Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə166/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

3-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy qismi xisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromad hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko'plab mutanosibliklar uning o'sish sur'atiga bog'liq bo'ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obyektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog'liq sarflarni bildiradi.

Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni ko'paytirishga, shlab chiqarish qavvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo'yilmadir. U pul mablag'lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlar ko'rinishida amalga oshiriladi.

Investitsiyalarpi ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy harakatlar investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs investor deyiladi.

Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga shirilishi mumkin:

- investorlarning o'z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg'armalari va h.k.);

- qarz olingan moliyaviy mablag'lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

- jalb qilingan moliyaviy mablag'lar (aksiyalarni sotishdan qilingan mablag'lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va oshqa to'lovlari);

- budjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.



1998 yil O'zbekistonda investitsion qo'yilmalarning 49,2% n korxonalarning o'z moliyaviy mablag'lari xisobiga, 24,2%ni budjet mablag'lari xisobiga amalga oshirilgan.
8-jadval


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin