"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


“Infinbank” ATB asosiy vositalar bilan ta`minlanganligi va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə13/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

7.“Infinbank” ATB asosiy vositalar bilan ta`minlanganligi va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili.
Asosiy vositalar hisobini yuritishning asosiy qoidalari, ularning balans qiymati va shu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, shuningdеk, asosiy vositalarning balans qiymati o‘zgarishini aniqlash va hisobini yuritish, amortizatsiya hisoblash hamda ularni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijalar hisobini yuritish tartibidan iboratdir.
Asosiy vositalarning hisob birligi bo‘lib, alohida invеntar ob’ektlari hisoblanadi. Invеntar obеktlari dеganda, bitta vazifani bajarishga mo‘ljallangan, to‘la qurib bitkazilgan yoki ishlab chiqarilgan alohida prеdmеt yoki prеdmеtlar komplеksi tuchuniladi.
Tijorat banklarida asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 17-dekabrda 1434-son bilan ro`yxatga olingan “O`zbeksiton Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan olib boriladi.
Asosiy vositalarbu:
a) bank faoliyatida bank xizmatlarini ko`rsatish jarayonida, ijara berish uchun yoki ma`muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan;
b) bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanish ko`zdatutilgan moddiy aktivlar
Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, asbob-uskuna va priborlar, kompyuterlar, mebel, hisobotlash texnikasi, transport vositalari, foydalanish huquqlarida harid qilingan yer, kutubxona fondi, qurishda bino qiymatiga kiritilmagan signalizatsiya va telefonizatsiya obyektlari qiymatidan qat`iy nazar va boshqalar kiritiladi.
*boshlang`ich (haqiqiy) qiymatito`langan soliqlar, bojxona bojlari va yig`imlarini, shuningdek aktivni undan mo`ljal bo`yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog`liq bo`lgan yetkazib berish va montaj qilish, o`rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash yoki harid qilish bo`yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning haqiqiy summasi. Asosiy vositalarning boshlang`ich qiymati ularning haqqoniy qiymatini qayta baholash sanasida aks ettirish uchun vaqti-vaqti bialn qayta bahonaladi.
*balans qiymatiaktiv buxgakteriya balansida jamlangan amortizatsiyasi hamda qiymatining tushishidan yig`ilgan zararlar chegirilgandan so`ng tan olinadigan summa;
*haqqoniy(real) qiymataktivning joriy bozor qiymati yoki baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadigan qiymati;
*tiklash qiymatiasosiy vositalarning bank buxgalteriya balansida qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati;
*qiymatni tushishidan zarar-aktivlarning balabs qiymati uning to`lanadigan qiymatidan olinadigan summa.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin