Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə63/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Et-
Everest- Yer yuzidagi eng baland togʻ choʻqqisi — Jomolungmaning baʼzi adabiyotlarda uchrab turadigan ikkinchi nomi. Cho`qqining balandligi 8848 m.
Fabrika-(lotincha fabrica — ustaxona degan ma`noni anglatadi) — mashina tizimlarini qoʻllashga asoslangan sanoat korxonasi, yirik mashinalashgan ishlab chiqarish shakli. Fabrika 18-asr oxiri va 19-asrning 1-choragida paydo boʻldi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, shuningdek, Oʻzbekistonda tarixan "fabrika" tushunchasi yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Falanga- och sariq rangli bo`lib, uzunligi 10-70 mm. U kichik hasharotlar bilan oziqlanadi. Falanga zaharsiz bo`lib, bezarar hasharot. Falanga chaqsa ba`zan har xil kasalliklarni tarqatishi mumkin. Chunki u mayda hasharotlar bilan ovqatlanganligi tufayli yuqori jag`ida o`sha hasharotlar qoldiqlari qolib, insonga o`tib, ba`zi kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.
Fan- dunyo xaqidagi bilimlarning ma`lum bir tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi. Inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining o`rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Dastlab fanning rivojlanishi Sharq va Yunonistonda sodir bo`ldi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy bilimlar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar. Muhammad al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebrani yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al-Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geografiya va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin