• Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va eng mashhur nazariy
tushunchaga asosan bunday xulq-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p
jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv keng tarqalgan bo‘lib, unga
ko‘ra inson genetik va konstitutsional
ravishda shunday harakat-
larni bajarishga «programmalashtirilgan»ligi tufayli agressiya
sodir bo‘ladi.
Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv.
Bu yon
dashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra agressiya — bu instinktiv
fe’l-atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning yaratuvchisi bo‘lgan
Z. Freyd o‘zining dastlabki ishlarida shuni ta’kidlaganki,
insoniy
fe’l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya’ni
hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni
mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu ma’noda agressiya mana shu
libidoz impulslarning buzi-
lishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaksiya sifatida qabul
qilinadi. Birinchi jahon urushi zo‘ravonliklari tajribasini boshdan
kechirgan Freyd, agressiyaning kelib
chiqishi va mohiyati haqida
fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt — tanatos — o‘limga
ishtiyoqning mavjudligini taxm in qildi. Bu instinktning quvvati
buzg‘unchilikka va hayotni to‘xtatishga yo‘naltirilgandir.
Shunday
qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga
yo‘naltirilishiga bevosita sabab bo‘ladi.
Freydning agressiyaning boshlanishi va tabiatiga nisbatan
bildirgan mulohazalari оЧа pessimistik bo‘lgan, deyish mumkin.
Chunki unga ko£ra agressiv xulq insonga tug‘ma berilgan bo‘lib,
undan qutulib bo'lmasligi ta’kidlanadi.
Freydning
fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo‘-
naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun agressiyani tashqi namoyon bo‘lishi tanatos-
ning bunday buzg‘unchi kuchini susaytirishi va natijada yana-
da xavfli harakatlarning paydo bo‘lish
ehtimolini kamaytirishi
mumkin.
Shunday qilib, Freyd keyingi davr nazariyotchilaridan farqli
o‘laroq bu tushunchaga optimistik jihatdan qaramagan.
Dostları ilə paylaş: