Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)
Toshkent shahridagi №____ maktabning ____sinfida o‘qituvchi __________________tomonidan o‘tkazilgan darsda xronometraj ma’lumotlarini hisobga olish B A YO N N O M A S I sana ____ kuzatiluvchi________
Kuzatish dars davomida bir o‘quvchi ustida olib boriladi va uning familiyasini bayonnomaga yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi ustunga pedagog faoliyatining mazmuni va mashg‘ulotning ketma-ketligi aniq yoziladi. Masalan: O‘quvchilarni saflash. Raport. O‘qituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish. YUrish. Mashqlarni tushuntirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar oddiy tarzda yoki qisqacha – egilish, sakrash va b. deb yoziladi.
Uchinchi ustunga sekundomer bo‘yicha har qaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Masalan, o‘quvchilarning saflanishi va raportiga 2 daqiqa 10 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining to‘g‘risiga yoziladi.
O‘qituvchining mashqlarni tushuntirishga, ko‘rsatishga, ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga, mashg‘ulot joyini tayyorlashga, o‘quvchilarning mashqni bajarishga sarflagan vaqtlari aniq qilib tegishli ustunning to‘g‘risiga yoziladi.
Dars tugaganidan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi faoliyatga ketgan aniq vaqtni topish uchun sekundomer ko‘rsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi zarur.
Tashkil qilish uchun bekor sarflangan vaqt, ya’ni o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni echishga taalluqli bo‘lmagan harakatlar yoki vaqtdan oldin darsni tugallash, intizomning buzilishi, anjomlarning sinishi, o‘quvchining sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashg‘ulot vaqtida hosil bo‘ladigan tanaffuslar – bularning hammasi dars jarayonining oqlanmagan vaqtiga kiradi. Darsning umumiy zichligini hisoblaganda, dars uchun ajratiladigan 45 daqiqa vaqt 100% deb olinadi. Masalan: pedagogik oqlangan vaqt 42 daqiqani tashkil esa, hisob quyidagicha bajariladi:
45 daqiqa - 100 % 42x100
42 daqiqa - X % , bunda X=----------- = 93,3 %
45
Darsning umumiy zichligi 93,3% ni tashkil qiladi. Jismoniy mashqlar bajariladigan mashg‘ulotlarda motor zichlik maxsus ko‘rsatkich hisoblanadi.
Masalan: harakatlarni bajarishga 20 daqiqa sarflangan bo‘lsa, hisob quyidagicha echiladi:
45 daqiqa - 100 % 20x100
20 daqiqa – X % , bunda X=---------- = 44,4 %
45
Darsning motor zichligi 44,4 %ni tashkil qiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan so‘ng uni tahlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning hammasini to‘g‘ri va aniq ishlatishdir. Motor zichlikning optimal darajasi katta yoki kichkinaligi darsning vazifasiga, mashg‘ulotni material tomonidan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik 4-5-sinflarda 37-47 % ni, 6-7-sinflarda 50-60% ni, yuqori sinflarda 70% ni tashkil qilishi kerak.