Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə205/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

I. Biriichidai, keng faoliyat turlari, iguningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste'mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag'batlaitirish.

Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo'yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.

To'rtinchidan, ishdan bo'shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o'qitishni tashkil etishni tubdan o'zgartirish. Bunda ishdan bo'shayotgan va ixtisosi bo'lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o'zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o'rgatishga e'tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o'quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog'ini ochish ko'zda tutiladi.

Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo'lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o'ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo'lishga qaratiladi.

Aholining ish bilan bandligi muammosi ko'p qirrali bo'lib, u barcha odamlarga o'z qobiliyatlarini ishga solish, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta'minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqiari va sohalari o'rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o'z ichiga oladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin