Gulli o‘simliklar urug‘larining tuzilishi va turlari


Quruq mevalarning tiplari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/5
tarix23.05.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#59207
1   2   3   4   5
Gulli o‘simliklar urug‘larining tuzilishi va turlari

Quruq mevalarning tiplari: Bargak meva - bitta meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan bir uyali, ko‘p urug‘li, bir tomonlama ochiladigan quruq meva. Bargak meva- ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasining vakillarida uchraydi (88-rasm).
Dukkak - bitta meva bargchadan hosil bo‘lgan, bir uyali, bir-ikki yoki ko‘p
urug‘li, ikki tomonlama ochiladigan va ochilmaydigan quruq meva. Dukkak mevalar Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasining vakillarida bo‘ladi. Bunday mevalarning shakli va kattaligi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ekma bedaning (Medicago sativa) dukkak mevasi ko‘p urug‘li, spiralsimon o‘ralgan bo‘ladi. Esparset (Onobrychis) o‘simligining mevasi bir urug‘li, ochilmaydigan dukkak meva hisoblanadi.
Qo‘zoq va qo‘zoqcha meva - ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ikki uyali, ko‘p urug‘li meva hisoblanadi. Urug‘lari soxta pardaga o‘rnashgan, ikki tomonlama ochiladigan va ochilmaydigan quruq meva. Qo‘zoq mevaning uzunligi enidan farq qiladi. Qo‘zoqcha mevaning uzunligi enidan deyarli farq qilmaydi. Qo‘zoq va qo‘zoqcha mevalarni karamdoshlar (Brassicaceae) oilasining vakillarida ko‘rish mumkim.



87-rasm. Quruq mevalar:
A-yong’oq; B-yong’oqcha; D-don; E-pistacha; F-murakkab yong’oqcha; G-hakalak (eman); H-qanotli; I-ikki qanotli; J-yertut murakkab yong’oqcha mevasi.

88-rasm. Ko’p urug’li quruq mevalar:
A-bargak; B-murakkab bargak; D-dukkak; E-qo’zoq; F-bo’g’imli qo’zoq; G-qo’zoqcha; H-I-J-ko’sak.


Ko‘sak meva - ikki yoki bir nechta meva barglarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ko‘p urug‘li quruq meva. Ko‘sak mevalarning ochilish yo‘llari: teshikchalar yordamida (ko‘knorda Papaver); qopqoqchasi bilan (mingdevonada - Hyoscyamus); tishchalar yordamida (chinniguldoshlarda Caryophyllaceae); chanoqlar yordamida (g‘o‘za - Gossypium va bangidevona - Datura) bo‘ladi.
Yong‘oq va yong‘oqcha - meva qati qattiq yog‘ochlangan, bir urug‘li, ochilmaydigan quruq meva. Yong‘oqcha mevasi yong‘oqnikidan kichik bo‘ladi. Yong‘oq meva o‘rmon yong‘oq o‘simligida, yong‘oqcha mevasi esa hiloldoshlar oilasida mavjuddir.
Don - ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ochilmaydigan quruq meva. Meva qati urug‘ po‘sti bilan birikib o‘sgan. Ma’lumki, bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), suli (Avena), arpa (Hordeum) mevalari don hisoblanadi.
Qanotcha - meva yonligi terisimon, uning ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan pardasimon qanotcha hosil qilgan (qayrag‘och-Ulmus).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin