Gumanitar fanlar


II. XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA XITOY



Yüklə 177 Kb.
səhifə4/5
tarix07.02.2023
ölçüsü177 Kb.
#83237
1   2   3   4   5
GULCHEHRA

II. XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA XITOY
2.1. “O'z-o'zini kuchaytirish” siyosati (1861-1895 yillar).
Taypinlar qo'zgoloni davrida Sinlarga qarshi boshqa harakatlar ham paydo bo'ldi, ulardan eng yirigi 1853 yili Anhuey viloyatida Chjan Losin rahbarligida boshlangan nyanszyuneylar harakati («Mash'alchilar armiyalari») bo'ldi. Aksariyati dehqonlar bo'lgan Qo'g'olonchilarning aniq harakat rejalari yo'q edi, ularning chiqishlari stixiyali harakat bo'lgandi. Shunga qaramasdan, ular malliy aholi tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlanganligi tufayli, hukumat qo'shinlariga ularni yengish oson bo'lmadi. Taypinlarning mag'lubiyatidan keyin bu harakat qatnashchilarining bir qismni nyanszyuneylarga qo'shildi va bu bilan ularning soni ancha oshdi. Qo'zg'olon Xitoyning sakkizta viloyatini qamrab oldi. 1866 yili nyanszyuneylar ikki guruhga bo'lindilar, poytaxt viloyati Chjiliga kirib olishga urinib ko'rdilar, lekin 1868 yilga kelib ular to'liq tor-mor qilindi. Ayni paytda Xitoydagi ba'zi bir kichik xalqlar ham bosh ko'tardilar. 1860 yili musulmon dunganlar Du Vensyuan rahbarligida Yunan viloyatida markazi Dama shahri bo'lgan o'z mustaqil davlatini e'lon qildilar. Du Vensyuanь sulton Sulaymon nomi bilan uning hukmdori bo'ldi. Faqat XIX asr 70-yillariga kelib Sin qo'shinlari bu davlatni yo'q qila oldilar. Dunganlar, shuningdek, diniy shiorlar ostida, 1862—1867 yillari Shensi,Gansu va Sins zyan viloyatlarida ham qo'zg'olon ko'targanlar. Ikkinchi «afyun urushi»dagi mag'lubiyatdan keyin Xitoyning hukmron doiralari mamlakatni G'arb davlatlarining daromad manbaiga aylanib qolish havfidan halos qilishga yana bir bor urinib ko'rdilar. Natijada, tarixshunoslikda «o'z-o'zini kuchaytirish» («szi syan») nomini olgan, taraqqiyotning yangi yo'li ishlab chiqildi. Uni amalga oshirishning uchta asosiy bosqichi mavjud edi. 1861-1870 yillardagi birinchi bosqichda hokimiyatning e'tibori dehqonlarning va mayda millatlarning qarshiliklarini bostirishga qaratildi. Ikkinchi bosqich, 1870-1885 yillarni o'z ichiga olib, islohotlarni o'tkazishda o'z ta'sirini oshirish uchun kurash olib borayotgan ikki asosiy guruhlarning paydo bo'lishi bilan harakterlanadi. Uchinchi bosqich 1885-1895 yillar - Li Xunchjan guruhining g'alabasi va Xitoyning Yaponiya bilan urushdagi mag'lubiyatidan keyin guruh Yetakchisining hokimiyatdan chetlatilishi bilan yakunlanadi. Fan va tenika sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni chet elliklarning o'zlashtirib olish va ularni o'zlarida qo'llash g'oyasi 60 - yillardagi islohotlar davrida asosiy fikr bo'lib qoldi. 1861 yilning yanvarida Pekinda «Turli mamlakatlarning ishlarini jamoa bo'lib boshqarish bo'yicha idora» - Szunliyanmin tashkil qilindi. U Xitoy imperiyasi Oliy maslahat kengashi rolini bajarardi. 1861 yilning avgustida imperator I Chjo vafot etdi va taxtga uning kichik yoshdagi o'g'li Szay Shun chiqdi. Yangi hukmdor ko'proq Sisi nomi bilan ma'lum bo'lgan oilasi Еxenara marhum imperatorning amakilari Gun va Chunlar bilan hamda imperatortni bevasi Syao Chjen bilan birgalikda regentlik kengashi yo'q qilish haqida kelishib oldi.Ayni paytda ikkinchi «afyun urushi» yillarida chet elliklar bilan murosa qilmaganlikda va bu bilan Pekinning vayrona qilinishiga ko'maklashishda ayblanayotgan Su Chjen boshchiligidagi avvalgi regentlik kengashi yo'q qilindi. Kelgusi o'n yillik davomida, to Szay Shunning o'limiga qadar, amalda mamlakatni Sisi guruhi boshqardi. Uning asosiy harakatlari «ichki isyonga» qarshi kurashda hal qiluvchi g'alabaga erishish maqsadida armiyani kuchaytirishga yo'naltirilgandi. Taypinlar isyoni bostirilgandan so'ng zamonaviy mashina va kemalar qurilishiga, harbiy sohadagi muassasalar tuzishga qattiq kirishildi. Xitoyda birinchi harbiy qurol-aslaha ombori va kema qurish korxonasini tashkil qilgan Li Huanchjan hamda Szo Szuntai lar bu jabhada alohida shijoat ko'rsatdilar. Pekinda diplomatic kadrlar tayyorlovchi chet tillari maktabi ochildi. Tez orada bunday maktablar SHanhayda va Guanjouda ham ochildi. 1875 yilning boshlarida imperator Szay Shun vafot etdi va taxtga Sisining uch yashar jiyani Szay Tyanь chiqdi. Bu bilan Xitoyda Sisi hukmronligi amalda saqalanib qolaverdi. «O'z-o'zini kuchaytirish» siyosatini amalga oshirishning olti ta asosiy tarkibiy qismi rasman e'lon qilingandi: askarlarini tayyorlash, kemalar qurish, mashinalar ishlab chiqarish, qurolli kuchlarni saqlab turish uchun mablag'lar topish, qobiliyatli odamlarni boshqaruvga jalb etish va yuqorida ko'rsatilgan tadbirlarni uzoq muddatda bajarishga jur'at qilish. Bu yo'riq hech bir jiddiy o'zgarishlarsiz 1895 yilgacha amalga oshirildi. 1870-yillarning birinchi yarmida 120 ta xitoylik o'smirlar АQSHа o'qishga yuborildi. Lekin ularning «G'arb g'oyalariga juda chuqur sho'ngib ketishlaridan» havotirlangan hukumat 1880-yillarning boshlaridayoq ularni vatanlariga chaqirib oldi. 1870-yillarning oxiri 1880-yillarning boshida Li Xunchjannong tashabbusi bilan Tyanszinda mina-torpeda va telegraf maktablari, shuningdek, ikkita harbiy bilim yurti ochildi. 1880 yili Guanchjouda G'arb fanlari maktabi tashkil qilindi. Bu o'quv yurtlarida Xitoy uchun an'anaviy bo'lgan konfutsiylik nazariyasi bilan bir qatorda, G'arb fanlari ham o'qitilardi. XIX asrning oxirlariga kelib Xitoyda aynan ana shunday bilim yurtlarining bitiruvchilaridan G'arb qadriyatlariga moyil bo'lgan ilmiy-tehnik ziyolilar yetishib chiqdi. Xitoy Fransiya bilan bo'lgan urushda yengilganidan keyin «o'zini o'zi kuchaytirish» siyosatini yuritishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi va unda Li Hunchjan hamda uning tarafdorlari yana hal qiluvchi rol o'ynaydi. 1885 yil oktyabrning o'rtalarida Harbiy-dengiz ishlari bo'yicha idora tuzish haqida buyruq chiqarildi. Bu idoraning boshligi qilib knyaz Chun, uning o'rinbosarlari etib knyaz Sin va Li Hunchjanning o'zi tayinlandi. Biroq oradan uch yil o'tgach zamonaviy kemalar sotib olishga ajratilgan pullar Sisi uchun shahar tashqarisida yangi qarorgoh, qurishga sarflandi, 1893 yili esa Idora butunlay bekor kilindi. Xitoyning floti o'sha-o'sha zaifligicha qolaverdi, u h,atto umumiy qo'mondonlikka ham ega emasdi.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin