Geologiyasi


 Kollektorlarning konditsiya tavsifi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə87/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

6.1.6. Kollektorlarning konditsiya tavsifi 

Mahsuldor qatlamlar geologik jihatdan murakkab tuzilgan bo’lsa, quduq


kesimida sanoat ahamiyatiga molik qatlam-kollektorni belgilash, uni u yoki bu
kollektorlar toifasiga mansubligini va taxminiy mahsuldorligini aniqlash qiyin
kechadi. Bunday masalalarni tog’ jinslarining asosiy parametrlarini (g’ovakliligi va
o’tkazuvchanligini) aniqlamasdan va asoslamasdan hal qilib bo’lmaydi.
Aniqlangan parametrlarning minimal qiymatiga ko’ra ajratilgan qatlamlar
jinslarning ma’lum bir guruhiga kiritiladi va konditsiya qiymatlari yoki konditsiyalar



127
(parametrlar qiymatining ishonchligiga qo’yilgan talab va shartlar) deb nomlanadi.


Konditsiyalar g’ovaklilik va o’tkazuvchanlikning minimal qiymatlari bo’lib, bunday
qiymatlarda jins neft tutib turish va neft beraolish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ushbu parametrlarning konditsiya qiymatlari geologik omillarga bog’liq bo’lishi
bilan bir vaqtda, ular konni ishlatish texnologiyasi va texnikasi talablariga hamda
iqtisodiy ko’rsatkichlarga mos kelishi kerak. SHunga ko’ra konditsiya qiymatlarini
belgilash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, kon geologiyasida konditsiya qiymatlari neft zaxiralarini hisoblashda
ishlatiladi, shu sababli ushbu qo’llanmada ularning mazmuni geologik nuqtai
nazardan yoritiladi. Bunday hollarda jinslarning asosiy mezonlari sifatida ularning
mahsuldorligini ko’rsatish mumkin. Mahsuldorlik qiymati solishtirma mahsuldorlik
koeffisienti (q) bilan aniqlanadi:
P
H
Q
q
Δ


,
bunda Q - quduqdan sutka davomida chiqqan flyuid, t/sut; N -qatlamning foydali
qalinligi, m;
P

- bosimlar farqi, m.
Laboratoriyada kernni o’rganib, ochiq g’ovaklilik (m
1
) va o’tkazuvchanlik
qiymatlari aniqlanadi. So’ng har bir quduq uchun o’tkazuvchanlik va solishtirma
mahsuldorlik koeffisientlarining bog’liqlik grafigi tuziladi (6.4-rasm). Solishtirma
mahsuldorlik koeffisientining eng kam va eng yuqori qiymatlarini bilgan holda konni
ishlatishning iqtisodiy jihatdan samaradorligini aniqlash mumkin (masalan, Q = 0,05
(t/sut)/ (MPa
-1
-m)) bo’lsa, grafikdan o’tkazuvchanlikning mos keluvchi qiymati
topiladi (grafikda 15x10
-15
m
2
).
So’ngra ushbu quduqlar bo’yicha ochiq g’ovaklilik va o’tkazuvchanliklar
oralig’idagi bog’liqlik grafigi tuziladi (6.5-rasm) va o’tkazuvchanlikning topilgan
qiymati (15-10
-15
m
2
) uchun ochiq g’ovaklilikning konditsiya qiymati (15%)
aniqlanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin