Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə48/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chotqol tog` tizmasi- Gʻarbiy Tyan shandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlarida. Fargʻona va Chatqol vodiylarini birbiridan ajratib turadi. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 220 km choʻzilgan. Shimoli-sharqiy qismida Talas Olatog`idan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, janubi-gʻarbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Balandligi 3000–3500 m, eng baland joyi 4503 m. Chatqol tizmasida bir-biridan daryolar bilan ajralgan bir qancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va boshqa Chatqol tizmasi asimmetrik tuzilishga ega. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlari Chatqol daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Janubiy va janubi-sharqiy yon bagʻirlari esa qiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Chotqol tog`i hududida Sarichelak qoʻriqxonasi va Ugom-Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi tashkil etilgan. Chatqol tizmasining tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor oʻsimliklaridir.
Chotqol tog`i- G`arbiy Tyanshandagi tog` tizmasi. Qirg`iziston va O`zbekiston hududlarida joylashgan. Tizma Farg`ona va Chotqol vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa 220 km cho`zilgan. Shimoli-sharqiy qismida Talas Olatog`idan Terekbel dovonining g`arbrog`ida ajralgan, janubi-g`arbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Balandligi 3000–3500 m, eng baland joyi 4503 m. Chotqol tizmasida bir-biridan daryolar bilan ajralgan bir qancha tog`lar bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va boshqalar. Chotqol tizmasi hududida Sarichelak qo`riqxonasi va Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog`i tashkil etilgan. Chatqol tizmasining tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor o`simliklaridir.
Choygum-
Chuchmoma- (Ixiolirion tataricum) chuchmomaguldoshlar oilasiga kiradi, bo`yi 6-20 sm ga yetadigan piyozboshli ko`p yillik o`simlik. Piyozboshi tuxumsimon, 1,5-2,5 sm yo`g`onlikda, qo`ng`ir qobiqli bo`ladi. Barglari cho`zinchoq, lentasimon, eni 2-10 mm. chetlari g`adir-budur. Chuchmoma mart oyida gullaydi. Gullari binafsharangli, uzunligi 2-3 sm bo`ladi. Mevasi may-iyul oyida pishadi. Chuchmomaning piyozboshi shirin bo`lib, uni ovqat sifatida iste`mol qilish mumkin.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin