7-rasm. 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron
auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha tarkibi
22
Ushbu 7-rasmda 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan
elеktron auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha tarkibi aks
ettirilgan. Unga ko‘ra davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron auksion
savdolar hajmi bo‘yicha eng katta ulush berilgan ikki yilda Xalq ta’limi vazirligi
tashkilotlariga tegishli bo‘lgan. Shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi
muassasalari ham mazkur savdolarda ahamiyatli darajada ishtirok etganligini
ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda davlat xaridi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning
yana bir muhim yo‘nalishi davlat xaridi jarayonida kichik biznes subyektlari
ishtirokini kuchaytirish hisoblanadi. Davlat xaridlari kichik tadbirkorlik subyektlar
faoliyatida juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan yirik bozorni
vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi
“Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini
jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi 1475-sonli Qarori ushbu yo‘nalishda amalga
oshiriladigan ishlarga dastlabki tamal toshini qo‘ydi.
Bu qarorda davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari
uchun ajratiladigan kvotalar o‘rnatilishini o‘z ichiga olgan yangi, yanada
mukammal, ochiq va oydin mexanizmi kiritilishi belgilab berildi. Bundan tashqari,
ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan (bugungi
kunda tugatilgan) belgilanadigan, har bir shartnoma bo‘yicha narxi 300 dan 100
ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)
bo‘yicha davlat xaridlari O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi
tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolar vositasida amalga oshirilishini
nazarda tutuvchi tartib o‘rnatildi.
Quyidagi jadvalda elektron savdolar bo‘yicha jami tuzilgan bitimlar sonida
kichik biznes subyektlarining ulushiga oid ma’lumotlar keltirilgan
Dostları ilə paylaş: |