Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə108/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ko`krak qafasi-
Ko`krak qafasi suyaklari-
Ko`ksuv daryosi- Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi daryo. Chatqol daryosining oxirgi oʻng irmogʻi. ko`ksuv daryosi Piskom togʻ tizmasining janubi-sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Ko`ksuv daryosi Piskom bilan Mingtuxum togʻ tizmalari oraligʻidan janubi-gʻarbga oqadi. Chorvoq suv ombori barpo etilishi bilan Ko`ksuv Burchmulla qishlogʻidan bir oz quyida shu suv omboriga quyiladigan boʻldi. Uzunligi 60 km, havzasining maydoni 398 kv.km. Daryo qor va muzliklardan toʻyinadi. Suvi fevral oxiridan koʻpaya boshlaydi, may — iyunda eng koʻp boʻladi. Ko`ksuvga umumiy uzunligi 130 km boʻlgan 70 tacha soy va jilgʻalar quyiladi. Shulardan eng yirigi — Kulosiyosoy (11 km).
Ko`l- chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yer sharining barcha yerida bor. Ayrim ko`llar bo`ladi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas ko`l ham koʻp. Eng katta oqmas ko`llar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidir. Ko`llar kuchli zilzila natijasida ham paydo bo`ladi. Bunda yer yoriladi va yorilgan joy suv bilan to`ladi. Bunday ko`llar chuqur bo`ladi. Suv omborlari va hovuzlar sunʼiy ko`l deyiladi. Suvi tashqariga oqib chiqish-chiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas ko`l, shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang , shoʻr va juda shoʻr (achchiq) ko`l, suv haroratiga qarab iliq, sovuq va aralash tipdagi ko`llarga bo`linadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida ko`lning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi. Ko`ldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 250 ga yaqin ko`l bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan.
Ko`lmak-
Ko`mir- yonuvchi tog` jinsi. Ko’mir Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil bo’lgan. Ko’mir paydo bo’lishining eng uzoq davom etgan bosqichi bundan 250 million yil ilgari boshlangan va taxminan 35 million yil davom etgan Yer ostidagi ko’mirning qolgan qismi bir million yildan 100 million yilgacha muqaddam shakllangan. Ko’mir Yer qobig’ida tog’ jinslari orasida uzunligi bir necha kilometrgacha va qalinligi uch metrgacha bo’lgan qatlam holida joylashgan. Ko’mir changalzor botqoqlarda, issiq namxush iqlim sharoitida bundan yuzlab million yillar ilgari o’sgan qadimgi daraxtlar va o’simliklarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Bunday botqoqlarda tez o’suvchan qamishlar g`ovlab o’sgan. Bir zamonlarga kelib, ular halokatga yuz tutgan va botqoqlar qa'riga cho’kkan. Bu ularni chirib ketishdan saqlab qolgan. Bakteriyalar daraxtlarning ayrim qismlarini qayta ishlagan, ulardan paydo bo’lgan gaz havoga uchgan. Daraxtlarning asosan ugleroddan iborat qora kuyindi qismi ajralib qolgan. Keyinchalik xuddi shu qism ko’mir qatlamiga aylangan. Daraxtlarning qora kuyindi qismi ustida g’ovlab-gurkirab o’sgan giyohlar dunyosi bu qatlamlarning qalinligini bir necha metrgacha ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Oxir-oqibatda botqoq joylarni suv bosgach, bu jarayon to’xtaydi. Natijada ko’mir qatlamlarini suvosti cho’kmalari va qum qoplagan. Payti kelib, yuqori qatlamlarning zilday bosimi ostida qatlamlar bag’ridagi suyuqlik siqib chiqarilib, qotishqoq massaning o’zi qolgan va u asta-sekin sovub, ko’mirga aylangan. Ayrim o’rinlarda bu jarayon bir necha marta takrorlangan. Qoldiqlardan hosil bo’lgan qachlarni suv bosib, tag’in botqoqliklar tug’ilgan. Tag’in o’simlikar dunyosi paydo bo’lgan va yana suv ostida qolgan. Shu tariqa qattiq qotishma holidagi cho’kindi va qum bosqinlari bilan ajralgan ko’mir qatlamlari yaralavergan.Daraxtning ko’mirga aylanishi uchun necha ming yillar talab qilinadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin