Mavzu: Professional ta’lim va oliy ta’lim tizimlarida jismoniy tarbiya. Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi: 14-Mavzu. Professional ta’lim va oliy ta’lim tizimlarida jismoniy tarbiya. Ma’ruza davomida professional ta’lim tizimida va oliy ta’lim muassalarida tahsil oluvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarini rejalashtirish.
Jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish hamda o‘tkazish uslublari haqida ma’lumot berish.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida”gi Farmonining 232-bandida jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashni yo'lga qo'yish bilan bog'liq vazifalar belgilangan edi.
Bu bo'yicha qabul qilinishi nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filialini va ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini universitet tasarrufiga berish masalasi ko'zda tutilgandi.
Shuningdek, 2020/2021 o'quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta'lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida «Diyetologiya» va «Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)» mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda sohada malakali mutaxassislar tayyorlash, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha aloqalarni yo'lga qo'yish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilangandi.
Davlat rahbarining 2020 yil 3 noyabrda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori bilan Davlat dasturida belgilangan ushbu vazifalarning ijrosi ta'minlanishi barobarida, jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarini tayyorlash hamda sportni ommalashtirishga qaratilgan qator masalalar o'z yechimini topadigan bo'ldi.
Qarorga binoan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filiali, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.
Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:
– oliy ta'lim sifatiga qo'yiladigan xalqaro talablarga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarishga qodir malakali kadrlar tayyorlash;
– xizmatlar va sog'lomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etish, ilg'or xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yo'naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
– o'quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta'lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
– oliy ta'lim tizimiga zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan o'quv jarayonlarini joriy qilish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq, axborot-ta'lim muhitini rivojlantirishga ko'maklashish.
Ilmiy tadqiqotlar instituti zimmasiga esa, quyidagi asosiy vazifalar yuklatilmoqda:
– jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy-metodologik asoslarini yaratish;
– jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek xalqaro hamda mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish;
– yuqori malakali sportchilarning o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qo'llash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;
– sport turlari bo'yicha terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko'maklashish;
– sport psixologiyasi, diyetologiyasi, reabilitatsiyasi va tibbiyoti bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, o'quv-qo'llanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish;
– aholi o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali, ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish;
– sportchilarning funksional, biokimyoviy, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korrektsiyalash tizimini yo'lga qo'yish;
– selektsiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trener-selektsioner va mutaxassislarga metodik yordam berish;
– aholining jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korrektsiyalash bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish;
– tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
– respublikadagi ta'limning barcha turlari (maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim, shuningdek maktabdan tashqari, sport ta'limi) uchun jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha ta'lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalar, shu jumladan audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallar tayyorlash.
Shu bilan birga, Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
– jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyatining samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
– jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sport-ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar o'tkazishning uslubiy asoslarini tashkil etish;
– jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ilmiy jihatdan asoslash bo'yicha xulosalar berish;
– sport sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlarini tashkil etish.
Qarorga muvofiq, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligining takliflari asosida 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta'lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari buyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan tashkiliy choralarni amalga oshirish nazarda tutilgan.