Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/7
tarix10.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#142465
1   2   3   4   5   6   7
NEOLIT DAVRI

Ilk bosqichi Daryosoy (mil. avv. VII ming yillik oxiri V ming yillik boshlari), rivojlangan bosqichi Yonbosh (mil. avv. V ming yillik o‘rtalari IV ming yillik birinchi yarmi), so‘nggi bosqichi (IV ming yillikning ikkinchi yarmi III ming yillikning birinchi yarmi).
Ilk bosqichga oid yodgorliklar Qizilqum hududida joylashgan yodgorliklar kiradi. Daryosoy o‘zani hududidagi Uchashi 131 makoni

maydoni jihatdan eng yirigi hisoblanib, undan yog‘och qurilmaga asoslangan uy-joy qoldiqlari, tosh qurollar va sopol parchalari topilgan. Bu davrda tosh quroli sifatida trapetsiya shaklli mikrolitlar ko‘proq ishlatilgan.
Rivojlangan Oqchadaryo bosqichiga oid yodgorliklar Amudaryoning quyi oqimida Janubiy Oqchadaryo o‘zani hududida yaxshi o‘rganilgan. Bu yerdan Kaltaminor madaniyatiga oid 100 dan ortiq makonlar aniqlangan. Ulardan Yonbosh IV, Tolstov, Qavat IV makonlarida arxeologik qazishma ishlari olib borilgan.
Qoraqolpag‘istonning To‘rtko‘l tumani hududida joylashgan Yonbosh IV makoni Kaltaminor madaniyatining tayanch yodgorligi sanaladi. Uning yaqinida Tolstov makoni joylashgan bo‘lib, ular neolit davrining bitta urug‘ jamoasiga tegishli makonlar sanalgan. Yonbosh IV makonida ikkita madaniy qatlam aniqlanib, pastki qatlamida moddiy topilmalar yaxshi saqlangan. Makondan umumiy maydoni 290 m2 joyda (24x17 m) uy-joyning o‘rni ochilgan. Chaylaning o‘rtasida asosiy katta o‘choq, uning atrofida esa kichik xo‘jalik o‘choqlari joylashgan. Markaziy o‘choqda doimiy olov yonib turgan. S.P.Tolstovning taxminiga ko‘ra katta o‘choq olov kulti bilan bog‘liq bo‘lib, toat-ibodat ishlari bajarilgan yoki uning atrofida yig‘ilgan jamoaning katta yoshdagi a’zolari umumumjamoaga tegishli masalalarni muhokama qilgan bo‘lishlari mumkin. Kichik o‘choqlarning atrofidan sopol parchalari va hayvonlarning suyaklari topib o‘rganilgan. Ular juft oilalarning alohida xo‘jaligini tashkil etgan.
Makondan tosh qurollari, sopol buyumlar, hayvonlar, qushlar va baliqlar suyagi hamda qushlar tuxumining po‘chog‘i, jiyda danaklari topilgan.
Ustyurt tekisliklaridagi hozirgi paytda qurib qolgan Churuk, Aydabol, Oqtayloq va Istay kabi ko‘llar atrofidan neolit davriga oid 150 yaqin doimiy, muddatli va mavsumiy makonlar o‘rganilgan. Ularda madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Topilmalar makonlarning sirtidan terib olingan tosh qurollaridan iborat. Bu yerda hayvon suyaklari deyarli uchramaydi. Kam sonli topilmalar cho‘l faunasiga xos qulon, sayg‘oq, qo‘y va echki suyaklaridan iborat.
Zarafshonning quyi oqimi hududida neolit davriga oid 700 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan. Ulardan Darvozaqir I, II, Katta va Kichik Tuzkon, Daraisho‘r, Qorong‘i Sho‘r va Poykent makonlari arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan yodgorliklardir.
Darvozaqir I yodgorligining yuqori qismi buzilib ketgan, pastida 3 ta madaniy qatlami saqlanib qolgan. Qazishmalar natijasida makondan 81 m2 (7x11,6) joyni egallagan to‘g‘ri to‘rtburchak kulbaning o‘rni ochilgan. Bu kulba ham Yonbosh IV dagi kabi yog‘och qurilmaga asoslangan. Chaylada o‘choq izi aniqlanmasa-da, kul qatlami saqlanib qolgan.
Darvozaqir II yodgorligi neolit davriga oid bir qatlamli makon. Bu makonda uy-joyning o‘rni aniqlanmagan. Topilmalar tosh qurollari va sopol parchalaridan iborat. Tosh qurollari bolta, yorg‘uchoq, pichoq, nayzaning uchi va mikrolitlarni tashkil etadi. Munchoq va taqinchoqlar ham toshdan yasalgan. Sopollar qo‘lda yasalib, naqshli va naqshsiz turlari ajralib turadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin