Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə76/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176
14.5. Radial – porshenli nasoslar

Bu nasoslar ikki guruhga bo’linadi :


a) silindrlari radial joylashgan
b) silindrlari aksial joylashgan
Radial porshenli nasos (15.5-rasm) rotor 2 doiraviy yo’naltirgich 4 li stator va porshenchalar 3 dan iborat, rotor qo’zg’almas o’q 5 atrofida aylanadi. Porshenchalar ilgarilanma-qaytma harakat qilib, o’z silindrlaridan chiqib prujina yordamida yo’naltiruvchi 4 ga tomon qattiq itariladi. Rasmdagi shtrixlangan qism teshik 6 dan suyuqlik bilan to’ldiriladi, silindrning ish hajmi kichraygan paytda-teshikdan suyuqlik haydab chiqariladi.



15.5-rasm. Radial-porshenli nasos


14.6. Aksial porshenli nasoslar

Aksial porshenli nasoslarda porshenli silindrlar aylanish o’qiga paralel joylashgan bo’ladi (14.6 – rasm).




14.6-rasm. Aksialь-porshenli nasos.


Nasosda rotor rolini silindrlardan iborat blok 4 o’taydi, uni val 1 yordamida aylantiriladi. Taqsimlash diski 5 va yotiq disk 2 nasos ishlagan paytda qimirlamasdan turadi. Porshenchalar yuqorida purjina 6 bilan oldinga itariladi, pastda esa yotiq disk 2 ning ta’sirida orqaga qaytadi. Suyuqlik tsilindirlarda kanal a dan taqsimlanadi. Kanal v dan haydaladi.




14.7 Hajmiy nasoslarning xarakteristikalari.

Hajmiy nasoslarning xarakteristikalari markazdan qochma nasoslarnikidan butunlay farqlanadi.



1
5.7-rasm 15.8-rasm

Nasosning bosim xarakteristikasida N= f(Q) nazariy bosim aylanish soni o’zgarmas bo’lganda (n=const) 15.7-rasmda tasvirlangandek bosim o’qiga paralel to’g’ri chiziq bilan ifodalanadi. Bundan bosim xarakteristikalari barcha hajmiy va rotorli nasoslarga ham tegishlidir. Bundan qat’iy nazar bosim xarakteristikasiga ega bo’lgan bu nasoslarda nazariy bosim cheksiz katta miqdorga intiladi.
Nasosning xaqiqiy so’rishi sarfi bosimga bog’liq bo’lib uning ortishi bilan turli hajmiy yo’qotishlar ortib ketadi. Markazdan qochma nasoslarda hajmiy nasoslarda quvvat xarakteristikasi (14.8-rasm) ham bosim xarakteristikasiga o’xshagan bo’ladi, lekin quvvat grafigining egriligi bosimnikiga nisbatan kattaroq bo’ladi. FIK xarakteristikasining qiyaligi quvvat va bosim xarakteristikalariga nisbatan kamroqdir (14.8-rasm).
Gidromashinalarning maksimal FIKga mos kelgan parametrlari optimal yoki nominal deyiladi. FIK  ≥ (0,85 ÷ 0,9)  maks ga teng bo’lsa, nasoslar tejamli ishlayapti deyish mumkin.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin