Jahon bozori va uning rivojlanishi


Jahon bozori va uning konhyukturasi



Yüklə 124,94 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü124,94 Kb.
#192127
1   2   3   4   5   6   7   8
jaxon bozori va uning shakllari

1.2. Jahon bozori va uning konhyukturasi.
Konyunkturani o’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda konhyunkturani o’rganish 20-yillarda tashkil etildi. «Konhyunktura» lotincha so’z bo’lib, xolat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o’zaro aloqasidan olingan shartlarning yigindisi, ular sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Bozor konhyunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir xududda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir. Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshka shart-sharoitlarni taxlil va bashoratni taxmin qiladi. Xozirgi kunda deyarli xamma yirik firmalar xususiy konhyunktura xizmatlariga egadirlar, ular uzining faoliyat doirasida jaxon va milliy masshtabda konhyunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy konhyunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida konhyunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Birinchidan, unda iqtisodiy konhyunktura predmeti ko’rsatilgan, yangi bozor, ayirboshlash soxasidagi konhyunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bog’laydi. Ikkinchidan, konhyunkturani fakat ayirboshlash soxasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, yangi (ishlab chikarish, taksimlash, muomala, iste’mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniklanadi) o’z ichiga qamrab oladi. Uchinchidan, konhyunktura dinamik o’sish davrlarida ko’riladi. To’rtinchidan, konhyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog’lik, xar bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va konhyunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir. Beshinchidan, uning ko’rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning xolatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib xisoblanadi. Konhyunktura tashkikotining 2ta obyektiga ko’ra - yangi iqtisodiy konhyunktura tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, 2 mustakil tarkibiy qismga ajratiladio’
1) umumxujalik konhyunkturasi
2) tovar bozori konhyunkturasi.
Umumxo’jalik konhyunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko’plab o’zaro munosabatlar konhyunkturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar konhyunkturasi umumxo’jalik konhyunkturasini tashkil etadi, umumxo’jalik konhyunkturasi esa tovar bozorlari konhyunkturasini keltirib chiqarida. SHuning uchun xam umumxo’jalik konhyunkturani uni tashkil etuvchi tovar konhyunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb xisoblab bo’lmaydi. Tovar bozorlari konhyunkturasini umumxo’jalik konhyunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar konhyunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro alokadorligi shakllarining fel - atvorini, umumxo’jalik va tovar konhyunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.Bozorni va avvalo butun bozorni konhyunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xo’jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol xisoblanadi. Iqtisodiy konhyunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash soxasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o’rganish bilan chegaralanib kolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan taxlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori o’zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruxi va iste’molchilar guruxi o’rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Alokalarning asosiy kurinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.

Yüklə 124,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin