Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə140/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Noruda foydali qazilma-sanoat va qurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq tog` jinslari yoki minerallar. Noruda foydali qazilmalarning turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish bo`yicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga bo`ladilar: konchilik-kimyo xom ashyosi, konchilik-metallurgiya xom ashyosi, qurilish materiallari, nometall ruda xom ashyosi kabilar. Texnika taraqqiyoti jarayonida noruda foydali qazilmalar tarkibiga tobora yangi tog` jinslari va minerallar qo`shilib bormoqda.
Novda-daraxt, buta va yarimbutalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yilik shoxi. O`simlik poyasidan o`sib chiqadi. Poyaga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Novdadan barglar chiqadi. Novdalarning po`sti yashil va nafis bo`ladi. Kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o`zgarib, qo`ng`ir va qizish rangga kiradi. Chunki bu vaqtda ularning po`sti qalinlashadi.
Noyabr-(lotincha November, novem — toʻqqiz degan ma`noni bildiradi) Grigoriy kalendar yilining 11-oyi bo`lib, 30 kundan iborat. Qadimda Rim kalendarida 9-oy (qadimda rimliklarda yil mart oyida boshlanib, oʻn oy boʻlgan).
Noz-ne`mat-
Nukus shahri-(qoraqalpoqcha No'kis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar bo`lib, 1932 yildan boshlab Qoraqalpogʻistonning markazi hisoblangan. Shahar Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda joylashgan. Janubiy va sharqda qizilqum choʻli bilan oʻralgan, shimolda Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Qizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 200 kv.km. Aholisi 271 ming kishidan ortiq. Shaharda asosan, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shaharning yirik avtomagistrallar tugunida joylashganligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus— Toshhovuz, Nukus — Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy — Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjaylini bogʻlaydigan koʻprik va 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin — Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoqlari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoqlari mavjud. Nukusda qurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mahsuloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari sha-harlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan. Nukus — Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin