26
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Ma’lumotlar bazasini boshqarish maiumot kiritish, ularni tuzatish va ma’lumotlardan turlicha
foydalanish, ya’ni qo‘shimcha qilish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
MBBT ning rivojlanishi amaliy dasturlarning ma’lumotlar bazasida axborotni aniq
tashkil qilishdan mustaqilligini ta’minlaydi. MBBT lar ma’lumotlarni tashkil qilish uslubiga
bog‘liq holda, tarmoqli, pog‘onali (iyerarxik), taqsimlovchi, relyatsion turlarga bo‘linadi.
Mavjud MBBT lar orasida ommalashib ketganlari PARADOX INTERBASE Microsoft Acces,
Microsoft FoxPro, shuningdek, MSSQL Oracle Informix, SQL serverlaridir. Integratsiyalashgan
paketlar. Integratsiyalashgan paketlar deb vazifasi umumiy ADP turli dasturiy komponentlarini
o‘zida birlashtiruvchi ADPga aytiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagilarni
kiritish mumkin: matn muharriri; elektron jadval; grafik muharrir; MBBT; kommunikatsion
modul.
Turli komponentlarni yagona tizimga jo qilish foydalanuvchiga interfeysda shak-
shubhasiz afzalliklar beradi, biroq tezkor xotiraga kuchli talablar qismida u muharrir yetkazadi.
Mavjud paketlar orasida Framework, Startnave, Microsoft Offise kabilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: