20
belgilandi. Agentlik davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishni
amalga oshiradi. Vakolatli organga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- davlat xaridlari sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
- davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini rivojlantirish bo‘yicha
davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va
shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- maxsus axborot portalining operatorini va uning davlat xaridlarini tashkil
etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati qoidalarini belgilaydi;
- taklifni baholash va taqqoslash usullarini hamda me’zonlarini, shuningdek
davlat xaridlarini amalga oshirish usulini tanlash tartibini va ularning tartib-
taomilini belgilaydi.
14
Mazkur qonunda davlat xaridining subyektlari, ularning huquq va
majburiyatlari, xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishdagi vazifalari va o‘rni
aniq belgilab berilgan. Qonunga ko‘ra davlat xaridi subyektlari sifatida: davlat
buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining
ijrochisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori va ekspertlar e’tirof
etiladi.
Shuningdek, qonunda davlat xaridlari jarayonining quyidagi bosqichlardan
iborat bo‘lishi belgilab berilgan
15
:
- davlat xaridlarini rejalashtirish;
- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
- shartnomani tuzish va bajarish;
- davlat xaridlari monitoringi.
Qonunda davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot quyidagicha tarkibda
aniqlashtirilgan: davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat xaridlarining,
reja-jadvallari, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e'lonlar, hujjatlarning shakllari, xarid
qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan namunaviy
Dostları ilə paylaş: