Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova

Yüklə 0,53 Mb.
səhifə86/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Xalq amaliy san’ati va dizayn. Bugungi kunda xalq amaliy san’at iborasi keng ma’noga ega. Bular - kundalik turmushda ishlatiladigan turli uy anjomlar, mehnat, ov, jang qurollari, mebel, gilamlar, so‘zanalar, turli matolar va h.k. - xullas odamlar kundalik shaxsiy va ijtimoiy turmushida amalda ishlatiladigan jamiki bor buyumlar san’atning shu turiga birlashtiriladi. Ko‘rinib turganidek, inson ishlatadigan buyumlar juda ko‘p va shu har bir buyum o‘zining ishlatilish o‘rniga qarab xalq amaliy san’atning ma’lum yo‘nalishini belgilaydi. Masalan, qurolsozlik, pichoqchilik, kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik va h.k.
Xalq amaliy san’at asarlari o‘z yo‘nalishi va turlari nafaqat ishlatilish mazmuniga qarab, balki shu buyumni qanday ishlanishiga qarab ham nomlanadi, masalan, o‘ymakorlik, kandakorlik, to‘qimachilik, matoga gul bosish(naboyka) va h.k. Amaliy san’at asarlari faqat amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay ular insonning ma’naviy olamining ajralmas qismi ham hisoblanadi. Amaliy san’at bevosita bezak san’ati tarkibida bo‘lib uni amaliy bezak san’ati deb ham yuritiladi. Shundan xulosa chiqarib aytish mumkinki, amaliy san’at asarlari bir tomonda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan va kundalik turmushda bevosita inson ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan buyumlar kirsa, ikkinchi tomondan bezatish vazifasini bajarishga qaratilgan va insonning ma’naviy ruhiy ehtiyojlariga ta’sir etadigan turiga ajratish mumkin. Inson o‘z faoliyati davomida ishlatadigan buyumlarning hammasi ham amaliy bezak san’atiga aloqasi bo‘lmasligi mumkin, lekin shu buyumga inson mehrini singdirilishi, rassom mehnati, hatti-harakati tufayli uning badiiy qiymati ortishi mumkin, masalan turli liboslar, taqinchoqlar va x.k.
Xalq amaliy san’ati buyumlari inson yashaydigan muhitni badiiylashtirib me’moriy-fazoviy kenglikni tashkil etdi va bu muhit o‘z navbatida insonni ham o‘z domiga tortib yaxlit badiiy obraz yaratadi. Undagi buyumlar shu muhitda idrok etilib davr mazmunini anglatadi, his etishga ko‘maklashadi.
Xalq amaliy san’at asarlaridagi badiiy obraz ta’sirchanligi va emotsional tomoni yaratilgan buyumlarga tabiat shakllariga o‘xshaydigan ko‘rinishlar berish orqali ham, masalan buyum shaklini gul, barg, qush, hayvon, odam yoki ularning bo‘laklarini eslatuvchi shakllar orqali kuchaytirilishi mumkin. Natijada oddiy kundalik turmushda qo‘llashga mo‘ljallangan buyum badiiy asarga aylanib uning qiymati ortadi. Hayvonlar, ularning bo‘laklari ishlatilgan buyumlar, masalan mushuk, kuchuk, maymun va h.k. ba’zan ustalar ishida (jahon xalqlari amaliy san’atida)uchrab turadi. Bu, albatta, foydalanuvchi va usta- yaratuvchining didi, e’tiqodi bilan bog‘liq. Xalq amaliy san’atining ta’sirchanligini oshirish va bezak berishda ranglar, ularning o‘zaro nisbati och-to‘qligi, nozik tuslanish va bir-biri bilan kirishish va qorishish xususiyatlari, turli naqshlar va tasviriy san’at (rassomlik va haykaltaroshlik), ularning qismlaridan foydalanish mumkin. Tasviriy san’at va naqsh unsurlari amaliy san’at asarlarining bezak berish jarayonida ishtirok etish bilan birga yaratilgan buyumning shakliga singib ketishi mumkin. G‘oyaviy-badiiy mazmunni aks ettirish uchun ko‘p asrlar davomida bezakli-amaliy san’atning o‘z «tili» shakllangan. Mutanosiblik, vazn-ohang, tomonlar tengligi va bezak bu san’at turining muhim xususiyatlaridir.
Naqsh (arab. — tasvir, gul) — qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil bo‘ladigan handasiy shakllar, o‘simlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va t.k.), me’moriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis san’at (asosan, amaliy san’at) asarlarida keng qo‘llanadi. Narsaning sirtini bezayotgan naqshuningtuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. Naqsh yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xomashyosiga ko‘ra, naqsh ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: o‘yma (ganch, yog‘och, mis, tosh, marmar va boshqalar), bo‘yama (qog‘oz, mato, ganch, yog‘och, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtado‘zlik, zardo‘zlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, misgarlik va boshqalar), to‘qima (gilamchilik, to‘qimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqalar.
Novda –o‘simliksimon naqsh elementi sirasiga kiradi. Gul, barg, mevabarg va boshqa elementlarni o‘zaro bog‘lab biriktirib to‘ldiradi. Namoyonruta, morpech, muhabbat, turunj va turli murakkab naqsh kompozitsiyalarida novda elementlari yakka va qo‘sh bandlarda uchraydi.
Tanob-naqsh namunalaridan asosiy shakl yo‘llarini yasaydi, bunday shakl nomlari mehrob, medohil qalampir, gardish va shu kabilar bilan ataladi.
Madohil-islimiy naqsh elementi. Madohil lola, tumor, uchburchak ko‘rinishni eslatuvchi shakllar misolida uchraydi.
Shukufa-islimiy naqsh elementi. Qisqacha shukufta deb ham ataladi. Shukufta asosiy shakl yasovchi elementlarni kurtak-gajak ko‘rinishlarida o‘zaro bog‘laydi.
Ramziy naqshlar-kabutar, sher baliq, davlat gerbi va boshqalarning stillashtirib tasvirlangan elementlardan tashkil topadi.
Geometrik naqsh turlaridan biri girih bo‘lib, chigal tugun ma’noni anglatadi. Handasiy naqsh murakkab naqsh turi. Geometrik naqsh murakkab naqshdan iborat bo‘lib, to‘rtburchak, uchburchak, aylana va yoylardan ko‘pburchaklardan iborat bo‘ladi. Tuzilishi jihatdan to‘g‘ri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo‘linadi. Geometrik naqsh uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir rapport o‘z tuzilishiga ega bo‘ladi. Ovropada arabeska deb yuritiladi.
Gulli guruh o‘simlik va geometrik naqsh elementlaridan tashkil topgan. Uning elementiga yuqorida sanab o‘tilgan geometrik va o‘simliksimon naqshlar kiradi. Buxoro naqshlari eng murakkab, mukammal va jozibador bo‘lib, ko‘p asrlik ijodiy mehnat an’analari samarasidir; Naqsh, bezak bo‘lish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta o‘lcham bilan ishlangan, gul naqshlari o‘ziga xosligi bilan (gul naqshda vaza, kosa, guldonlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, mevalar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida e’tibori bilan) ajralib turadi. Xiva naqshi (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida o‘simliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning ko‘pligi, o‘simliksimon tasvirlar zich, ko‘p va turli-tumanligi bilan mashhur. Farg‘ona naqshlari Marg‘ilon, Xo‘jand, Qoqqon, Farg‘ona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Me’moriy yodgorliklar (Qo‘qondagi Modarixon daxmasi va Daxmai shohon), XIXasrda yaratilgan naqshlarda sodda rang-baranglik (sariq, qizil, yashil, qora, oq, ko‘k, pushtirang), naqsh qismlarining ancha jo‘nligi ko‘zga tashlanadi. Farg‘ona naqshining o‘ziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya naqshlari bilan bir-biridan ajratiladi, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga o‘simliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva naqshlarining ta’siri seziladi. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi naqshlarda Ovropa naqshlarining ham ta’siri bor.
Kulollik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda naqsh bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Bezaklarda "kundal", "mehrobi", "bodom", "buta", "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanjira" naqsh turlari ko‘p uchraydi.
Bugungi kunda xalq amaliy san’at iborasi keng ma’noga ega. Bular - kundalik turmushda ishlatiladigan turli uy anjomlar, mehnat, ov, jang qurollari, mebel, gilamlar, so‘zanalar, turli matolar va h.k. - xullas odamlar kundalik shaxsiy va ijtimoiy turmushida amalda ishlatiladigan jamiki bor buyumlar san’atning shu turiga birlashtiriladi. Ko‘rinib turganidek, inson ishlatadigan buyumlar juda ko‘p va shu har bir buyum o‘zining ishlatilish o‘rniga qarab xalq amaliy san’atning ma’lum yo‘nalishini belgilaydi. Masalan, qurolsozlik, pichoqchilik, kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik va h.k.

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz mavzumizni tabiat estetikasidan boshladik va tabiatning insonga estetik ta’siri natijasining amaliy jihatlarini dizayn va xalq amaliy san’atida kuzatdik. Estetika go‘zallik, nafosat, insonning tabiat bilan uyg‘unlikda hayot kechirishga, maishiy turmushda yashashga bo‘lgan ishtiyoqini va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi barobarda insonning o‘zi ham kamol topib boradi.
Inson yon-atrofidan, hayotidan, faoliyatidan ma’no, fikr, yetuklik izlaydi. U umr bo‘yi betartiblikni bartaraf etishga, o‘limni to‘xtatishga, go‘zallikni, umrboqiylikni qaror toptirishga intiladi. U nimani ko‘rsa, uni yanada mukammallashtirish, yanada go‘zallashtirish haqida o‘ylaydi. Yangi-yangi narsalarni yaratish insonning eng olijanob fazilatidir. Orom bilmaslik, tinib-tinchimaslik, kamolotga tinmay intilish faqat insonga xosdir. Shuning uchun ham inson o‘zining nomukammalligini biladi, aslida madaniyat va sivilizatsiya shu idrokdan paydo bo‘lgan102.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin