Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə54/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Dengiz
Daydi toshlar-
Dehqon- ijtimoiy guruh, aholining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan maxsus toifasi. Dehqonlar mehnat faoliyati, turmush tarzi, manfaati va koʻnikmalariga koʻra jamiyatdagi boshqa sinf va ijtimoiy guruhlardan farq qiladi. Dehqonlar agrar sohada faoliyat koʻrsatadi, yer va boshqa resurslarga egalik qiladi, oʻz ishlab chiqarish vositalari va oila aʼzolari mehnati bilan yakka xoʻjalik yuritadi. Dehqonlarning paydo boʻlishi ibtidoiy jamoat tuzumining parchalanishi jarayonida qishloq xoʻjaligida ixtisoslashuv yuz berib, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi va mayda oilaviy xoʻjaliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda va Eronda dastlab jamoadan ajralib chiqqan katta yer egalari, baʼzan qishloq oqsoqollari "dehqon" deyilgan (ular oʻzlarining devor bilan oʻralgan mustahkam qoʻrgʻonlariga ega boʻlganlar). Oʻrta asrlarga kelib dehqonlar qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining asosiy tayanchini hosil etdi, natijada u aholining asosiy ijtimoiy qatlamiga aylandi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda Dehqonlar sonini keskin qisqartiradigan fermer xoʻjaliklarining oʻsishi bilan bir qatorda kooperatsiya ham yuzaga keldi. Hozirgi rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining asosiy qismini tashkil qiladigan Dehqonlarning xoʻjalik ukladi rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy qolokligi taʼsirida yanada murakkablashib bormoqda. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda tomorqa yeri boʻlgan mayda dehqonlar, shirkat aʼzosi boʻlgan dehqonlar, dehqon xoʻjaligi egalari boʻlgan dehqonlar va davlatdan yerni uzoq muddatga (10— 50 yil) ijaraga olgan yirik fermer xoʻjaligi sohiblari boʻlgan dehqonlar faoliyat koʻrsatadi.
Dekabr- lotincha December, desem o`n so`sidan olingan. Grigoriy taqvimida yilning o`n ikkinchi oyi. 31 kundan iborat. Yuliy Sezar kalendariga o`tulguniga qadar yilning o`ningchi oyi hisoblangan.
Delfin- tishli kitlarga mansub bo'lib, uning og'zida juda ko'p konussimon bir xil tuzilgan tishlar bo'ladi. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turishga yordam beradi. Ko'pchili tanasining orqasida orqa suzgichi ham bo'ladi. Delfinlarning 50 ga yaqin turi ma'lum. Delfinlar o'ljasini topish uchun ultratovushdan foydalanadi. Ular qirsillashga yoki qisqa - qisqa xushtakka o'xshash tovush chiqaradi va biron buyumdan qaytadigan tovushni quloqlari yordamida eshitadi. Ularning fe'l - atvori ham xilma - xil va murakkabdir. Delfinlar tovush siganallari yordamida bir - biri bilan aloqa bog'laydi. Ularning birontasi baliq to'dasini topganida boshqalari ham shu joyga to'planishadi. Halokatga uchragan delfin tashvishli signallar bilan boshqalarini yordamga chaqiradi. Ular qo'lga oson o'rganadi. Qora dengiz va Uzoq Sharq dengizlarida oqbiqin delfin uchraydi. Umuman olganda delfinlar Kaspiy va Orol dengizidan boshqa barcha dengiz va okeanlarda ko'plab uchraydi. Ularni ovlash man qilingan. Ona delfin bolalarini sut bilan boqadi, shuning uchun delfinlar sut emizuvchilar sinfiga mansub. Oddiy delfinlarning uzunligi 1.6 metr atrofida bo'ladi. Delfinning katta og'zida 80 - 100 ta tishi bo'ladi. Delfinning ust qismi qora yoki kulrang tusda, oppoq qornida qora suzgichlari bo'ladi. Ularning cho'kayotgan odamlarni qutqarganliklari haqida ba'zi ma'lumotlar bor.
Dengiz- okeanlarning quruqlikka yaqin yoki quruqlik ichkarisiga kirib borgan joylaridir. Dunyo okeanining qismi. Okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha ko`p o`ralgan bo`lsa, okeandan farqi shuncha ko`p bo`ladi. Okeanlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda dengiz deyiladi. Dengizlar joylashgan orniga ko`ra 3 guruhga boʻlinadi: materiklar orasidagi dengizlar, materik ichkarisidagi dengizlar va chekka dengizlar. Materiklar orasidagi dengizlar juda chuqur bo`ladi. Bularga Oʻrta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi dengizlar, Karib dengizi va Qizil dengiz kiradi. Materikdagi dengizlar biron materikning ichkarisida joylashgan boʻladi. Bularga Oq dengiz, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va boshqalar kiradi. Chekka dengizlar okean va materiklarning chekkalarida boʻladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Bering dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa kiradi. Dengiz suvining shoʻrligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Dengiz suvining shoʻrlik darajasi okean suviga qaraganda past boʻladi. Dengiz to`lqinlarining balandligi ba`zan 10 m gacha yetadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin