Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Egiluvchanlik va gavdani to'g'ri o'stirishning xususiyatlari



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə76/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Mavzu: Egiluvchanlik va gavdani to'g'ri o'stirishning xususiyatlari.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

14-Mavzu. Egiluvchanlik qobiliyatini tarbiyalash.
Reja:

  1. Egiluvchanlik tushunchasiga ta'rif. Egiluvchanlikning namoyon bo'lishini muhitning tashqi temperaturasiga bog'liqligi.

  2. Egiluvchanlikni tarbiyalash uslubiyati. Faol va sust egiluvchanlik.

  3. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar. Gavdani to'g'ri o'stirishni shakllantirishning vosita va uslublari.



1.Egiluvchanlik tushunchasiga ta'rif. Egiluvchanlikning namoyon bo'lishini muhitning tashqi temperaturasiga bog'liqligi.
Egiluvchanlik– jismoniy fazilat bo‘lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og‘ishi, egilishi, buklanishi, cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi va hokazolar) bilan o‘lchanadi.
Egiluvchanlik aktiv, passiv bo‘lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inersiya yoki og‘irligi evaziga tashqi ta’sir kuchi va hokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchan-lik deyiladi.
Emotsionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchan-likning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘zila-digan muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. CHunki uning tabiatida cho‘zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. CHo‘zilayotgan muskullarning egiluv-chanligi ortishi bilan ularning qo‘zg‘aluvchanlik holati yuqori darajaga ko‘tariladi. Bunda cho‘ziluvchan muskullarning faoliyati ma’lum darajada pasayadi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin