Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”


(Buvi va qizaloq suhbati)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#45162
1   2   3   4   5
JAJJI ZUMRADOYLAR DONO BUVI HUZURIDA

(Buvi va qizaloq suhbati)

  • Oila qanday dargoh?

  • Oila muqaddasdir.

Yashasak bizlar inoq,

Bu barchaga havasdir.




  • Xonadonda kim katta?

  • Kattalar buvim bobom.

Ota – onam ularga,

Ko`rsatarlar ehtirom.




  • Ota – ona qanday so`z?

  • Ota – ona mo`tabar.

Kamol topsin bolam, deb

Mehnat qilar shom – sahar.




  • Aka – uka, singil kim?

  • Ularmi? Ular qondosh.

Hamjihatlik hamisha,

Qondoshlarga chin yo`ldosh.




  • Baxtning asosi nima?

  • U, o`zaro ahillik.

Esli qiz ukasiga,

Qilmas sira baxillik.




  • Mahalla qanaqa joy?

  • U misoli chamandir.

Oila va mahalla.

Vatan ichra vatandir.




  • Vatan-chi, Vatan nima?

  • Kindik qon to`kilgan joy.

Bevatanlar xarobdir,

Vatani bor kishi boy.



Buvi: Rahmat sizga qizginam,

Ulg`ayib bo`ling dono.

Javobingiz xo`p a’lo.

Sizga katta “besh” baho.

Buvi: Qimmat, qizim senga ham besh baho. Bundan keyin faqat yaxshi qiz bo`lishga va’da berasanmi?

Qimmat: Endi men doimo aqlli qiz bo`lishga va’da beraman. Raxmat sizga buvijon. Men hovlini supurib chiqsam maylimi.

Qizlar: Biz yordam beramiz.
(Musiqa yangrab qizlar hovlini tartibga keltirishadi. So`riga ko`rpachalar to`shaydilar va birgalikda dasturxon atrofiga yig`ilishadi).
Qizlar: (Kirishadi) Mana biz somsalarni pishirib keldik.

Buvi: Qaranglar qizlarim, toza, ozoda hovlida birgalikda o`tirish qanday yaxshi. Hammangizning onangizga raxmat. Bugun men sizlarga qiz bolalar uchun kerakli bo`lgan mana bu kitoblarni taqdim etaman. Hozircha opalaringiz yoki onajonlaringiz sizga o`qib berishadi. Katta bo`lib maktabga borib o`qishni o`rganganingizdan so`ng o`zingiz bemalol o`qib olasiz.
(Kitoblarda qatnashchilarning onalariga qizlarining tarbiyasi uchun minnatdorchilik bildirib yozilgan raxmatnoma kelgusida onalarning ta’lim muassasasi bilan hamkorlik ishlarini kuchayishiga olib keladi deb umid qilamiz).


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. “Zumradoylar davrasi” yo`riqnomasi.

  2. “Bola aziz, odobi undan aziz”. Shuhrat Shon. 2016 yil.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin