Turli mamlakatlarning iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi
Mamlakatlar
Iqtisodiy o'sish davri
Dastiab -ki jon boshiga
real YalM,
doll.
So'nggi
jon boshiga
real YalM,
doll.
Iqtisodiy o'sish sur'ati,
%
Hozirgi
(2002)jon
boshiga
real
YalM,
doll.
Yaponiya
1890-1990
842
16144
3,00
26070
Braziliya
1900-1987
436
3417
2,39
7250
Kanada
1870-1990
1330
17070
2,15
28070
Germaniya
1870-1990
1223
14288
2,07
26220
AQSH
1870-1990
2244
18258
1,76
35060
Xitoy
1870-1990
401
1748
1,71
4390
Meksika
1900-1987
649
2667
1,64
8540
Buyuk Britaniya
1870-1990
2693
13589
1,36
25870
Argentina
1900-1987
1284
3302
1,09
9930
Indoneziya
1900-1987
499
1200
1,01
2990
Pokiston
1900vl987
413
885
0,88
1940
Hindiston
1900-1987
378
662
0,65
2570
Bangladesh
1900-1987
349
375
0,08
1720
Jon boshiga hisoblangan real YalM bu iqtisodiyot ehtiyojini qondirishga naqadar qodir ekanligini bildiradi. Buni aniqlash uchun YalM hajmi aholi soniga bo'linadi. YalM hajmi ko'p boigani bilan, agar aholi ham ko'p bo'lsa jon boshiga YalM kam bo'ladi. YalM hajmi kichik bo'lgani holda aholi soni ham kam bo'lsa, jon boshiga YalM ko'p bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlar iqtisodiy o'sish notekis borishini ko'rsatsada. Agar ilgarilari Angliya eng ilg'or mamlakat bo'lsa, keyinchalik uning o'rnini Yaponiya, AQSH va Kanada egalladi. Xitoy va Hindiston ilgari orqada qolgani holda keyingi paytda jadal o'sa boshladi. Masalan, 2000—2003-yillarda Hindistondagi iqtisodiy o'sish yiliga 8% ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalMning 2 barobar ko'payishiga erishdi. Shunday vazifani o'z oldiga Rossiya ham qo'ygan.

Bu shundan darak beradiki, ilg'or mamlakatlar abadul-abad oldinda borib, boshqalar orqada sudralib qolmaydi. Buni hozirgi iqtisodiy o'sish ham tasdiqlaydi. Osiyo arslonlari hisoblangan Koreya Respublikasi, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlar jadal rivojlanib, qoloqlikdan chiqa oldilar. Yevropada Norvegiya va Finlyandiya ham ilg'orlar safiga qo'shildi. Ulardagi YalM o'sishi dunyoning o'rtacha sur'atidan ancha oshib ketdi.
Iqtisodiy o'sish omillari
Iqtisodiy o'sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bo'lar ekan, bunga ta'sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omilla-ridan boshqa narsa bo'lishi mumkin emas. Shu sababli bu resurslarning miqdori, sifati va ularning naqadar samarali ishlatilishiga bog'liq bo'ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi.
Resurslar ko'payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko'proq yaratiladi. Masalan, yangi yerlar ochilsa, yangi konlar, suv manbalari ishga tushirilsa, mashina-uskunalar va ishlovchilar soni ko'paytirilsa, shubhasiz ishlab chiqarish o'sadi.
Bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari
Iqtisodiy o'sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo'ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o'sish YalM ko'payishini anglatadi. YalM esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati. Agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi.
Resurslar kamyob bo'lganidan, ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o'sishning asosiy shartiga aylanadi, biroq tabiiy resurslarning oz yoki ko'pligi ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Shu sababli Quvayt, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning iqtisodiy o'sishi, ular yerining neftga boyligi bilan izohlanadi.