Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi


Qalqonsimon bez faoliyatini boshqarilishi



Yüklə 457,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü457,75 Kb.
#43779
1   2   3   4   5   6   7
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

 

Qalqonsimon bez faoliyatini boshqarilishi. 

 

Qalqonsimon  bezning  faoliyatini  asab  va  endokrin  tizimlar 



boshqarib  boradi.  Simpatik  asab  tizimining  bezga  keladigan  tolasi 

qo'zg'atilganda  bezning  giperfunksiyasiga  xos  belgilar  kuzatiladi, 

chunonchi,  ko'z  cho'qqayib,  qorachig'i  kattalashadi,  asosiy  almashinuv 

kuchayadi. Parasimpatik nerv tolalari esa bez faoliyatini susaytiradi. Shu 

bilan  birga,  bosh  miyada  qo'zg'alish  jarayonlari  ustun  turganda  bez 

faoliyati  kuchaysa,  tormozlanish  jarayonlari  boshlanganda  bez  faoliyati 

susayadi.  Qalqonsimon  bez  faoliyatining  boshqarilishida  gipofizning 

oldingi  qismidan  ajraladigan  tireotrop  gormon  qalqonsimon  bezning 




faoliyatini 

boshqarishda 

ishtirok 

etadi, 


tireoglobulinning 

parchalanishini,  gormonlarning  sintezlanishini,  ularning  bezdan  qonga 

o'tishini  va  bezga  yod  kelishini  kuchaytiradi.  Gipofiz  esa  gipotalamus 

bilan mahkam bog'langan bo'lib, ikkalasi yaxlit tizimni tashkil etadi, deb 

yuqorida  aytilgan  edi.  Binobarin,  qalqonsimon  bez  faoliyatiga  asab 

tizimi  bilan  va  endokrin  tizim  chambarchas  bog'liq  holda,  ta'sir 

ko'rsatadi. Miya po'slog'i ham qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz 

tizimi  orqali  ta'sir  ko'rsatadi.  Buni  quyidagi  misoldan  ko'rishimiz 

mumkin:  qalqonsimon  bezning  nerv  aloqalari  uzilsa,  bu  vaqtda  asosiy 

almashinuvni  shartli  reflektor  yo'l  bilan  kuchaytirish  mumkin.  Ayni 

paytda  miya  po'stlog'i  gipofizdan  tireotrop  gormon  ajralishini 

kuchaytirish  yo'li  bilan  qalqonsimon  bezga  ta'sir  ko'rsatadi.  Ammo 

bezning  reflektor  aloqasi  uzilganidan  keyin  gipofizning  po'stloq  bilan 

aloqasi  ham  uzilsa,  asosiy  almashinuvni  shartli  reflektor  yo'l  bilan 

kuchaytirib bo'lmaydi. 




Yüklə 457,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin