32
boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste‘dod darajasini aniqlash vositasi
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni
hisoblanmaydi. Ma‘lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik
vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob‘ektlarini
o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga
olmaydilar. Psixologlar K. M. Gurevich, V. A. Krutetskiy va boshqalar
qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning
tafakkur ko‘rsatkichi (indiqatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan
yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini
bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal
qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg,
Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining
namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish
(maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini
baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga
mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi, qiziqishi, motivasiyasi va
xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi»
(proekti) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil
qilib shaxs. xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi.
Dostları ilə paylaş: