Grafik Interfeysi



Yüklə 128,85 Kb.
səhifə19/23
tarix02.01.2022
ölçüsü128,85 Kb.
#36646
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
GNOME va KDE ish stollari asosan dastlabki qo`yiladigan boshqaruv utilitalari, ish stolini moslash uskunalari, dasturlarni ishlatish uskunalari bilan farq qiladi.masalan, ikkala ish stoli fayllarni tahrirlovchi dassturlarga ega, lekin boshqa boshqa. KDE da tekstni tahrirlash uchun KWORD dan foydalanilsaGNOME da AbiWord dan foydalaniladi, lekin ikkala dastur ham Open Office ofis paketi tomonidan qo`yilgan.
Qariyb hamma LINUX o`rnatuvchilari GNOME yoki KDE dan foydalanadi. Ba`zilar esa har ikkalasini o`rnatib, foydalanuvchidan qaysi birini tanlashi haqida so`raydi. Ikkalasini ham o`rnatib ko`rish mumkin va qaysi birini tanlash har bir foydalanuvchining o`z didiga bog`liq.
Ba`zi dasturiy ta`minotlar ish stollaridan biriga moslashgan bo`ladi va ikkinchi bir ish stolida ishlatila olinmaydi. Boshqa dasturlar esa har ikkala ish stolida ham ishlayveradi. Bunga misol qilib GIMP dasturini olishimiz mumkin. Agar kompyuterda har ikkala ish stoli o`rnatilgan bo`lsa, barcha paketlar birgalikda ish stoli tomonidan foydalaniladi. Masalan, GNOME ish stolida o`rnatilgan dastur KDE ish stolida ham ishlaydi, ya`ni KDE bosh menyusida ham o`sha dastur mavjud bo`ladi.

Boshqa GUI lar

KDE va GNOME dan tashqari boshqa ish stollari ham mavjud. Qariyb barcha o`rnatuvchi paketlarda GNOME yoki KDE grafik tizimlari mavjud, ba`zilarida esa boshqalari ham bor. Masalan, Mandrake distributivi IceWM ish stoliga ega. KDE va GNOME dan farqli ravishda kichikroq hajmni talab qilib, ulardan tezroq ishlaydi.


Ko`pgina foydalanuvchilar yuqorida aytilgan ish stollaridan boshqalarini tanlashadi. Bu holat kompyuterning operativ va qattiq hotira hajmi kichik bo`lgan hollarda amalga oshiriladi. Ayrim kishilar esa umuman boshqa bir ishlab chiqaruvchilar ish stolidan foydalanadilar, chunki ularga o`sha firma mahsulotlari yoqadi. Siz ham o`zingiz hoxlagan ko`rinishdagi ish stoliga buyurtma berishingiz mumkin, lekin u tayyor bo`lguncha sizning didingiz o`zgarish ehtimoli ham yo`q emas.     


Yüklə 128,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin