Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə164/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Paxta punkt-
Paxta teradigan mashina- ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinasidir. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik paxta terish mashinalarida paxta havo oqimi yordamida teriladi. Mexanik paxta terish mashinalarida paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. Pnevmo-mexanik paxta terish mashinalarida paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr maydoni yordamida teriladi. Paxta terish mashinalari dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik paxta terish mashinalari 1929-yil ixtiro etilgan. Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi.
Paxta yog`i-
Paxtakor shahri- Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi shahar (1974-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax)dan 28 km uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda Paxtakor shahrida 19,5 mingdan ortiq aholi istiqpmat qilmoqda. Ular, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgiz, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar Janubiy Mirzachoʻl kanalidan suv oladi. Paxtakorda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, maʼmuriy muassasalar va qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qoʻshma korxona va xususiy firmalar, bozor, umumiy taʼlim maktablari, internat maktab, litsey, kasb-hunar kolleji bor. Ulugʻbek nomidagi madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, bolalar sport majmuasi, markaziy stadion, bolalar sport maktabi, boks va kurash maktabi, yopiq suzish havzasi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, bolalar poliklinikasi aholiga xizmat koʻrsatadi.
Paxtaobod shahri- Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi shahar (1975-yil gacha Qoʻqon qishloq shaharchasi). Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 44 km uzoqda, yaqin temir yoʻl stansiyasi— Tentaksoy (1 km). Aholisi 23,5 ming kishi. Paxtaobodda tuman hokimiyati binosi, davlat, maʼmuriy, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, musiqa, sport maktablari, stadion, kutubxona, klublar, madaniyat va istiroxat bogʻi, muzey, kasalxona, poliklinika, dorixo-na, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Payshanba-(forscha panj — besh, shanba-kun, ya`ni beshinchi kun degan ma`noni bildiradi) chorshanba va juma orasidagi to`rtinchi hafta kuni. Birlashgan Qirollikda saylovlar payshanba kunlari oʻtkaziladi. SSSRda bu kun «Baliq kuni», deb eʼlon qilingan. Oʻzbekistonda payshanba kuni palov pishirish odati mavjud.
Payvand-(qishloq xoʻjaligida) — bir oʻsimlikka ikkinchi oʻsimlikning qalamchasi yoki kurtagini ulash. Payvand qilinadigan oʻsimlik payvandtag , ulanadigan payvandust deyiladi. Mevachilikda payvandlash vegetativ koʻpaytirishning asosiy usuli hisoblanadi. Payvandlash payvandlanayotgan oʻsimlikning nav xususiyatini mustahkamlash va saqlash, xoʻjalik koʻrsatkichlari past navlarni aʼlo sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar bilan almashtirish, gullashi va meva tugishini jadallashtirish, oʻsimlikning manzarali va ilashuvchi xillarini yaratish kabi maqsadlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin