Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


- oralik nazorat ishi uchun vazifalar



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə175/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176
2 - oralik nazorat ishi uchun vazifalar

1 - variant


1. Kurakli nasoslarning ishlash prinsipi.


2. Kurakli nasoslarning asosiy tenglamasi.


Masala: 800ayl/min chastota bilan aylanayotgan markazdan qochma nasos t=300C li 140m3/soat suvni haydashi lozim. Nasos joylashgan muhitning atmosfera bosimi 745mm.sim.ust. So’ruvchi quvurda to’la oqim yuqolishi 4,2m. Nasosning so’rish balandligi aniqlansin.
Javob: 2,2m dan kam emas.

2 - variant


1. Kurakli nasoslarning turlari.


2. Nasoslar teoriyasida ko’llaniladigan asosiy tushunchalar.


Masala: Markazdan qochma nasos 280l/min suvni haydash davomida N=18m oqimi hosil qiladi. Atmosfera bosimi R=0,3 quvur diametri 70x25 mm. Nisbiy zichligi 1.6 va miqdori 15m3/soat bo’lgan suyuqlikni haydashga shu nasos yaroqlimi? Ko’tarilish balandligi 8,5m. quvurning hisobiy uzunligi (o’zining va mahalliy qarshiliklar uzunligi yig’indisi) 124m. quvurning ishqalanish koeffitsiyenti λ=0,03. Agar nasosning FIK i 0,55 bo’lsa qanday quvvatdagi dvigatelь kerak bo’lishini aniqlang.
Javob: 1,86kVt

3 - variant


1. Markazdan kochma nasoslarning turlari.


2. Markazdan kochma nasoslarning xarakteristikalari.


Masala: Markazdan qochma nasos suvini haydash uchun qo’ydagilarga ega: Q=56m3/c, N=42m, N=10,9kVt. Nasosning FIKi va ishlab chiqarishini hosil qilayotgan bosim va kerakli quvvatni n=1140ayl/min da aniqlang. Bunda FIK o’zgarmas qoladi deb hisoblansin.
Javob: η=0,59; Q=71,2m3/s; N=68m.

4 - variant


1. Markazdan kochma nasosning asosiy tenglamasi.


2. Ishchi xalkaning kuraklari. Nasosning deffuzori va yo’naltiruvchi uskunalari.


Masala: Markazdan qochma nasosni sinashda quyidagi parametrlar aniqlandi: Q, l/min 0 100 200 300 400 500N, m 37,2 38,0 37,0 34,5 31,8 28,5
Uzunligi 355mm (o’zining va mahalliy qarshiliklar uzunligi yig’indisi ) va diametri 76x4 mm bo’lgan quvurdan bu nasos qancha miqdordagi suyuqlikni uzatadi. Uzatish balandligi 4,8m. Ishqalanish koeffitsiyenti λ=0,03; Δrdop=0 (quvur va nasosning xarakteristikasi va ishlash nuqtasi aniqlansin).
Javob: Q1=0,4m3/min

5 - variant


1. Markazdan kochma nasoslarning xarakteristikalari.


2. Markazdan kochma nasosning ishi va uning asosiy tenglamasi.



Masala: 1 minutda 8,4m3 suvni xaydayotgan nasosning haydovchi quvuriga o’rnatilgan manometr 3,8kgs/sm2(0,38MPa) bosimni ko’rsatmoqda. So’ruvchi quvurdagi vakuummetr 21mm.sim.ust(28kPa)bosimni ko’rsatmoqda. Vertikal bo’yicha vakuummetr va manometr orasidagi masofa , so’ruvchi quvurning diametri 350mm, haydovchi quvurniki-300mm. Nasos hosil qilgan bosimni toping.
Javob: 41,3 m.suv.ust

6 - variant


1. Bir nechta markazdan kochma nasoslarning birgalikdagi ishi. Nasoslarni ketma ket va parallel ulash.


2. Kurakli nasoslarning o’xshashligi.


Masala: 150ayl/min chastota bilan xarakatlanayotgan porshenli nasos 600S li suvni xaydashi kerak. So’ruvchi quvurning gidravlik qarshiligi va inertsion yo’qotishlar xamda tezlikni hosil qilish uchun sarflanadigan energiya yo’qotilishlari 6,5m.suv.ust ni tashkil etadi. Nasos o’rnatilgan joyda o’rtacha atmosfera bosimi 736mm.suv.ust ga teng. Nasos suv satxidan qanday balandlikda o’rnatilishi kerak?
Javob: 1,48m

7 - variant


1. Xajmiy nasoslar to’grisida umumiy ma’lumotlar.
2. Markazdan kochma nasoslarning tezyurarlik koeffisienti.


Masala: Bosimi rabs=1kgs/sm2 bo’lgan 1m3 havoni a) rabs=1,1kgs/sm2 va b) rabs=5kgs/sm2 gacha siqishdagi nazariy sarfni aniqlang. Nazariy sarfni havoni siqilmaydi deb hisoblab termodinamik formula bo’yicha aniqlang.
Javob: 3%

8 - variant


1. Sanoatda ishlab chikariladigan kurakli nasoslar.


2. Markazdan kochma nasoslarda surilish xamda kavitasiya jarayonlari.


Masala: Agar uzatish sarfi QH=50l/sek, so’ruvchi quvurning diametri d=250mm, uzunligi l=200mm, suv yig’gichdagi suv sarfi 105m, nasos o’qining belgilangan sathi 108m, bosim hosil qiluvchi minoradagi suvning yuqori sathi 147m, bosim hosil qiluvchi quvurning uzunligi l1=620m va uning diametri d1=200mm bo’lsa, suv yig’gichdan bosim hosil qiluvchi minoraga suv yetkazib berayotgan nasosning oqimini aniqlang.
So’ruvchi quvurda setkali qabul qiluvchi klapan, 3ta tirsak, zadvijka va perexod o’rnatilgan.
Javob: N=58,22m.suv.ust

9 - variant


1. Markazdan kochma nasoslarning asosiy xisoboti


2. Ukiy nasoslar xakida tushuncha.
Masala: Agar QH=60l/sek, so’ruvchi quvurcha diametri d1=250mm, haydovchi quvur diametri d2=200mm, manometr ko’rsatgichi 6,5kgs/sm2, vakuummetr ko’rsatgichi 0,35kgs/sm2, vakuummetr o’rnatilgan nuqtadan manometr strelkkasi o’qigacha bo’lgan vertikal masofa z=0,4m bo’lsa ishlayotgan qurilmaning to’liq bosimini aniqlang.
Javob: H=69m.suv.ust.

10 - variant


1. Markazdan kochma nasoslarning tezyurarlik koeffisienti.


2. Gidravlik turbinalarning turlari xamda tuzilishi.
Masala: So’ruvchi quvurcha diametri d=250mm, so’ruvchi quvur uzunligi l=25m, sarfi 60l/sek bo’lgan nasos sovuq suvni haydamoqda. Hovuzdagi suv miqdorining balandligi 77,0m. Nasoslar katalogi bo’yicha so’rishning vakuummetrik balandligi 4,6m. Nasos o’qining o’rnatilish balandligini aniqlang.
Javob: Nasos o’qining o’rnatilish balandligi 80,7m.

11 - variant


1. Gidravlik turbinalarning ishlatilish soxasi. Napor xosil kilish turlari.


2. Gidravlik turbinalarning asosiy tenglamasi.


Masala: Agar so’rish balandligi Ngv=3,0m, so’rishdagi bosim yo’qotilishi hpv=0,9m va haydashdagi bosim yo’qotilishi hpm=7,2m nasosning to’la FIK 0,83, suvning ko’tarilish balandligi 65m bo’lsa, nasos unumdorligi Q=150l/sek bo’lgandagi qurilma quvvatini aniqlang.
Javob: Ndv=142 kVt

12 - variant


1. Gidrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlash prinsipi.


2. Gidrodinamik uzatmalarning asosiy tenglamasi.


Masala: Nasos n0=1450 ayl/min da N0=100m bosim hosil qiladi, nasos unumdorligi Q0=50l/sek va FIK η0=0,70 Nasosning shu unumdorlikda bosimni 130m ga oshirish uchun aylanishlar soni va quvvatini hisoblang.
Javob: N=73,7kVt

13 - variant


1. Gidromuftaning tuzilishi va ishlashi.


2. Gidravlik muftaning xarakteristikalari.


Masala: FIK ηmaks=0,81 bo’lgan nasos optimal aylanishlar soni n0=2520ayl/min, optimal bosimi N0=26,0m va optimal unumdorligi Q0=16l/sek ga moslashtirilgan. Optimal rejimda nasosning quvvati:

agar nasosning aylanishlar soni o’zgartirilmagan holda uning unumdorligini 22l/sek gacha oshirilsa, uning quvvatini aniqlang.


Javob: N=5,66kVt

14 - variant


1. Gidrotransformatorlarning ishlash jarayoni.


2. Gidrotransformatorlarning xarakteristikasi.


Masala: Markazdan qochma nasosning sinovi masshtabda va n=590ayl/min aylanish chastotasida olib boriladi. Bunda NM=0,68m bosimda nasosning unumdorligi QM=8,9m/sek. Modeli va naturaning FIK bir xil deb hisoblab, quyidagilarni aniqlaymiz:

  1. Aylanishlar soni nN=590ayl/min bo’lganda nasosning unumdorligi va bosimini;

  2. Aylanishlar soni nN=730ayl/min bo’lganda nasosning unumdorligi va bosimini;

Javob: QN=1372l/sek HN=25,9m

15 - variant


1. Gidrotransformatorlarning tuzilishi
2. Gidrodinamik uzatmalarning ko’llanilish soxasi.


Masala: Agar nasosning aylanishlar soni n=1450ayl/min, quvvati Q=0,05m3/sek va bosimi N=25,0m ma’lum bo’lsa, ishchi g’ildirakning aylanishlar sonini tezyurarlik koeffitsiyenti bo’yicha aniqlang.
Javob: ns=106 ayl/min

16 - variant


1. Xajmiy godromashinlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.


2. Xajmiy godromashinlarda ishlatiladigan suyukliklar.


Masala: 20Ndn tipidagi markazdan qochma nasos Q=555l/sek unumdorlikda va N=13,5m bosimda n=730ayl/min aylanish chastotasiga ega. Bu nasos uchun kavitatsiya koeffitsiyenti va maksimal so’rish balandligi aniqlansin. Haydalayotgan suvning haroratini 200S, so’rish chizig’idagi yo’qotilish hωvs=0,50m. quyidagi formulada S koeffitsiyent 800 ga teng

Javob: hvak=5,85m

17 - variant


1. Xajmiy nasoslar to’grisida umumiy ma’lumotlar.


2. Xajmiy godromashinlarda ishlash prinsipi va ko’llanilishi.


Masala: 1200ayl/min chastota bilan aylanayotgan markazdan qochma nasos sinov vaqtida quyidagi natijalarni ko’rsatdi:













































Nasos nisbiy zichligi 11,2 bo’lgan suyuqlikni haydayapdi. Har bir unumdorlik uchun nasosning FIK ni aniqlang va nasosning grafik tavsifini quring.


Javob: η=0,36. Nasosning tavsifi rasmda ko’rsatilgan.

18 – variant


1. Porshinli nasoslarning uzatma grafigi.


2. Porshinli nasoslarning tuzilishi va ko’llanilishi.


Masala: Balandligi 10,8m bo’lgan apparatga nisbiy zichligi 1,12 va soatiga miqdorida suyuqlik yetkazib berish talab qilinsin. Apparat bosimi bakdagi bosim atmosfera bosimiga teng. quvur diametri 140x4,5mm, uzunligi 140m. Agar quvurdagi ishqalanish koeffitsiyenti λ=0,03 ga teng bo’lsa, oldingi masalada ishlatilgan markazdan qochma nasosni ishlatish mumkinmi?
Javob: N=13,1kVt

19 - variant


1. Rotorno - porshenli godromashinlarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2. Radial - porshenli nasoslar va gidrodvigatellar.


Masala: Gaz ballondan qurilmaga azotni (r=1,2kg/m3) uzatayotgan ventilyator hosil qilayotgan bosimni aniqlang. Gaz ballondagi ortiqcha bosim , qurilmada 74mm.suv.ust. So’ruvchi quvurdagi bosim yo’qotilishi 35mm.suv.ust, haydovchi quvurda , haydovchi quvurdagi azotning tezligi 11,2m/s.
Javob: Δr=743Pa

20 - variant


1. Aksial porshenli nasoslar va gidordvigatellar.
2. Rotor - plastinali nasoslar va gidrodvigatellar.




Masala: Oddiy harakatli porshenli nasosda porshen diametri 160mm porshen qadami 200mm bo’lganda zichligi 0.93, apparatga 430l/min suyuqlik yig’gichdan uzatilmoqda. Bosim rizb=3,2kgs/sm2. Yig’gichdagi bosim atmosfera bosimiga teng. Geometrik ko’tarilish balandligi 19,5m. so’ruvchi chiziqda bosimning to’liq yuqolishi 1.7m, haydovchi chiziqda esa 8,6m Agarda nasosning uzatish koeffitsiyenti 0,85, foydali ish koeffitsiyenti 0,8, elektrodvigatelь uzatilish koeffitsiyenti 0,95 deb qabul qilinsa, nasosga qanday aylanishlar chastotasini va elektrodvigatelьga qanday bosim berish kerak?
Javob: n=126ayl/min; 6,8kVt quvvatli elektrodvi-gatelь

21 - variant


1. SHesternali nasoslar va gidrodvigatellar.


2. Vintli nasoslar va gidrodvigatellar.


Masala: Porshenli kompressorning siqishi 460m3/s. Ammiakning bosimi rabs=2,5kgs/sm2 dan rabs=12kgs/sm2 gacha (00S da 760mm.sim.ust deb hisoblansin). Ammiakning boshlang’ich teperaturasi 100S, kompressorning FIK i 0,7 bo’lganda quvvatni aniqlang.
Javob: N=33,4kVt

22 - variant


1. Taksimlovchi kurilma.


2. Drossel kurilmalar.


Masala: 80kg/soat miqdorda rizb=0,45MPa ostida siqilgan havo berish talab etilsin. Uzunligi 200mm, silindr diametri 180mm va 240ayl/min ga ega bo’lgan bir pog’onali porshenli kompressor qo’llash mumkin bo’ladimi? Zararli bo’shliq 5% ni tashkil etadi. Kengayish politropini 1,25 deb qabul qilamiz.
Javob: Bunday xol uchun kompressor talabga javob bermaydi.

23 - variant


1. Klapanlar.


2. Yordamchi kurilma.


Masala: Ishlab chiqarish 5,6m3/soat bo’lgan porshenli kompressorning quvvati aniqlansin (so’rish shartiga asosan) Kompressor SO2 gazini 20 dan 70kgs/sm2 gacha siqadi ( absolyut bosimda). Boshlang’ich temperatura 1500S. Kompressorning FIKi 0,65. Masalani analitik yo’l bilan hamda diagramma yordamida yechish tavsiya etiladi.
Javob: 4,6kVt

24 - variant


1. Aylana xarakatli gidroyuritmalar.


2. Nazoratchi gidroyuritma


Masala: Ventilyator oldidagi so’ruvchi quvurning siyraklashishi 15,8mm.suv.ust. Ventilyatordan keyinda joylashgan haydovchi quvurning ortiqcha bosimi 20,7mm.suv ust. Sarf o’lchagich 3700m3/soat ni ko’rsatmoqda. So’ruvchi va haydovchi quvur bir xil diametrga ega. 1 minut da aylanishlar chastotasi 960 ga teng. Ventilyator quvvati 0,77kVt. Ventilyatorning bosimi va FIKi aniqlansin. Agar ventilyatorning aylanish chastotasini 1150ayl/min ga oshirsak, uning ishlab chiqarishi va quvvati qanday bo’ladi.
Javob: η=0,48;Δr=354Pa; Q2=4430m3/c; N2=1,33kVt

25 - variant


1. Gidroyuritmalarning ishlatilish soxasi va turlari.
2. Kayta - takrorlanma xarakatli gidroyuritmalar.


Masala: Etilenni siqayotgan bir pog’onali kompressor qanday bosimda FIK i 0,02 bo’ladi. So’rish bosimi 1kgs/sm2. Zararli hududda gaz kengayishini adiabatik deb qaralsin. Zararli hududning hajmi porshen hajmiga nisbatan 7% deb olinsin.
Javob:
26 - variant

1. Kurakli nasoslarning turlari.


2. Nasoslar teoriyasida kullaniladigan asosiy tushunchlar.


Masala: Nasos 30% li oltingugurt kislotani haydaydi. Haydovchi quvurning ko’rsatgichi 1,8kgs/sm2 (~0,18MPa). Nasosdan oldingi so’ruvchi quvurning siyraklashishi 29mm.sim.ust. Manometr vakuummetrdan 0.5metr balandlikda o’rnatilgan. So’ruvchi va haydovchi quvurlarning diametri bir xil. Nasosning qanday bosim hosil qilishi topilsin.
Javob: 15,6m

27 - variant


1. Markazdan kochma nasoslarning turlari.


2. Markazdan kochma nasoslarning xarakteristikalari.


Masala: Nasos 960kg/m3 zichlikka ega bo’lgan suyuqlikni idishdan atmosfera bosimida apparatga haydaydi. Apparatning bosimi rizb=37kgs/sm2 yoki 3,7MPa. Ko’tarilish balandligi 16 metr. So’ruvchi va haydovchi yo’llarining umumiy qarshiligi 65,5m. Nasos bilan hosil qilinadigan to’la oqim aniqlansin. Nasosning FIK i aniqlansin. Nasos 380l/min, zichligi 0,9 bo’lgan mazutni haydaydi. To’la oqim 30.8. Dvigatelь quvvati 2,5kvt.
Javob: 467m

28 - variant


1. Markazdan kochma nasosning asosiy tenglamasi.


2. Ishchi xalkaning kuraklari. Nasosning deffuzori va yo’naltiruvchi uskunalari.


Masala: 800ayl/min chastota bilan aylanayotgan markazdan qochma nasos t=300C li 140m3/soat suvni haydashi lozim. Nasos joylashgan muhitning atmosfera bosimi 745mm.sim.ust. So’ruvchi quvurda to’la oqim yuqolishi 4,2m. Nasosning so’rish balandligi aniqlansin.
Javob: 2,2m dan kam emas.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin