Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə40/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, mulohaza (hukm) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. Ularni misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.
Malumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks etadi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-umidlari, maqsadlari, tub manfaatlari ifoda yetiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‘z maydoniga egaligi», «aholisiga egaligi”, «hokimiyat tarzida mavjudligigi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-umidlari, maqsadlari, tub manfatlarini aks ettirishi» milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarini, yani fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Mulohazalarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda yetiladi. Masalan, «Yuksak manaviyat-yengilmas kuch» degan mulohazada predmet (yuksak manaviyat) bilan uning xossasi (yengilmas kuch) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan mulohazada ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu mulohazalar mantiqiy tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd yetilgan, yani R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda mulohazaning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
“Gul – o‘simlik”.
“Binafsha – gul”.
Demak, “Binafsha – o‘simlik”.
yoki
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”.
“Mis – kimyoviy element”.
Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar.
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan Mulohazalarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan.
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi malum bo‘ldi. Shuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, mulohaza (hukm) va xulosa chiqarish tafakkurning universal mantiqiy shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan bilimlarning boshqa mantiqiy shakllari,strukturalari (masalan, muammo, gipoteza, g‘oya, nazariya va shu kabilar)da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi. Chin fikr o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsa-da, o‘z holicha yetarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Mantiqda fikrni shakli jihatidan to‘g‘ri qurishning, yani to‘g‘ri tafakkurning to‘rtta qonuni, xususan, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, uchinchisi istisno qonuni va yetarli asos qonuni Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat. Bu talablar mos prinsiplar( qoidalar) tarzida, yani to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qiladi
Ayniyat qonuni aqliy mushohada yuritish jarayonida fikrning aniqligini ifodalaydi. Uning mazmuni quyidagicha: malum bir predmet haqida aytilgan aniq bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Uni "A-A dir" formulasi ifodalaydi. Muhokamaning aniqligi (bir manoligi)prinsi fmkr yuritish jarayonida qo‘llaniliyotgan terminlar, tushunchalar, mulohazalarning aniq manoga ega bo‘lishini, uning bir muhokama doirasida asossiz ravishda o‘zgartirilmasligini anglatadi.
Muhokamaning izchilliginozidlik qonuni (muayyan mulohaza va uning inkori birga chin bo‘lishi mumkin emas ) va uchinchisi istisno qonuni (bir predmet to‘g‘risida bir vaqtda va bir munosabatda bildirilgan (o‘zaro zid fikrlardan biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato, uchinchi holning bo‘lishi istisno) qonunida ifoda etilgan. Ular biror fikrni aytib turib, uni istisno qiladigan fikrni qabul qilmaslikni bildiradi. Muhokamaning izchilligi yana mulohazalar zanjirida har bir fikrning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi, keyingi va oldingisi bilan bog‘lanib turishini talab etadi. Tafakkurning noizchil bo‘lishi, shuningdek, muhokama jarayoni bosqichlari tartibining buzilishi, mulohazalarning o‘zaro bog‘lanmasligi, ularni uzilib qolishida namoyon bo‘ladi.
Asoslilik talabi yetarli asos qonunida aks etgan (predmet haqida aytilgan fikr ishonchli bo‘lishi uchun yetarli asosga ega bo‘lishi kerak). Asoslilik prinsipi to‘g‘ri fikr yuritishning zaruriy xususiyati sifatida ilgari surilayotgan fikrni isbotlash yoki, hech bo‘lmaganda, uni asoslashga urinishni, o‘ylamasdan har bir narsaga ishonch bildirmaslik, shuningdek asosiz mulohazalarni bayon qilmaslikni taqoza etadi. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – kimyoviy element») mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin