Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati



Yüklə 496,8 Kb.
səhifə10/12
tarix19.12.2023
ölçüsü496,8 Kb.
#186610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu

Amerika turizmi. Ikki materik – Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika Amerika degan umumiy nom bilan ataladigan bitta qit’ani tashkil etadi. Uning maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas. Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi.
2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln. kishini tashkil qildi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish 0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib dengizi havzasi va Janubiy Amerika hududlar keyingi 2-3 yillik salbiy ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina, Braziliya kabi mamlakatlarda ichki mintaqaviy turizmning rivojlanishi kuchaya borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm sohasida uchta yirik turistik Markazga (AQSH, Kanada, Meksika) ega. Mintaqada
xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q. Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir.
So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda.
Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi. Chunki ushbu mintaqa o‘zining xilma-xil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi.

Yüklə 496,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin