Geologiyasi


 NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə175/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.5. NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH 
JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI 

Gaz qalpoqli mahsuldor qatlamlar va neft uyumlari qatlamga ta’sir etish yo’li


bilan ishlatilganda gaz qalpog’i va neft uyumi hajmlari nisbatiga hamda neft
uyumining balandligiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Uyumni tabiiy
sharoitlarda (bosimni saqlash ishlarini bajarmasdan) ishlatishda gaz-neft tutash
yuzasi holatini saqlash muhim tadbirlardan hisoblanadi, unga erishish uchun chiqarib
olinayotgan gaz va neft debiti boshqarib turiladi.
Neft uyumining hajmi nisbatan katta bo’lsa, uni ishlatish jarayonida gaz
qalpog’idan gazning yorib chiqishining oldini olish maqsadida to’siqli suv bostirish
amalga oshiriladi. Bunday holda gazlilikning chegarasi ichi bo’ylab yoki uning
yaqinida chiziqsimon joylashtirilgan haydash quduqlari orqali suv yuboriladi,
natijada qatlamda suv to’sig’i hosil bo’ladi. U gaz shapkasini neft uyumidan ajratadi
va neftning muvaffaqqiyatli chiqarib olinishini ta’minlaydi.
Agar neft va gaz uyumida neft faqat yirik gaz uyumi bo’ylab neft hoshiyasini
hosil qilsa, uni yer yuzasiga chiqarib olish juda qiyin kechadi. Bunday holda
uyumning ishlatish samaradorligi ishlatish quduqlarining (gazlilik va suvlilik
chegaralariga nisbatan) to’g’ri joylashtirilishiga bog’liq. Neft uyumidan neftni
chiqarib olmasdan turib, gaz shapkasidagi gazni cheklanmagan miqdorda chiqarib
olish yomon oqibatlarga olib keladi.
Neft va gaz zaxiralari katta bo’lsa, ularni ishlatish masalasi texnik-iqtisodiy
hisob-kitoblar asosida hal qilinadi va navbat bilan amalga oshiriladi. Bunda gaz
shapkasidan gaz olish chog’ida neft yo’qotilishini baholash muhimdir.



259
Shuningdek, neft va gaz uyumlarini ishlatishda qatlam bosimini saqlash va gaz-


neft tutash yuzasi holatining harakatsizligini ta’minlash maqsadida chegara
tashqarisiga suv bostirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
Neft uyumini chekka suvlar bosimidan 
foydalanib ishlatish sistemalari.
Sistema tabiiy
suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli
rejimdagi qatlam tipidagi neft uyumlarida
qo’llaniladi. Bunga ko’ra ishlatish quduqlari
neftlilikning chegarasi ichiga parallel holda,
uyumning neftli qismida halqasimon qatorlar
shaklida joylashtiriladi. Quduqlar imkon qadar
shaxmat tartibida joylashtiriladi (10.11-rasm).
Quduqlarning suvsiz ishlatish davrini uzaytirish
maqsadida quduqlar qatori oralig’idagi masofa
quduqlar oralig’idagi masofaga nisbatan kattaroq
qilib olinadi. Shu maqsadda tashqi qatordagi
quduqlarda qatlamning neftga to’yingan pastki
qismi teshilmaydi. Ichki qatordagi quduqlardagi
neftga to’yingan qatlamlar qalinligi bo’yicha
teshiladi.
Quduqlarning bunday joylashtirilishi va teshilishi uyumga chekka suvlarning
kirib kelishini va undan suyuqlikni chiqarib olishni ta’minlaydi. Uyumning suv-neftli
qismidagi neft suv ta’sirida siqilib, quduq tomon harakatlanadi. Uyumni ishlatish
jarayonida neftlilik chegarasi tortilib, kichrayib boradi, uyum o’lchami kamayadi.
Shunga ko’ra dastlab quduqlar qatorining tashqi halqasidagi quduqlar suvlanadi va
ishdan chiqadi, ma’lum vaqt o’tgach esa keyingi qatorlardagi quduqlar ham ishdan
chiqadi.
Neft uyumini ostki suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari
. Sistema
massiv tipidagi (odatda uyumning hamma maydoni ostida ostki suvlar mavjud
bo’lganda) neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunday uyumlar suv bosimli yoki faol
tarang-suv bosimli rejim bilan tavsiflanadi. Uyumlar ishlanganda neftning suv
ta’sirida siqilishidan hamma joyda suv-neft tutash yuzasi sathi ko’tariladi, ya’ni bir
xil gipsometrik balandlikda joylashgan uyumlar oralig’i ketma-ket suvlana boshlaydi
va uyumlar o’lchami kichrayadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin