft olish zonasi
bilan gidrodinamik bog’liqligi yaxshi bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiq.
Chegara tashqarisiga suv bostirish metodini amaliyotda qo’llash oblasti xuddi
tabiiy suv bostirish oblastidagi kabi sabablarga muvofiq chegaralangandir,
chunonchi: neftlilik maydonining kengligi 5 km gacha bo’lganda burmaning har bir
qanotiga quduqlarni uch qatordan ko’p qilib loyihalash mumkin, bunday hollarda
chegara tashqarisiga haydalgan suv markaziy quduqlarni energiya bilan ta’minlay
olmaydi. Odatda uyumning eng chekka qismlari yuqori mahsuldor hisoblanadi.
Kengligi 4-5 km dan katta bo’lgan uyumlarda chegara ichra suv bostirish yaxshi
natija beradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin