Guruh: 210-21 Qabul qildi: Muminova Sunbula Toshkent 2022 Reja: Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autenttifikatsiya


Ko’z yoyi to’r pardasining shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə10/11
tarix20.08.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#139988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kiberxavfsizlik

Ko’z yoyi to’r pardasining shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi. Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
 ko’z yoyi rasmidan foydalanish;
 ko’z to’r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko’z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko’z to’r pardasi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul ko’rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So’ngra kalit egasi o’zining maxfiy kaliti ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.
Elektron imzo bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi. Imzoni tasdiqlash texnologiyasi insonni haqiqiyligini aniqlashda imzoning dinamik taxlillaridan foydalanadi. Bu usul inson imzo qo’yayotgandagi bosim, tezlik va burchakka asoslanib ishlaydi. Bu texnologiya insonni aniqlash uchun asosan qo’l imzosidan foydalanadi. Elektronik yozuv stolidan imzo tezligi, yo’nalishi va koordinatalarini aniqlashda foydalaniladi. Imzo dinamikasi bilan bog’liq hech qanday maxfiylik yoki kodlashlar taklif qilingani yo’q. Ammo zamonaviy namunalar undan imzolanayotgan hujjatlar qo’shilayotganda foydalanadilar. Masalan Topaz sistemasida imzolangandan keyin hujjat qalbakilashtirishda imzo ko’zdan g’oyib bo’ladi. Qo’lyozma imzoni tanib olish kompyuterning qog’oz hujjatlar, suratlar, sezuvchan monitorlar va boshqa qurilmalar kabi manbalardan qo’lda yozilgan imzoni qabul qilib uni qayta ishlash qobiliyatidir.
Yozilgan imzo nusxasi avtomatik rejimda qog’ozdan optik skanerlash orqali yoki intellektual ajratib olish orqali qabul qilinishi mumkin. Sezuvchan ruchkaning harakati chiziq sifatida qabul qilinishi mumkin, masalan kompyuter ekrani sirtiga asoslangan ruchkani olishimiz mumkin.

5 – rasm. Bioimzo
Onlayn tanish usullari: Bu usul inson imzo qo’yayotgandagi bosim, tezlik va burchakka asoslanib ishlaydi. Elektronik yozuv stolidan imzo tezligi, yo’nalishi va koordinatalarini aniqlashda foydalaniladi.
Offlayn tanish usullar: Qo’lda yozilgan imzoni offlayn aniqlash o’z ichiga rasmdagi yozuvlarni ajratib olishni oladi. Bunda rasm qog’ozdan skaner orqali olinadi. So’ngra tasvir qayta ishlanadi.
Bu dasturlar asosan sezuvchan monitorli kompyuterlar uchun mo’ljallanagn, ammo hozirda bu turdagi kompyuterlar yetishmovchiligi tufayli oddiy kompyuterlarda ham ishlatilishi ko’zda tutilgan. Bu texnologiyalarni avfzal tomonlaridan yana biri yuqoridagi autentifikatsiya vosita (parol, USB-kalit yoki IDkarta) lari kabi ko’tarib yurish shart emas. Hozirgi kunda foydalanilayotgan autentifikatsiya tizimlarini amalda qo’llanilish darajasini keltirish mumkin.

6-rasm. Autentifikatsiya tizimlarini amalda qo’llanilish darajasi.
Yuqoridagi statistik ma’lumotlarda xam ko’rinib turibdiki, barmoq izi bo’yicha autentifikatsiyalsh tizimi eng keng tarqalgan. Qo’l geometriyasi vaqt o’tishi bilan tez-tez o’zgargani uchun ushbu tizimdan kamroq foydalaniladi. Klaviatura orqali imzo chekish eng samarasiz usullardan biri hisoblanadi. U faqatgina vaziyat emas foydalanuvchining xarakteriga xam bog’liq. Yuz tuzilishi bo’yicha esa, xozirgi kunda eng keng tarqalayotgan va rivojlanib borayotgan usullardan biridir. Uning afzalligi oddiy veb kamera orqali amalga oshirilishidir. Agar ikki yoki undan ko’p biotizimlarni birlashtirib amalga oshirilsa yanada ishonchliligi oshadi.
XULOSA
Ushbu mustaqil ishni bajarish davomida quyidagi natijalarga ega bo’ldim:
1. Autentifikatsiyalash usullarining asosiy turlari ko’rib chiqilib, ularning kamchiliklari tahlil qilindi;
2. Ushbu kamchiliklarni qanday texnologiyalar yordamida bartaraf etish yoritib berildi;
3. Autentifikatsiyalash tizimlari ichida biometrik autentifikatsiyalash usuliga urg’u berilib uning boshqa usullardan avzal tomonlari ko’rsatib berildi;
4. Ushbu biometrik va qat’iy autentifikatsiyalashning usullari va algoritmlari o’rganilindi.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin