Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə101/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Katta Andijon kanali- Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomidagi Katta Andijon kanali — Fargʻona vodiysida barpo qilingan yirik sugʻorish inshooti. Bu kanal Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatlar hududidan oʻtadi. Uzunligi 109,1 km ga teng. Kata Andijon kanali Uchqoʻrgʻon shahri yaqinida Norin daryosidan boshlanadi. Markaziy Fargʻona boʻylab Bagʻdod tumani chegarasiga yetib boradi. Shimoliy Bagʻdod kollektoriga tashlama bilan tugaydi. Kanal qurilishida Katta Fargʻona kanalining chap sohil rostlagichi suvolgich bosh inshoot tarzida foydalanilgan. Umumiy sugʻorish maydoni 140,6 ming gektarga teng. Kanal qurilishi 1966-yilda boshlangan va dastlab Markaziy Fargʻona kanali deb atalgan. 1970-yilda Katta Andijon kanali toʻla ishga tushirilgan. Uning Oxunboboyev (uzunligi 23 km), Achchiqkoʻl (uzunligi 22 km), Soʻx (23 km) tarmoqlari suvi Markaziy Fargʻonadagi eskidan oʻzlashtirilgan va ilgari Katta Fargʻona kanalidan sugʻorilgan 80 ming gektar yerni va yangi oʻzlashtirilgan 61 ming gektar yerni suv bilan taʼminlaydi. Kanal suvidan Namangan viloyatining Uychi, Namangan tumanlari (44 ming gektar), Andijon viloyatining Baliqchi, Ulugʻnor, Shahrixon, Asaka tumanlari (44,6 ming gektar), Fargona viloyatining Oxunboboyev, Uchkoʻprik, Bagʻdod va Rishton tumanlari (52 ming gektar) ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi. Kanalga 1977-yilda Oʻzbekistonda irrigatsiya qurilishining faol namoyandalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.
Katta chittak-
Katta Farg`ona kanali-(to`liq nomi: Usmon Yusupov nomidagi Katta Farg`ona kanali) — Farg`ona vodiysida qurilgan eng yirik suv inshootlaridan biri. O`zbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) va Qirg`iziston (13 km) hududidan o`tadi. Kanal vodiyni shimoli-sharqdan janubi-g`arbga kesib o`tgan. Asosiy o`zani uzunligi 350 km. Katta Farg`ona kanali Norin, Qoradaryo, So`x daryolaridan suv oladi. Kanal trassasi 2 traktdan iborat. Yuqori Norin trakti (44 km) Norin daryosi (Uchqo`rg`on shahri yaqini)dan boshlanib, Kuyganyorgacha yetib boradi. Quyi Qoradaryo trakti (301 km) Qoradaryoga qurilgan Kuyganyor to`g`onidan boshlanib Sirdaryo bilan deyarli parallel holda janubdada Tojikiston Respublikasi Xo`jand shahri yaqinigacha (Qayroqqum suv omboridan quyiroqda) davom etgan. Kanal 1939-yil avgustida xalq hashari bilan juda qisqa muddatda (45 kunda) qurib, bitkazildi. 1940-yilda Tojikiston hududida yana uzaytirildi. Kanal qurilishida 160 ming kishi qatnashdi. Kanal 1953-1962, 1964- va 1967-yillarda qayta ta`mirlandi. Uzunligi 345 km ga yetkaziladi. O`zbekiston va Qirg`iziston, Tojikistonda 500 ming gektar sug`oriladigan yerlarning suv taʼminoti yaxshilandi, yangi yerlarni o`zlashtirish imkoniyati paydo bo`ldi. Kanaldan transport o`tishi uchun 101 ko`prik qurilgan. Kanal suvi O`zbekistonda 3 viloyat (Andijon viloyatida 66,6 ming ga, Namangan viloyatida 12 ming ga, Farg`ona viloyatida 125 ming ga), Qirg`izistonning O`sh viloyatida (0,76 ming ga) va Tojikistonning Sug`d viloyatida (10 ming ga) yerlarni sug`orishda foydalaniladi. Kanalga 1966-yilda kanal qurilishi tashabbuskorlaridan biri bo`lgan davlat arbobi Usmon Yusupov nomi berilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin