11
holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o‘zlari belgilaydilar;
talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo‘lishi;
mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat.
Yuqorida sanab o‘tilgan, bir-birini inkor etmaydigan asosiy belgilar mavjud
bo‘lganda bozor mexanizmi o‘zini-o‘zi tashqi muhitga moslashtirib, tartibga soladi
va bu iqtisodiyotning samaradorligini belgilab beradi. O‘tish davri sharoitlarida
bozorning moslashuvi bilan birgalikda iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga
solinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu bevosita boshqaruv shaklida ham,
bilvosita soliq va kreditlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida
shakllangan hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi
yagona bozor makonining paydo bo‘lishi;
bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning
kengayishi;
narxga oid bo‘lmagan raqobat usullarining narxga oid bo‘lgan usullardan
ustun kelishi;
raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va
yollanma xodimlar o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi
iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilgan regulyatorlari;
tovar
bozorlarida
raqobatli
munosabatlarni
g‘irrom
raqobat,
iqtisodiyotning monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo‘naltirilgan holda
qonuniy va iqtisodiy markazlashgan tarzda tartibga solish;
aktsiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish
vositasida har bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish
uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Bozor iqtisodiyotining yuqorida aytib o‘tilgan va boshqa bir qator xususiyatlari
iqtisodiy
munosabatlar
subyektlarining
bir
tomondan
ijtimoiy-iqtisodiy
mustaqilligiga, boshqa tomondan esa ularning manffatlarini muvofiqlashtirishga
asoslanuvchi erkinlik darajasini aks ettiradi.
Biroq, bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda
ishlab chiqarish jarayonini demokratlashtirib, aholi bandligini oshirish va qonun
doirasida «pul ishlab olishiga» xizmat qiladi hamda biznes va tadbirkorlik uchun
keng yo‘l ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: