Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
file

Izoh:  Kasb-hunar  kollejlarning  o‘quv  rejalari  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va
ixtisosliklarning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  alohida  tuzilib,  kasbiy  ta’lim
fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar)ga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotiga ajratilgan soatlar
miqdori umumiy ajratilgan soatlar hajmiga nisbatan  10%  gacha o‘zgarishi mumkin.
DTSlari  tasdiqlangan  paytda  umumta’lim  blokida  20ta  fan  mamvjud  edi.
Shuning  uchun  ham  «Umumta’lim  fanlari»  DTSda  20ta  fan  keltirilgan  va  bunga
umumiy  1940  soat  ajratilgan.    Keyinchalik  «Umumta’lim  fanlar»  blokiga  yana  3  ta
fan,  ya’ni  «Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»,  «O‘zbekiston
konstitutsiyasi»  hamda  “Iqtisodiy  bilim  asoslari”  fanlari  kiritildi  va  umumiy  soat
1994 ga yetkazildi.
O‘quv dasturlarni ishlab chiqish
O‘quv  dasturlari  alohida  o‘quv  predmetlari  bo‘yicha  bilim,  ko‘nikma  va
malakalar mazmuni va hajmini, ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilaydi.
O‘quv me’yoriy xujjatlardan biri o‘quv dasturidir.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  tayanch  o‘quv  rejasi  davlat  ta’lim
standartining  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u  ta’lim  sohalarini  me’yorlashga  hamda  o‘quv
muassasasinng  moliyaviy  ta’minotini  belgilashga  asos  bo‘ladigan  davlat  xujjatidir.
Tayanch  o‘quv  rejasi  o‘quv  predmeti  bo‘yicha  beriladigan  ta’lim  mazmunini
o‘quvchiga  yetkazish  uchun  ajratilgan  o‘quv  soatlarining  minimum  hajmdagi
miqdorini  ifodalaydi.  U  muayyan  o‘quv  predmeti  bo‘yicha  davlat  standartlariga
muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
O‘quv dasturlarining tuzilish
2. Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari
Kasb-hunar 
ta’limi
ta’lim 
muassasalaridagi 
pedagogik 
jarayon,
o‘quvchilarning  imkoniyatlari  va  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda,  ularning  jadal
intellektual  kasbga  yo‘naltirilgan  ta’lim  olishiga,  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir
necha  ixtisosni  egallash  imkonini  berishga  qaratilgan  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning
birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy  ko‘nikma va  malakalarni
egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Samarali  o‘qitishning  muhim  shartlari:  ta’lim  oluvchilarning  qiziqish
faoliyatining  aktivligini  o‘quv  jarayonining  sifati  deb  qarash  lozim.  Bu  esa  o‘z
navbatida  ta’lim  oluvchining  o‘qishga  bo‘lgan  munosabatini,  uni  samarali
o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga intilishi, o‘z navbatida mehnat qilishga
bo‘lgan  irodaviy  jihatlarni  rivojlantirishga  va  olgan  bilimlaridan  estetik  qoniqishga
olib keladi.
Fanning nomi:
1. Tushuntirish xati.
2. Fanning maqsadi:
3. Fanning mazmuni.
4. Namunaviy mavzular rejasi.
5. O’qitish vositalari.


61
Ta’lim oluvchining xarakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga intilishi
va aktivligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv
bo‘lsa, o‘qitish jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi.
Ta’lim  oluvchining  berilayotgan  bilimlarni  qabul  qilish  aktivligi  uning  shaxs
sifatida  shakllanishiga  ham  ta’sir  ko‘rsatadi.  Natijada  ta’lim  oluvchida  o‘z-o‘ziga,
mehnatiga,  boshqa  shaxslarga,  jamiyatga,  ishlab  chiqarishga,  atrof  muhitga
munosabati shakllanib boradi.
Talim  jarayoni  samaradorligiga  ta’sir  qiluvchi  eng  muhim  omillardan  biri
o‘quv materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi.
Beriladigan  bilim  mazmuni  o‘quv  dasturi,  Davlat  ta’lim  standartida
belgilangan bo‘lib, uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy  maqsadlar, davlat buyurtmasi,
pedagogik tizim belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas,
balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
a) 
pedagogik  jarayonning  maqsadi  va  vazifalariga  qarab  mazmun
belgilanmasa,  ta’lim  oluvchilarning  o‘zlashtirishlari  qiyin  kechadi  va  pedagogik
jarayondagi nazariya  bilan amaliyot orasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
b) 
guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi
pedagogik  jarayonning  o‘zaro  bog‘liqligini  buzmagan  holda  dasturga  mantiqiy
o‘zgartirishlar kiritib ta’lim maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining sifati
butun pedagogik jarayonidan samaradorlikka bog‘liq.
Yangi  demokratik  jamiyat  qurish  jarayonida  ta’limning  mazmunini  tanlashda
jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib  quyidagilarga amal qilinadi:
ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga;
insoniyatning  madaniy-ma’rifiy  merosi  boyliklarini,  umuminsoniy
qadriyatlarini egallab olish haqidagi «Milliy dastur» ko‘rsatmalari;
tarbiyalanuvchi  shaxsni  barkamol  avlod  qilib  rivojlantirish,  iymon-
e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
ilmiy  hayot  bilan,  yangi  demokratik  jamiyat  qurilishi  tajribasi  bog‘liqligi
haqidagi qoidaga;
ta’limning bir maqsadga qaratilganligi;
ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  prinsiplariga  va  didaktik
prinsiplarga muvofiqligiga.
Shu  nuqtai  nazardan  ta’lim  mazmunining  tuzilishi  quyidagi  tamoyillarga
asoslanadi:
1.  Ta’lim  mazmunining  davlat  ijtimoiy-kasbiy  rivojlanishi  yo‘nalishlariga
bog‘liqlik tamoyili.
2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tamoyili.
3. Fanlararo kompleks aloqalar tamoyili.
4. Kasblarga yo‘naltirish tamoyili.
5.  Ta’lim  mazmunini  tanlashda  ustuvor  va  o‘zgaruvchan  qismlarga  bo‘lib
tanlash tamoyili.
6. Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili.
Yangi  demokratik  jamiyat  qurayotgan  Respublikamizda  ta’limning  mazmuni
quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi:


62
Fan- texnika taraqqiyotidagi  va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks
ettirish orqali;
ikkinchi  darajali  va  ortiqcha  murakkablashtirilgan  materialdan  qutilish,
yangi eng zarur materiallarni ta’lim mazmuniga kiritish orqali ;
o‘rganilayotgan  fanlar  ro‘yxatini  va  materiallar  hajmini  aniqlash  hamda
o‘quvchi-yoshlar,  albatta,  o‘zlashtirib  olishi  kerak  bo‘lgan  malaka  va
ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash orqali;
o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda  ham
aniq bayon qilish orqali;
o‘quvchilarni  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanib,  kompyuter
savodxonligi,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar    sohasidagi  va  boshqa  bilimlar
bilan  qurollantirish  hamda  shu  texnologiyalardan  foydalanish  ko‘nikmalari  hosil
qilish orqali.
3. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi
ta’lim -tarbiya jarayoni
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan ta’lim muassasalarining
maqomi quyidagicha belgilangan:
- Ta’lim  muassasasini  akkreditatsiyalash  vakolatli  davlat  organi  tomonidan
attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi;
- Ta’lim  muassasasi  yuridik  shaxs  bo‘lib,  qonun  xujjatlarida  belgilangan
tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi  belgilagan  tartibda  davlat  akkreditatsiyasidan  o‘tgan  paytdan  boshlab
yuridik shaxs dars va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi;
- Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida
faoliyat ko‘rsatadi;
- Ta’lim  muassasasi  attestatsiya  natijalariga  binoan  davlat  akkreditatsiyasidan
mahrum etilishi mumkin;
- Ta’lim  muassasalari  o‘quv-tarbiya  majmualariga  hamda  o‘quv-ilmiy  ishlab
chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga xaqli;
-
Ta’lim  muassasalari  ustavda  belgilangan  vazifalariga  muvofiq  pulli
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan
shug‘ullanishga xaqli.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalari  ham  yuqorida
ko‘rsatilgandek  ta’lim  muassasasi  maqomiga  ega.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi
tegishli  tarmoq  DTSlar  asosida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv
muassasalarida  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasida  o‘rta  maxsus,  kasb-
hunar ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi.
1. Akademiy litseylar.
2. Kasb-hunar kollejlari.
Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim  negizida muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus,
kasb-hunar  ta’limi  uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  mustaqil  turdir.  O‘rta  maxsus,  kasb-


63
hunar  ta’limi  yo‘nalishi  –  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilar
tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademiy  litsey  – davlat  ta’lim  standartiga  muvofiq  o‘rta  maxsus  ta’lim
beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning
jadal  intellektual  kasbga  yo‘naltirilgan  ta’lim  olishini  ta’minlaydigan  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasasi hisoblanadi.
Kasb-hunar kolleji - tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus,
kasb-hunar  ta’limi  beruvchi,  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir
necha  ixtisosni  egallash  imkonini  beradigan  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv
muassasasi  hisoblanadi.  Kasb-hunar  kollejlari  jihozlanganlik  darajasi,  pedagogik
tarkibini tanlanganligi, o‘quv jaryoniining tashkil etilish jihatidan yangi tipdagi ta’lim
muassasalari hisoblanadi.
Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv
fanlaridan chuqur nazariy bilimi olish imkonini beradi.
Akademik  litselar  va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  olish  o‘quvchilarga  o‘z
bilimilarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Davlat ta’lim standartlarining maqsadini aytib bering.
2. Davlat ta’lim standartlarining vazifalarini aytib bering.
3.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  ta’lim  standartlarining  vazifalari
nimalardan iborat?
4. Ta’lim mazmunining tuzilishi qaysi tamoyillarga asoslanadi?
5.  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonunning  6-moddasiga  binoan  ta’lim  muassasalarining
maqomi qanday belgilangan?
6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining turlarini aytib bering.
2.4. KASBIY TA’LIM TIZIMLARINING QIYOSIY TAHLILI
(CHET EL TAJRIBASI SIFATIDA)
Reja:
1.  Kasbiy  ta’limga  tegishli  ilg‘or  chet  el  tajribasini  o‘rganish  bo‘yicha
qiyosiy izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni.
2.  Germaniya,  Fransiya,  AQSH,  Italiya  va  Yaponiya  mamlakatlarida
kasbiy ta’lim.
3. Hamdo‘stlik mamlakatlarida kasbiy ta’lim.
1. Kasbiy ta’limga tegishli  ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha qiyosiy
izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni
Butun dunyo miqiyosidagi, ayniqsa, rivojlangan davlatlardagi ta’lim, jumladan
kasbiy  ta’lim  sohasidagi  ishlar,  bu  sohadagi  yangiliklar,  olib  borilayotgan  ilmiy
tadqiqot  ishlari  barcha  mamlakatlar  qatori  bizning  mamlakatimizda  ham  o‘rganilib,
ular tajribasini o‘z  amaliyotimizga tatbiq qilib borilmoqda.
Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar
?


64
olib  borish  natijalarini  jahon  ta’lim  jarayoniga  tatbiq  etishda  mazkur  davlatlarning
tegishli  tashkilotlari  bilan  bir  qatorda  xalqaro  tashkilotlar  ham  bir  qator  ishlarni
amalga oshirmoqda.
Jumladan,  YUNESKO  tashkilotining  tashkil  topishi  va  fan  texnika
taraqqiyotini,  ta’lim sohasini rivojlantirish  bo‘yicha  olib  borayotgan  ishlari diqqatga
sazovordir.
YUNESKO  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ta’lim,  fan,  madaniyat
masalalarini  rivojlantirishga  ixtisoslashtirilgan tashkiloti  bo‘lib,  u 1946  yilda  tashkil
etilgan.  BMT  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  suveren  davlatlarning  ixtiyoriy
birlashuvi asosida jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda davlatlar o‘rtasida
tinch  hamkorlikni  rivojlantirish  maqsadida  tuzilgan.  BMT o‘zining  tuzilishiga  ko‘ra
Bosh Assambleya (Yalpi majlis), Xavfsizlik kengashi, Xalqaro sudga ega. Bulardan
tashqari BMTning doimiy amalda bo‘lgan faoliyatini Kotibiyat olib boradi va uning
ishini Bosh Assambleya saylab qo‘ygan Bosh Kotib boshqarib boradi.
Bosh  Assambleya  har  yili  jahon  siyosatining  dolzarb  muammolarini
muhokama  qiladi  va  bu  masalalar  bo‘yicha  BMTga  a’zo  bo‘lgan  davlatlarga  yoki
Xavfsizlik Kengashiga tavsiyalar beradi.
YUNESKO faoliyati o‘ta xilma-xil va ko‘p qirralidir. Uning ta’lim sohasidagi
ishlari  ko‘p  yo‘nalishlarda  olib  boriladi.  Jumladan,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda
savodsizlikni  tugatish,  jahon  ta’limi  rivojlanishidagi  tendensiyalarni  tahlil  qilish  va
uni  ommalashtirish,  u  yoki  bu  mamlakatda  ta’lim  bo‘yicha  olib  borilayotgan
siyosatni,  ayrim  ilmiy  izlanishlarni  ham  moddiy,  ham  ma’naviy  rag‘batlantirish  va
boshqalar.
Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo
dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan, ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni
muhofaza  qilish,  ta’lim  sohasini  rivojlantirishning  dolzarb  muammolari  bilan
bog‘liqdir.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy jihati bo‘lgan
ta’lim  tizimining  qay  darajada  rivojlanganligi  bilan  belgilanadi.  Bugungi  kunda
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini
isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik
va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati  darajasiga  ko‘tarildi.  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash
milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar
tayyorlashning asosi yaratildi.
Ta’limga,  jumladan kasbiy ta’limga  tegishli  ilg‘or  chet  el tajribasini o‘rganish
bo‘yicha qiyosiy izlanishlar olib borishning maqsadi quyidagilardan iborat:
- kasb-hunar  ta’limi  tarixi,  metodologik  asoslari  va  rivojlanish  istiqbollari,
ilg‘or  pedagogik  tajribalarni  tahlil  etish  va  umumlashtirish  talim  jarayonida  o‘qitish
vositalarini  keng  qo‘llash,  DTSlari,  rejalar  va  dasturlar  mazmunini  tahlil  etish  va
boshqalar  bo‘yicha  ilg‘or  chet  el  tajribasini  o‘rganish  va    ularni  ta’lim  tizimimizga
qo‘llash orqali o‘z milliy ta’lim tizimiimizni takomillashtirish;
- «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  ta’lim
tizimini isloh qilish, davlat  va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar


65
tayyorlash  sohasida  raqobat  muhitini  shakllantirish  negizida  ta’lim  tizimini  izchil
rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan
yangilanish,  rivojlangan  demkoratik  huquqiy  davlat  qurilishi  jarayoniga  moslash  va
ta’lim tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
- kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy
taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va
texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta  qurish,  uning
amalda  faoliyat  ko‘rsatishi  va  barqaror  rivojlanishining  kafolatlarini,  ustuvorligini
ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
-  ta’lim  tizimiga  chet  el  investitsiyalari  jalb  etishni  amaliyotga  joriy  etish  va
o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kasbiy  ta’limga  tegishli  ilg‘or  chet  el  tajribasini  o‘rganish  bo‘yicha  qiyosiy
izlanishlar olib borishning mazmuni.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga  tegishli  chet  el  tajribasini  o‘rganish
bo‘yicha izlanishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
- kasb-hunar ta’limining uzluksizligini ta’minlash uni  mazmunan isloh qilish
va takomillashtirish;
- kasb-hunar ta’limi tizimini oqilona boshqarish;
- kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
-  kasb-hunar  ta’limi  tizimining  yaxlit  axborot  makonini  vujudga  keltirish  va
xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
-  kasb-hunar  ta’limining  fan,  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyasini
rivojlantirish;
-  kasb-hunar  ta’limi  va  kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  chet  ellar  bilan  xalqaro
hamkorlikni ta’minlash va boshqalar.
2. Rivojlangan xorijiy davlatlar (Germaniya, Fransiya, AQSH, Italiya va
Yaponiya)dagi kasbiy ta’lim
Rivojlangan  mamlakatlarda  pedagogik  tadqiqotlarni  amalga  oshiradigan  ko‘p
sonli  ilmiy  muassasalar  ishlab  turganligi,  Germaniya,  Fransiya,  AQSH, Yaponiyada
ta’lim  tarbiya  nazariyasi  muammolari  bilan  yuzlab  davlat  va  xususiy  tashkilotlar,
Universitetlar,  pedagogik  tadqiqot  markazlari  shug‘ulanayotganligi  ko‘pchiligining
faoliyati o‘quv dasturini takommillashtirish va qayta qurishga qaratilganligiga e’tibor
qaratiladi.
O‘quv  dasturlarini  qayta  ko’rib  chiqish,    o‘zgartirish  ikki asosiy  yo‘nalishda:
ekstensiv va intensiv usul bilan amalga oshirilgan bo‘lib, talabalar ushbu yo‘nalishlar
mohiyatini o‘rganishlari lozim.
Birinchi  holatda  o‘quv  muddati  uzaytiriladi,  o‘quv  materiallari  hajmi
ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi
yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e’tiroficha maqbul hisoblanadi.
1961  yilda  "Bosh  yangi  bazis"  tamoyillari  asosida  AQSH  o‘rta  maktablarni
islohot qilish boshlangan edi.


66
Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt
yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil)
kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi.
Har  bir  yo‘nalish  o‘z  navbatida  bir  necha  qismga  bo‘linadi.  Masalan,
matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qo‘llashdan
iborat  barcha  majburiy  predmetlar  tarkibiga  yangi  kurslar  kiritildi.  1985  yildan
etiboran barcha yuqori bosqich kollejlarning to‘qson foizi shu besh bazisli tamoyillar
asosidagi dasturlar bilan ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik bo‘yicha
ta’lim  hajmi  qisqardi,  shu  bilan  bir  qatorda  dastur  chuqurlashtirilib  o‘rganiladigan
kurslar hisobiga tig‘izlashtirildi.
XX  asrning  80-yillarida  majburiy  ta’lim  hajmini  qisqartirish  jarayoni  yanada
chuqurlashtirildi. Xatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti,
matematika,  ijtimoiy  bilimlar  bazislari  asosida  ish  olib  borilmoqda.  Ta’limning
boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
80  yillardan  boshlab  AQSHda  o‘rganilishi  majburiy  bo‘lgan  fanlar  doirasi
kengaytirildi. Ingiliz tili  va adabiyoti,  matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining
yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota-
onalar ixtiyorida qoldirildi.
Germaniya  to‘liqsiz  o‘rta  maktablarida  asosiy  predmetlar  bilan  bir  qatorda
tanlab  olinadigan  ximiya,  fizika,  chet  tillari  kiritilgan  o‘quv  dasturlari  ham  amalga
oshirilayapti.  Bu o‘quv dasturi  tobora  to‘liqsiz  o‘rta  maktab  doirasidan chiqib,  o‘rta
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlangich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda
matematikadan  iborat  asosiy,  tarix,  geografiya,  axolishunoslik,  tabiiy  fanlar,  mehnat
ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya  maktablari  ikkinchi  jahon  urushidan  keyinoq  Amerika  ta’limi
yo‘lidan  bordi.  Lekin  shunga  qaramay,  bu  ikki  mamlakat  o‘quv  dasturida  qator
farqlar  ko‘zga  tashlanadi.  Yaponiyada  o‘quv  dasturlari  jiddiy  murakkablashtirilgan
asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar
kiritilgan.
Aftidan,  rivojlangan  davlatlarda  o‘quv  dasturining  rivojlanishi  mana  shu
yo‘nalish  asosida  qurilmoqda.  Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  ta’limning  mamlakat
ichki  siyosatiga  faol  ta’sir  etadigan  ijtimoiy  jarayon  ekanligi,  e’tirof  qilingan
xaqiqatdir.  Shu  tufayli  ham  chet  mamlakatlarda  maktab  ehtiyojini  iqtisodiy
ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yldan-yilga oshib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 80 yillarda AQSH o‘quvchilarining 50 yillarga  nisbatan
reyting  ko‘rsatkichi  973dan  893ga  tushib  ketgan,  Fransiyada  ham  3  litsey
bitiruvchilari  va  litsey  sohasida  faoliyat  ko‘rsatuvchidan  biri  muvaffaqiyatsizlikka
uchrayotganligi ta’kidlanadi.
Ta’limda  ro‘y  berayotgan  bu  salbiy  holatni  bartaraf  etish  to‘ldiruvchi  ta’lim
zimmasiga tushadi.
To‘ldiruvchi  ta’lim  maktabgacha  tarbiya  muassalarida,  maktab  va  litseylarda
amalga  oshrilmoqda.  AQShda  bu  xizmatga  ommaviy  axborot  vositalarining
imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o‘quv kanali orqali


67
130 soatlik o‘quv ko‘rsatuvlari tashkil etgan. O‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib
borish bo‘yicha chet mamlakatlarning ko‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Chet  el  amaliyotida  o‘quvchilarni  tabaqalatirish  odatda  boshlang‘ich  ta’lim
kursidan keyin amalga oshirilayotganligi, fransuz pedagoglari esa sinf o‘quvchilarini
uch tabaqaga:
1.  Gomogenlar  -  matematika  va  gumanitar  yo‘nalishda    ish  olib  borsa
bo‘ladigan o‘quvchilar;
2.  Yarim  gomogen  -  tabiiy  sikldagi  fanlarni  o‘zlashtira  olishga  moyil
o‘quvchilar;
3.  Gegeron  -  barcha  predmetlardan  har  xil  saviyada  o‘zlashtiradigan
o‘quvchilarga ajratganlariga to‘xtab o‘tiladi.
 Xulosa  qilib  aytganda,  XX  asrning  80-yillarida  chet  davlatlarda
o‘zlashtirmovchi va ulgurmovchi o‘quvchilarning ko‘payib ketishi tabaqalashtirilgan
ta’limga  ehtiyoj tug‘ilganligiga olib keldi.
3. Hamdo‘stlik mamlakatlarida kasbiy ta’lim
1. Rossiyada umumiy  o‘rta ta’lim tizimi
2. Rossiyada kasbiy ta’lim
3. Oliy ta’limdan keyingi  o‘qish.
Rossiyada  umumiy  ta’lim  o‘z  ichiga  boshlang‘ich,  asosiy  va  o‘rta  (to‘liq)
ta’limni qamrab oladi. O‘rta maktabda o‘qish muddati 11 yilni tashkil etib, bundan 1-
4-sinflar  boshlang‘ich,  5-9  sinflar-asosiy,  10-11  sinflar  to‘liq  o‘rta  ta’lim  dasturi
asosida  ta’lim oladilar.  Ishchi yoshlar uchun  kechki maktablar tizimi ham saqlanib
qolgan.  Keyingi  yillarda  bunday  ta’lim  ancha  qisqargan.  Shu  bilan  birga  ikki  yoki
undan ortiq  smenadagi maktablar ham qisqargan.
Rossiyada kasbiy ta’lim
Rossiyada  kasbiy  ta’limning  uchta  darajasi  bor:  Boshlang‘ich  daraja  -
boshlang‘ich  kasbiy  ta’lim beruvchi  o‘quv  yurtlari  (PTU)    kvalifikatsiyali  ishchi  va
xizmatchilarni yetishtirib chiqaradi. Bularda o‘qish muddati, o‘quvchining ma’lumot
darajasiga bog‘liq. 9-sinfni tugatganlar 2-3 yil, 11-sinfni bitirib kelganlar 1 yoki 2 yil
tahsil  olishadi.  Texnikum  maqomiga  teng  bo‘lgan  3-4  yillik  o‘quv  yurtlari  ham
mavjud.
O‘rta    daraja  -  amaliyotchi  mutaxassislarni  tayyorlashga  qaratilgan.  U  ikki
asosiy  ta’limiy  dastur:  bazaviy  va  oshirilgan  darajada  amalga  oshiriladi.  Bazaviy
daraja  dasturini  egallagandan  so‘ng  bitiruvchiga  "texnik"  ixtisosligi  beriladi.
Oshirilgan  darajada  yana  1  yil  chuqurlashtirilgan  holda  o‘qib  chiqadi,  unga  "katta
texnik" ixtisosligi beriladi. Bunday ixtisoslik beradigan o‘quv muassasalari texnikum
yoki kollejlardir.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy  ta’limga  tegishli  ilg‘or  chet  el  tajribasini  o‘rganish  bo‘yicha  qiyosiy
izlanishlar olib borishning maqsadi nimalardan iborat?
2. O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga  tegishli  chet  el  tajribasini  o‘rganish
bo‘yicha izlanishlar qaysi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi?
3. AQShda kasb ta’limini rivojlanishi xususida ma’lumot bering.
?


68
4. Yaponiya  va  Germaniyada  kasb  ta’limini  rivojlanishi  xususida  ma’lumot
bering.
5. Fransiyada kasb ta’limini rivojlanishi xususida ma’lumot bering.
6. Rossiyada kasb ta’limini rivojlanishi xususida ma’lumot bering.
III BOB. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY
ASOSLARI
3.1. KASB-HUNAR TA’LIMINING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari.
2. Pedagogik jarayonning prinsiplari.
1. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari
Umuman pedagogik, shu jumladan kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari
ta’lim-tarbiya  va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonida obektiv ravishda  mavjud
aloqadorlik  va  o‘zaro  munosabatlarda    o‘z  ifodasini  topadi.  Rus  pedagog  olimi
L.D.Stolyarenko  va  uning  maslakdoshlari  tomonidan  quyidagi  ta’lim  qonuniyatlari
e’tirof etilgan bo‘lib, ular bevosita kasb-hunar ta’limiga ham tegishlidir.
Kasb-hunar  ta’limi  jarayonining  tizim shaklida  yaxlit  va  uzviy  aloqador  hamda
ma’lum o‘zaro munosabatda bo‘lgan komponentlardan iborat ekanligi;
Ta’limning  tarkibiy  qismlari:  maqsadi,  mazmuni,  metodlari,  vosita  va
natijalarining ijtimoiy tuzumga bog‘liqligi,  ya’ni: ijtimoiy  munosabatlar, jamiyatning
mutaxassis  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyoji  va  talablari,  fan-texnika  taraqqiyoti,  ishlab
chiqarish  texnologiyalari,  madaniyat  kabilarni  pedagogik  jarayonning  barcha  tashkil
etuvchi komponentlarini shakllantirishga ta’siri;
-   ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi tavsifga ega ekanligi;
-  ta’lim  natijalarining  o‘quvchilarning  ongli,  faol  o‘quv-bilish  faoliyatlariga
bog‘liqligi;
-  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonida  pedagogik  va  ishlab  chiqarish
qonuniyatlarining hisobga olinishi, ularning birligi va o‘zaro aloqadorligi;
-    kasbiy  tayyorgarlik  jarayonining  o‘zaro  bog‘liq  nazariy  va  amaliy  ta’lim
integratsiyasidan iboratligi;
-  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonida  o‘quvchilarning  yakkama-yakka  (individual)
va jamoaviy faoliyatlarining tashkil etilishi kabilar.
Uzluksiz  ta’lim,  shu  jumladan  kasb-hunar  ta’limi  quyidagi    pedagogik
qonuniyatlarga asoslanadi:
-  kasbiy  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o‘qituvchi  (muhandis-pedagog)  va
o‘quvchilar hamda o‘rganilayotgan ob’ektlarning o‘zaro ta’siri;
-  kasbiy  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o‘quvchilarning  ongliligi,  mustaqilligi  va
faolligi;
-  kasbiy  ta’lim-tarbiya  jarayonida  uning  ishtirokchilari  (o‘qituvchi  va
o‘quvchilari) maqsadlarining bir-biriga mushtarakligi;


69
-  kasbiy  ta’lim-tarbiya  ishi  natijalarining  o‘quvchilar,  faol  o‘quv-bilish
faoliyatiga bog‘liqligi;
-  kasbiy  ta’lim-tarbiya,  ya’ni  pedagogik  jarayonni  tashkil  etuvchi  maqsad,
mazmun,  metod,  vosita,  shakl,  natija  va  ishtirokchilar  orasida  o‘zaro  bog‘liqlik
hamda munosabatlarning mavjudligi;
-  kasbiy  ta’lim  maqsadi,  uning  mazmuni  va    metodlari,  metod  va  mazmuni
maqsadga erishilganlik darajasini belgilashi;
-  kasbiy  ta’lim  mazmuni  (o‘quv  materiali)ning  vaqt,  o‘quvchilar  yoshi,
tayyorgarlik darajasi va boshqa individual xususiyatlariga mos holda tashkil etilganda
maqbul o‘zlashtirilishi;
-  kasbiy  (ko‘nikma  va  malakalar)ning  asosi  hisoblangan  bilimlar  mohiyatini
anglagan holda ish-harakat operatsiyalarini takror bajarish orqali shakllanishi;
- o‘quv materialini puxta o‘zlashtirilishi avval o‘zlashtirganlariga tayanganligi
va muntazam ravishda takrorlanganligiga bog‘liqligi;
-  o‘quv  materialining  maqsadga  muvofiq  holda  shakllantirilganligi  va
o‘quvchilarga yetkazilishi;
- o‘zlashtirish sifat va darajasining o‘quvchilar imkoniyatlari, qiziqishi, idroki,
tafakkuri,  qobiliyati,  o‘qituvchi  tomonidan  uning  ahamiyatli  jihatlarini  yoritilishi
kabilarga bog‘liqligi;
-  o‘zlashtirish  maromi  va  puxtaligini  o‘qituvchi  tomonidan  o‘quv  materialini
aniq, lo‘nda hamda qiziqarli yetkazilishiga bog‘liqligi;
-  o‘quvchining  aqliy  rivojlanganligi,  o‘zlashtirgan  bilim,  hayotiy  tajribalariga
to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi;
-  kasb–hunar  ta’limining  muvaffaqiyati,  tezligi  va  natijalarining  o‘quvchilar
individual xususiyatlariga bog‘liqligi.
-  o‘quvchilarda  mustaqil  ijodiy  faoliyat  tajribalarini  shakllantirish  va
rivojlantirishning  ular  oldiga  muhim  ahamiyatga  ega  hayotiy  dolzarb  muammolar
yechimini topish vazifasining qo‘yilganligiga bog‘liqligi kabilar.
Kasb-hunar  ta’limi  jarayonida  ishlab  chiqarishning  quyidagi  qonuniyatlarini
hisobga olinishi zarur.
-  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  ishlab  chiqarish  kuchlari  tavsifiga
mosligi;
 - mulkchilik munosabatlari;
- mehnat xarakteridagi o‘zgarishlar;
- talab va ehtiyojning ishlab chiqarish darajasidan yuqoriligi;
- mehnatga yarasha taqsimot;
- ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarishga nisbatan o‘sishi;
- rejali, proporsional rivojlanish;
-  moddiy  ne’matlar  yaratuvchi odamlar o‘zlarining  ongi,  xulq-atvori  va  his-
tuyg‘ularini qayta ishlab chiqishi;
- yirik mashinasozlik sanoatining uzluksiz ortib borishi;
- ishlab chiqarish jarayonlarini tabaqalashtirish va integratsiyalashtirish;
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish;
-  ishlab  chiqarishni  majmuaviy  mexanizasiyalash,  avtomatlashtirish  va
robotlashtirish;


70
- ishlab chiqarishning intellektuallashuvi;
- mehnat resurslarining o‘zaro taqsimlanish sur’atini ortishi;
- xo‘jalik hisobi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash;
- sanoat sohasi bilan mashg‘ul mutaxassislar sonini qisqarishi;
-  mehnatni  jamoaviy  tashkil  etishning  ortishi,  demokratiyalash,  o‘zi-o‘zini
boshqarish va shu kabilar.
Kasb-hunar  ta’limi  didaktikasining  asosiy  masalalaridan  biri  –  ta’lim
prinsiplaridir. Biz o‘z ishimizda  ta’lim qoidalari, tamoyillari va  prinsiplarini sinonim
sifatida  e’tirof  etib,  xalqaro  ko‘lamda  prinsip  deb  yuritganligi  bois  ushbu  iboradan
foydalanamiz.  Ta’lim    prinsiplari  –  bu  pedagogik  jarayon  ishtirokchilarining  o‘zaro
hamkorlikdagi faoliyatlarini belgilovchi asosiy qoidalar tizimidir. Bu qoidalar tizimini
bilmaslik  yoki  ularga  asoslanishda  no‘noqlikka  yo‘l  qo‘yish  butun  yaxlit  kasbiy
ta’lim-tarbiya ishiga to‘sqinlik qiladi.
Ta’lim  prinsiplari  tizimini  birinchi  bo‘lib  Y.A.Komenskiy  ilmiy  asosda  ishlab
chiqdi.  U  bu  prinsiplarni  o‘quv  jarayonini  tashkil  etilishi  uchun  asos  bo‘ladigan
qoidalar deb atagan edi.
Pedagogik  jarayon  amal  qilishi  zarur  bo‘lgan  qoidalar,  ya’ni  prinsiplarning
mohiyatini bilish ushbu jarayon haqida aniq bilimga ega bo‘lish imkonini beradi. Shu
bois, biz quyida ularning ba’zi birlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
2. Pedagogik jarayonning prinsiplari
1.  Pedagogik  jarayonning  tizimlilik  (yaxlitlik,  bir  butunlik)    prinsipi –  ta’lim-
tarbiya  va  shaxs  rivojlanishi  (kamoloti)ning  uyg‘unligi,  muayyan  tizimga  ega
ekanligini anglatadi.
Asoslanganlik  prinsipi  –  turkum  o‘quv  predmetlarini  o‘rganish  obekti
(predmet,  hodisa,  jarayon,  hatto  tirik  mavjudot  sifatida  inson)ning  mohiyati,  muhim
xususiyatlari,  aloqalari,  ob’ektiv  olam  bilan  muayyan  munosabatlarini  o‘zida
ifodalaydi.  U  har  bir  o‘quv  predmetini   tegishli  fan  asoslari sifatida  talqin etib,  o‘zi
uchun  “yadro”  va  “o‘zak”  hisoblangan  ma’lumotlarga  ega  bo‘ladi  ushbu
ma’lumotlarning  shaxs  tomonidan  o‘zlashtirilishi,  uning  aniq  soha  bo‘yicha  bilim,
ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishida tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv  materialiga  bunday  yondashuv  axborotlarning  shiddatli  oqimi  sharoitida
pedagogik 
jarayonni 
maqbullashtirish 
(Y.K.Babanskiy., 
M.M.Potashnik),
jadallashtirish 
(R.X.Jo‘rayev, 
F.Yuzlikayev, 
V.F.Shatalov, 
N.G.Dayri,
M.I.Maxmutov) asosiy o‘quv materialni mukammal o‘zlashtirishga imkon beradi
3. Insonparvarlashtirish prinsipi – pedagogik amaliyotda insoniylashtirish bilan
birgalikda  qo‘llaniladi.  Bu  har  ikki  tushuncha  ham  lug‘aviy  jihatdan  yunoncha
“humanus”  insoniylik  va  “humanitas”  insoniyat  so‘zidan  olinib,  bir  o‘zakka  ega
bo‘lsada,  ularning  boshqa-boshqa  ma’nolar  anglatishi    olimlar  tomonidan  e’tirof
etilgan.
Insonparvarlashtirish  ta’lim  muassasalarida  o‘rganiladigan  o‘quv  predmetlari
mazmuniga inson omili, uning qadr qimmati, shani, or-nomusi, huquq  va burchlarini
hurmatlash g‘oyalarini singdirish zarurligini nazarda tutadi.
Insoniylashtirish  prinsipi –  ob’ektiv   olamdagi  barcha  ne’matlar,  shart-sharoit
inson  kamoloti,  kishilik  jamiyati  farovonligi,  tinchligi  uchun  xizmat  qilishi  (qilishi


71
shart)  haqidagi  g‘oyani  ilgari  suradi.  Mazkur  g‘oya,  hozirgi  zamon  va  istiqbol
talablari  pedagogik  jarayonga  yakka  hokimlik  (avtoritar)  tarzda  yondoshmay,  uni
ishtirokchilarining  hamkorligi  asosida  tashkil  etib  amalga  oshirish  zarurligini
asoslaydi.
4.  Uzluksizlik  prinsipi  –  fan-texnika  taraqqiyoti,  ilg‘or  ishlab  chiqarish
texnologiyalarini  amaliyotga  keng  ko‘lamda  qo‘llash  hozirgi  zamon  va  istiqbolda
mustaqil  ravishda  ijodiy  faoliyat  ko‘rsatish  uchun  shaxsga  uning  butun  umri  uchun
yetarli  bo‘lgan  bilim  va  shaxsiy  fazilatlarni  belgilangan  vaqt  davomida  berish
mumkin bo‘lmay, balki u butun hayoti davomida  takomillashtirilib borishini nazarda
tutadi.  Mazkur  prinsip  o‘qituvchidan  ta’lim-tarbiya  ishida  o‘quvchilarning
mustaqilligini ta’minlash uchun  kerakli shart-sharoit yaratishni talab qiladi.
5.  Nazariyaning  amaliyot  (hayot)  bilan  bog‘liqliq  prinsipi  –  o‘quvchilar
o‘zlashtirgan  bilimlari  ularning  bevosita  hayot  faoliyatida  qo‘llangan  yoki
dasturulamal  bo‘lib  xizmat  qilgandagina  ahamiyatli  ekanligiga  ishora  qiladi.
Amaliyotda  qo‘llanmagan  bilimlar  asossiz  bo‘lib,  qisqa  vaqt  davomida  unutiladi.
Bunda bilim, ko‘nikma va malakalar ma’lum tartibda shakllantirilib, amalga qo‘llashi
ko‘zda tutiladi.
   6.  Ta’limning  ilmiylik  prinsipi.  Bizni  qurshab  turgan  olamni  bilish  jarayoni
murakkab va ziddiyatli. Ilmiy bilish hodisadan mohiyatga, narsaning tashqi ta’siridan
uning  ichki  tuzilishini  tasvirlashga  o‘tishdan  iboratdir.  Agar  o‘quv  materiali
o‘quvchini  qonunlar,  tushunchalar,  formulalar  va  teoremalar  olami  bilan tanishtirsa,
bunday  bilimlar  ilmiy  bilimlar  deb  ataladi.  Ular  aqliy  rivojlanish  uchun  yetakchi
ahamiyatga  egadir.  Faqat  ana  shunday  bilimlargina  o‘quv  predmetining  ilmiy
mohiyatini anglab yetishga,  kelgusida esa fan asoslarini chuqurroq egallab, mehnatda
faol ishtirok etishga, sabab-oqibat munosabatlarini uzviy bog‘liq anglanishiga imkon
beradi.
7.  Tushunarlilik  prinsipi.  Bilimlarni  o‘zlashtirishning  osonligi,  malaka  va
ko‘nikmalarning hosil qilinishi ularning o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, shaxsiy
tajribasi bilan aloqasini ko‘rsatadi. Agar bunday aloqalarni aniqlab bo‘lmasa, bilimlar
tushunarli deb hisoblanmaydi.
Olamda  barcha  narsalar  o‘zaro  bir-biriga  bog‘liq,  barcha  narsalar  hodisalar
o‘rtasida  aloqa  mavjud.  Shuning  uchun  barcha  ilmlar,  barcha  o‘quv  predmetlari
o‘zaro  bir-biri  bilan  bog‘liqdir.  O‘quvchi  o‘zlashtiradigan  bilimlar  insoniyat
tajribasining  bir  zarrachasi  hisoblanadi  va  shuning  uchun  ham  yangi  bilimlarni
mavjud bilimlar bilan hamisha bog‘lash mumkin.
8.  Ta’limning  ko‘rgazmalilik  prinsipi.  Kishilik  jamiyati  rivojlanishining  ilk
bosqichlarida  o‘qitish bolalarning katta avlodga taqlid qilishlari, katta yoshdagi kishi
bajargan  amaliy  xatti-harakatlarni  qaytarish  hisobiga  olib  borilardi.  O‘qitishning  bu
sodda  shakli  o‘zining  ishonarli  va  samarali  bo‘lganligi  tufayli  hozirgi  kungacha
saqlanib  qoldi.  XVII  asrda  Y.A.Komenskiy  ko‘rgazmalilik  tamoyilini  har  qanday
tarzdagi o‘qitishning  muvaffaqiyatli   bo‘lishi  negizi sifatida    tarifladi.  I.G.Pestalossi
bu tamoyilni  o‘qitishning asosiy  vositasiga  aylantirdi.  Bu  prinsipga  amal qilinganda
eshitish organlari bilan bir qatorda ko‘rish organlari jalb etiladi. Shuning uchun ham
xalqimizda  “Yuz  marta  eshitgandan  ko‘ra  bir  marta  ko‘rgan  ma’qul”  degan  maqol
o‘rinli  qo‘llaniladi.  Ko‘rgazmalilik  zarur  bo‘lgan  joyda  me’yorida  ishlatilsa  samara


72
beradi,  me’yor  buzilsa  esa  o‘quvchilarning  fikri  asosiy  materialdan  yiroqlashadi.
Ularning  tafakkur  doirasi  torayadi,  aksincha  ko‘rgazmalilik  kerakli  joyda  o‘rinli
qo‘llanilsa  o‘zlashtirilgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  o‘quvchilar  xotirasida  uzoq
vaqt davomida saqlanadi.
Ko‘rgazmalilik  tamoyilining  hozirgi  izohi  quyidagi  asosiy  qoidalarni  o‘z
ichiga oladi:
1. Ko‘rgazmalilik  deganda  o‘quvchining  hissiy  bilishini  tashkil  qilish
tushuniladi.
2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish o‘quv jarayonida hissiy bilishni tashkil
etishning bir jihati hisoblanadi.
9.  Ta’limning  onglilik  va  faollik  prinsipi.  Bu  prinsip  o‘quvchilarning  o‘quv-
bilish faoliyatiga psixologik jihatdan asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta
muhim  jihatni:  o‘quvchilar  tomonidan  o‘quv  materialining  ongli  ravishda
tushunilishini,  o‘quv  mashg‘ulotlariga  ongli  munosabatda  bo‘lishni,  bilish
faoliyatining shakllanishini o‘z ichiga oladi.
10. Ta’limning puxtalik prinsipi. O‘quv materialini o‘zlashtirishning puxtaligi
ko‘pgina  omillarga:  tushuntirishning  ilmiyligi  va  tizimliligiga,  tushunishning
ongliligiga;  o‘quvchilarning  bilish  faolligiga,  o‘qish  sabablariga,  o‘qituvchining
mahorati va shu kabilarga bog‘liq.
11. Tarixiylik prinsipi. O‘quv materialini bayon qilishda tarixiy materiallardan
foydalanish asosida mashg‘ulotlarni tashkil etishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida
tarixiylik  prinsipiga  amal  qilinsa,  dasturiy  material  boyitiladi,  yangisi  bilan
bog‘lanadi, istiqbolda o‘rganiladiganlariga ishora qilinadi va uni puxta o‘zlashtirishga
imkon  yaratiladi.  Shu  yo‘l  bilan  ta’limdagi  ketma-ketlikni  ifoda  etish  imkoniyati
tug‘iladi, natijada o‘zlashtirilgan bilim, xatti-harakat usullarini yaxlitligi ta’minlanadi.
12.  Ta’limni  individuallashtirish  prinsipi.  Har  bir  o‘quvchi  umumiy
xislatlaridan tashqari individual  xislatlarga ham egadir. O‘quvchining bilishi, irodasi,
hissiyotiga  oid  xususiyati,  shaxsiy  xislatlari  ta’limning  borishiga  ijobiy  yoki  salbiy
ta’sir  ko‘rsatishi  yoki  betaraf  qolishi  mumkin.  O‘quvchilarning  individual
xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda  mashg‘ulot  (dars)  jarayonini  tashkil  qilish  –
o‘qitishni individuallashtirish deb yuritiladi.
Kasb-hunar  pedagogikasida  kasbiy  ta’limning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini
hisobga  oluvchi  xususiy  prinsiplar  qo‘llaniladi.  Bu  prinsiplar  umumiy  didaktik
prinsiplar  bilan bevosita  aloqador  bo‘lib,  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  qo‘yilgan talablar
va u amal qilishi lozim bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi.
13.  Kasbiy  mobillik  prinsipi  -  insonni  tez  fursat  ichida  hayotga  tatbiq
etilayotgan  yangi  texnika  va  samarali  texnologiyalarni  o‘zlashtirish  qobiliyatini
ko‘zda  tutadi.  Mehnatning  tezkor  moslashuvchanligi,  ijodiy  tavsifi  bevosita  inson
dunyoqarashi,  bilimlar  ko‘lamining  kengligi,  kasbiy  faoliyatda  uchraydigan
muammolarning  yechimini  tezkorlik  bilan  topishiga  bog‘liq  psixolog  olim
L.S.Vigotskiy  iborasi  bilan  aytganda  “Amaliyotdan  ilgari  yurib,  u  uchun  yo‘l  ochib
beradigan  ta’lim yaxshi  hisoblanadi”.  Shuning  uchun  ham bugungi  o‘quvchi  nimani
bilishiga emas, balki nimani uddalay olishi va ertangi kunda nimalarga qodir bo‘lishi
mumkinligiga ahamiyat bermoq zarur.


73
14.  Kasbiy  ta’limning  modullilik  prinsipi  –  modulli  ta’limning  mohiyati
shundan  iboratki,  o‘quvchi  o‘ziga  berilgan  axborotlar  banki  va  metodik
ko‘rsatmalardan  iborat  shaxsiy  o‘quv  dasturiga    asoslanib  mustaqil    holda  didaktik
maqsadga  erishadi.  Modulli  ta’lim  maqsadi,  mazmuni  va  tashkil  etish  metodikasi
quyidagilarni  aniqlashga  imkon  beradi:  ta’lim  mazmunan  o‘ziga  xos,  dinamik
o‘zgaruvchan  va  tezkor  bilimlarni  ajratib  olish;  dasturning  variativ  xarakteriga  ega;
ijtimoiy buyurtmaga binoan mazmun o‘zgaradi. Modulli ta’limdan foydalanish o‘quv
materiallarini,  ya’ni  uning  bilimlari  prinsipini  tuzishga  imkon  beradi.  Bu,  o‘z
navbatida,  yaxlitligini  saqlab  qolgan  holda  mazmunni  o‘zgartirish,  unga  qo‘shimcha
kiritish imkonini beradi.
Modullilik prinsipini amalga joriy etish quyidagilarni ta’minlaydi:
-  sub’ekt  maqsadlarga  erishish  uchun  barcha  faoliyat  ko‘rinishlarini
integratsiyalashga  va  muntazam  ravishda  sub’ekt  maqsadlariga  yetishish  borasida
muqobil yechimlarni izlashga;
- istiqbolda sub’ektni kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirishga;
-  modullar  hayotning  barcha  sohalaridagi,  shu  jumladan  fan-texnika,
texnologiyalardan o‘zgarishlarni tezkorlik bilan hisobga olish imkoniyatini beradi.
15. Qulay muhit hosil qilish prinsipi - eng avvalo mehnat va hayot xavfsizligi,
moddiy-texnik  va  o‘quv  uslubiy  negiz,  texnik,  texnologik,  ergonomik,  iqtisodiy,
pedagogik, sanitariya-gigiyena, ekologik va shu kabi talablarga amal qilishni ko‘zda
tutadi.  Bunday  muhitni  hosil  qilish  quyidagicha  ijtimoiy,  psixologik,  pedagogik
tizimlarni ishlab chiqish va amalga joriy etishni talab etadi.
Me’yoriy  mehnat  sharoitini  yaratish,  pedagogik  ta’sirni  maqbullashtirish
tizimi.
16. Politexnik prinsip - zamonaviy texnik va ishlab chiqarish texnologiyalarini
umumiy  asoslari  bilan  tanishtirish,  tizimli  bilim  hosil  qilish  demakdir.  Politexnik
prinsipni amalga oshirish quyidagi shart-sharoitga amal qilishni talab etadi.
-  ta’lim-tarbiya  mazmunining  fan-texnika  taraqqiyoti  asosiy  yo‘nalishlariga
mosligi;
- o‘quv materialini o‘zaro aloqador yaxlit bilimlar shaklida tashkil etish;
-  o‘rganilayotgan materialni bo‘lajak kasbiy faoliyat bilan bog‘lash;
- o‘quv materialining o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatiga mosligi;
- o‘quvchilarning bilish qiziqishlarini qondirish imkoniyatlari;
- tayanch umumilmiy bilimlar va ko‘nikmalarga tayanish;
- o‘quv materiallarining barqarorligi va dinamik o‘zgaruvchanligi;
- tizimlilik;
- ta’lim mazmunining moddiy-texnik bazaga mosligi;
- ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir etuvchi omillarning hisobga olinishi;
17.  Ta’limni  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan  qo‘shib  olib  borish  prinsipi.
Nazariy  ta’lim  bilan  amaliyotning  bog‘liqlik  prinsipi.  Nazariya  va  amaliyotning
aloqadorligi  ikki  tomonlama  jarayon.  Ular  bir-biri  bilan  organik  aloqador.  Bu
prinsipning amalga oshirilishi quyidagi shart-sharoitlarga amal qilinishiga bog‘liq.
Nazariy bilimlar amaliyotga nisbatan ilgarilab borishi, amaliy mashg‘ulotlarda
uning to‘g‘riligi tekshirilishi lozim.


74
Har qanday mehnat jarayonida turli soha bilimlari va malakalari sintezlanishi
zarur.
Malakali  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  samaradorligini  oshirish  uchun  soha
bilimlari sintezlanishi lozim. Shu jihatdan ta’lim mazmunini integrasiyalash quyidagi
ikki  yo‘nalishda  amalga  oshirilishi  kerak:  birinchidan,  yagona  predmet  doirasida
kasbiy bilim va malakalarni birlashtirish, ikkinchidan, maxsus bilim va malakalarning
o‘zaro aloqadorligi  gorizontal yo‘nalishida.
18. O‘quv jarayonida kasbiy faoliyatni modellashtirish prinsipi.
19.  Iqtisodiy  maqsadga  muvofiqlik  prinsipi  -  ta’lim  muassasalarida
mutaxassislar tayyorlashning maqsadga muvofiqligi, ularga bo‘lgan davlat va jamiyat
talablarining aks etishi.
20.  Ta’limda  predmetlararo  bog‘liqlik  prinsipi:  ta’lim  muassasalarida
o‘tilayotgan umumta’lim, maxsus va kasbiy turkum o‘quv predmetlari boshqa o‘quv
predmetlari bilan o‘zaro bog‘liq holda  olib borilishi lozim. Bunda o‘quv predmetdagi
mavzular takrorlanmasdan, balki  bir-birini to‘ldirib boradi.
21.  Reduksiyalash  prinsipi    -  fan-texnika  taraqqiyoti,  ilg‘or  ishlab  chiqarish
texnologiyalarining  amaliyotga  keng  ko‘lam  va  tezkorlikda  joriy  etilishi  bilan
bevosita  bog‘liq  bo‘lgan axborotlarning  shiddatli  oqimi  sharoitida  o‘quv  materialini
imkoni  boricha  qisqartirish,  ya’ni  eng  muhim  tizim  hosil  qiluvchi  qismini  ajratib
olishni  ko‘zda  tutadi.  Bu  qisqartirish  Davlat  ta’lim  standarti  orqali  belgilangan
mazmunning yetarli va zarur darajasiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi zarur.
22.  Refleksivlik  prinsipi  –  sub’ektning  o‘z  shaxsiy  faoliyatiga,  o‘zlashtirgan
hayotiy  tajribasiga  baho  berishi,  o‘zgalarning  u  haqidagi  fikrlari  va  ular  bilan
hamkorlik muloqoti va munosabatlarini tavsiflaydi.
23.  Maqbullik  prinsipi  -  pedagogik  shart-sharoitlarning  qulayligi,  mavjud
imkoniyatning  hisobga  olinishi,  oz  vaqt,  mablag‘  va  zo‘riqish  kuchlari  sarflash
evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi.
24.  Ta’lim–tarbiya  jarayonida  tabiiy  rivojlanish  va  ijtimoiylashuv  prinsipi  –
tabiiy  jarayonlar  mohiyatini  bilish  ta’lim-tarbiya  jarayonini  samarali,  xususan
o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlari,  senzitiv  rivojlanish  davrlari,  rivojlanishning
keyingi  bosqichlariga  o‘tish  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  tashkil  etishni
ko‘zda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiyani ijtimoiylashtirish, o‘quvchilar
tomonidan  ijtimoiy  tajribaning  individual  qonuniyatlar  asosida  o‘zlashtirilishini
ko‘rsatadi.
25.  Ijtimoiy-iqtisodiy  ta’minot  prinsipi  –  pedagogik  jarayonning  ijtimoiy-
iqtisodiy 
jihatdan  maqsadga  muvofiqligini  nazarda  tutib,  barcha  turdagi  ta’lim
muassasalari  faoliyatini  bu  jarayon  ishtirokchilari  imkoniyatlari,  davlat  va  jamiyat
talablari,  fan  taraqqiyoti,  ishlab  chiqarish  ehtiyojlarini  hisobga  olish,  ularni
uyg‘unlashtirish, integratsiyalashtirishni ko‘zda tutadi.
Xulosa  qilib  aytganda,  kasb-hunar  ta’limi  pedagogikasida  kasbiy  ta’limning
o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  oluvchi  xususiy  prinsiplar  qo‘llaniladi.  Bu
prinsiplar  umumiy  didaktik  prinsiplar  bilan  bevosita  aloqador  bo‘lib,  ta’lim-tarbiya
jarayoniga  qo‘yilgan  talablar  va  u  amal  qilishi  lozim  bo‘lgan  qonuniyatlarni
ifodalaydi.


75
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Uzluksiz  ta’lim,  shu  jumladan  kasb-hunar  ta’limi  qanday  pedagogik
qonuniyatlarga asoslanadi?
2. Kasb-hunar  ta’limi  jarayonida  ishlab  chiqarishning  qanday  qonuniyatlarini
hisobga olinishi zarur?
3. Pedagogik jarayonning prinsiplarini aytib bering.
4. Ko‘rgazmalilik tamoyili qanday asosiy qoidalarni o‘z ichiga oladi:
5. Politexnik prinsipni amalga oshirish qanday shart-sharoitga amal qilishni talab
etadi?
6. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasida qo’llaniladigan prinsipda nimalar e’tiborga
olinadi?
3.2. KASB-HUNAR TA’LIMI JARAYONINING ISHTIROKCHILARI
Reja:
1. Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limining uzviyligi.
2. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik jarayonni tashkil etish.
3. Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari
1. Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limining uzviyligi
Ma’lumki, har qanday ta’lim-tarbiya ishida, shuningdek kasb-hunar ta’limida
o‘qituvchi va o‘quvchilar ushbu jarayonning bevosita ishtirokchilari hisoblanadilar.
Bu  ishtirokchilarning  o‘zaro  hamkorligi  natijasida,  ya’ni  ularning  o‘zaro  ta’sir,
muloqot va munosabatlari tufayli ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshadi.
Ma’lumki,  kasb-hunar  kollejlariga  o‘quvchilar  umumiy  o‘rta  ta’lim
maktablarining  to‘qqizinchi  sinflarini  bitirganlar  safidan  qabul  qilinadi.  Odatda
ularning  yoshi  15-18larda  bo‘lib,  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘ladilar.
Vatandoshimiz yetuk psixolog olim E.G‘oziyev va uning maslakdoshlari fikricha bu
yoshdagi o‘spirinlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:
- jismoniy barkamollikning ifodalanishi;
- ruhiy jihatdan muayyan ko‘rsatkichga erishilganligi;
- xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi;
- e’tiqod, dunyoqarash va pozitsiyada barqarorlikning mavjudligi;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda individuallik;
- faoliyatga oid individual uslubning paydo bo‘lishi;
- kasbiy motivatsiyaning ustuvorligi;
- ma’naviy ehtiyoj, barqaror qiziqishning qat’iyan yetakchiligi;
- mutaxassislikka munosabatning shaxsiy pozitsiyaga bo‘ysundirilganligi;
-  kollej  va  oliy  maktab  muhiti  o‘ziga  xosligining  ular  shaxsiyatida
ifodalanishi;
- amaliyot va muhitga moslashishning sifat jihatidan tafovutlanishi.
Yosh  fiziologiyasi  va  psixologiyasi  fani  xulosalari  kasb-hunar  kollejlarida
o‘quvchilar  o‘z  xulqi  va  o‘quv-bilish  faoliyatini  boshqara  olmasligini    ko‘rsatadi.
Bundan kasbiy ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘rni muhim ekanligi kelib chiqadi.
?


76
Pedagogik  jarayonning  mohiyati  unda  ishtirok  etuvchi  o‘qituvchi  va
o‘quvchilarning  o‘zaro  hamkorlik  faoliyati  mazmunida  o‘z  ifodasini topadi.  Bunda
o‘qituvchining  faoliyati  o‘quvchilarni  yo‘naltirish,  safarbar  etishdan  iborat  bo‘lib,
ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  vazifalar  bilan belgilanadi,  o‘qituvchi o‘quv
materialini  o‘quvchining  ongiga  yetkazish  uchun  eng  avvalo  (so‘z)  nutqdan,
shuningdek, shart- sharoit, vaziyat, shakl, metod, vositalardan foydalanadi.
2. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik jarayonni tashkil etish
Amalga  oshirish  va  natijalarini  nazorat  qilishda  faqat  o‘qituvchi  emas,  balki
muhandis-pedagog,  tajribali  mutaxassis  kabilar  ham  ishtirok etishi mumkin.  Lekin,
boshqa  o‘qituvchilardan  farqli  ravishda  kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  psixologik-
pedagogik, 
sohaviy 
va 
ixtisoslik 
bo‘yicha 
tayyorgarlikni 
o‘zida
mujassamlashtiruvchi tizimli ma’lumot oladi.
1. Psixologik-pedagogik  tayyorgarlik  bitiruvchiga  o‘quv  predmetini  mustaqil
ravishda loyihalashtirish, mazmunini tanlab olish va uni o‘qitish metodikasini ishlab
chiqish malakalarini egallash imkoniyatini beradi.
2. Sohaviy  tayyorgarlik  esa  ishlab  chiqarish  ta’limi  va  amaliyotini  tashkil
etish,  amalga  oshirishda  rahbarlik  qilish  va  natijalarini  nazorat  qilib  baholash
ishlarining mohiyatini anglab yetishga imkon beradi.
3. Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  yoki  muhandis-pedagoglarning  lavozimiy
vazifalari esa ixtisoslikka oid bilim, ko‘nikma va malaka hamda shaxsiy fazilatlarni
talab etadi.
Rossiyalik  olimlar  Ye.I.Serkova  va  V.D.Simonenkolarning  ko‘rsatishicha
kasb  ta’limi  o‘qituvchilarining  kasbiy  tayyorgarlik  tarkibiy  qismlari  orasidagi
maqbul  munosabatning  60  foizini  sohaviy  tayyorgarlik,  27  foizini  psixologik-
pedagogik tayyorgarlik va 13 foizini ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik tashkil etadi.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, pedagogik jarayonning markazida
uning  teng  nufuzli  ishtirokchilari  -  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  turadi.  Bu
ishtirokchilarning  birini  ikkinchisiga  nisbatan  yuqori  nufuzga  ega  deb  e’tirof  etish
o‘ziga  xos  bir  yoqlamalikka  olib  keladi.  Ular  orasidagi  ongli  o‘zaro  hamkorlik,
o‘zaro muloqot, o‘zaro munosabat, ularning bir-biriga  ko‘rsatadigan aks ta’sirlarini
hisobga olish zarur.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  tayyorlash  bo‘yicha  ixtisoslik  mazmuni  bir-
biridan  60  foizdan  ortiq  miqdorda  farq  qiladi.  Shuning  uchun  ham  oliy  ta’lim
tasniflagichiga  mutaxassislikni  sohalar  bo‘yicha  turlashda  alohida  nom  va  kodlar
kiritish talab etiladi.
Hozirgi  paytda  Respublikamizda  ko‘p  bosqichli  kasbiy  pedagogik  ta’lim
tizimi mavjud. Ular mazmuni va o‘qish muddatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchisiga  mehnat  bozorida  raqobatbardosh  bo‘lish  talabi
ularning  kasbiy  tayyorgarlik  darajasining  yuqori  bo‘lishiga  ishoradir.  Shu  o‘rinda
ijtimoiy  pedagogik  shart-sharoit,  muhit  bir  vaqtning  o‘zida  kasbiy  pedagogik
rivojlanishni  talab  etuvchi  motiv  va  rag‘bat  bo‘lib  xizmat  qilishini  yodda  tutish
zarur.
Barcha  turdagi  ta’lim  muassasalarida,  shuningdek,  kasb-hunar  kollejlarida
ta’lim-tarbiya  jarayonini  tashkil  etuvchi,  amalga  oshiruvchi  va  uning  natijalarini


77
nazorat  etib,  baholovchi  asosiy  shaxs  o‘qituvchi  hisoblanadi.  O‘zbekiston
Respublikasi  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonunining  5-moddasida  “Pedagogik  faoliyat
bilan shug‘ullanish huquqi tegishli ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va yuksak axloqiy
fazilatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslarga  berilishi”  ta’kidlangan.  Bunda  kasbiy
tayyorgarlik  tushunchasiga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  Chunki  ma’lum  ma’noda
barcha  odamlar  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyat  bilan  shug‘ullanishadi,  biroq  faqat
o‘qituvchilargina  kasbiy  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanadilar.  Demak,
o‘qituvchilar  pedagogik  qonuniyatlar  asosida  faoliyat  ko‘rsatib,  o‘z  burch  va
vazifalarini sifatli bajarishga  javobgar  shaxs  hisoblanadilar.  Har  bir  o‘quvchi,  yosh
avlod jamiyat va davlat taqdiri uchun javobgarlik his–tuyg‘ulari o‘qituvchi vazifasini
tavsiflaydi.  O‘qituvchi  mehnatining  bugungi  natijasi  bilan  jamiyatimizning  ertangi
istiqboli  bevosita  bog‘liq.  Shuning  uchun  ham  “Barkamol  avlod  O‘zbekiston
taraqqiyotining  poydevori”  shiori  prezidentimiz  tomonidan shakllantirilib,  xalqimiz
tomonidan  e’tirof etilgan.
Sabr-toqat  va  kelajakka  ishonch  o‘qituvchining  muhim  kasbiy  fazilatidir.
Kasb-hunar  ta’limi  o‘qituvchisining  ishi  juda  murakkab  ko‘rinishdagi  inson-inson;
inson-texnika  va  texnologiya  munosabatlariga  tegishli.  Chunki  kasbiy  pedagogik
jarayon ishtirokchilari hamkorlik nuqtai nazaridan chegaralangan.
Pedagogik  vazifa  -  kasbiy  bilim  va  qo‘llash  borasidagi  faoliyatni  amalga
oshirishdir. Buning natijasi o‘laroq o‘quvchi  ta’lim oladi, tarbiyalanadi va  ma’lum
ma’noda rivojlanadi.
O‘qituvchining  bosh  vazifasi  ta’lim-tarbiya,  shakllantirish  va    rivojlantirish,
jarayonlarini  rejalashtirish,  amalga  oshirish,  natijalarini  nazorat  etish  hamda
baholash hisoblanadi.
Zamonaviy  o‘qituvchi  faoliyati  o‘qitish  emas,  balki  o‘qib-o‘rganishga
yo‘naltirish;  tarbiyalash  emas,  balki  tarbiyalash  jarayonlarini  boshqarishga
qaratilgan. Shuning uchun ham  pedagog-murabbiyni  Suqrot - “fikrlar doyasi”  deb
atagan edi. O‘qituvchi tayyor ma’lumotni yetkazishi emas, balki o‘quvchilar ongida
tushuncha, tasavvur, xulosa hosil qilishi zarur.
O‘qituvchilar  nima  bilan  shug‘ullanishi  va  ular  mehnatining  o‘ziga  xos
xususiyatlari  ko‘p  sonli  tadqiqotchilar  tomonidan  bayon  etilgan.  Ulardan  biriga,
O‘qituvchining  bosh  vazifasi  pedagogik  boshqaruvchilik  deb  biluvchilarga
e’tiborimizni  qaratsak.  Boshqaruv  vazifasini  aniqlashtirish  uchun  “pedagogik
loyiha”  tushunchasidan  foydalanamiz.  “Pedagogik  loyiha”  deganda    har  qanday
o‘ylangan  va  oxiriga  yetkazilgan  o‘qituvchi  faoliyati  tushuniladi.  Masalan,  dars,
mavzu  yoki  bilimni  o‘rganish,  viktorina  tashkil  etish,  ekologik  ekspeditsiya
uyushtirish  va  shu  kabilar.  Bu  ishlarning  barchasini  o‘qituvchi  bajaradi.  Bunda
boshqaruv  qanchalik  o‘ylab,  sinchkovlik  bilan  amalga  oshirilsa,  shuncha  xatolarga
kam yo‘l qo‘yiladi va natijada yuqori samaradorlikka erishiladi.
Pedagogning  birinchi  vazifasi  loyihani  shakllantirish  davridanoq  paydo
bo‘ladi  va  u  ma’lum  maqsadni  ko‘zda  tutadi.  Ma’lumki,  maqsad  pedagogik
faoliyatda  muhim omil, bu jarayon ishtirokchilarini ma’lum ma’noda hamkorlikdan
umumiy natijaga chorlaydi va yo‘naltiradi.
Boshqarish  jarayonining  mohiyati  ishtirokchilar  xatti-harakatlarini  maqsadga
erishish yo‘lida muvofiqlashtirish minimum farqlarga yo‘l qo‘ygan holda maksimal


78
natijaga  erishishdan  iborat.  Ta’lim-tarbiya  ishida  boshqarish,  eng  avvalo,
o‘quvchilarning bilimlariga asoslanadi; ularning tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlari,
tarbiyalanganligi,  rivojlanishiga  tashhislash  asosida  erishiladi.  O‘quvchilarning
jismoniy  o‘ziga  xos  jihatlari  va  ruhiy  rivojlanganligi  ularning  aqliy  va  axloqiy
tarbiyalanganlik darajasi, yashash shart-sharoitlari kabilarni bilmasdan turib, to‘g‘ri
maqsad  qo‘yib  ham,  unga  erishish  vositalarini  tanlab  ham  bo‘lmaydi.  Bu  muhim
qoidani  o‘z  vaqtida  K.D.Ushinskiy  payqab,  “Pedagogika  insonni  barcha  jihatlarda
tarbiyalay olishi uchun  uning barcha jihatlarini bilishi zarur”, - deb ta’kidlagan edi.
Demak, o‘qituvchi pedagogik vaziyatlarni tashhislash va bashorat etish metodlarini
mukammal  bilishi  kerak.  U  metodlar  odatda  ilmiy  tadqiqot  etish  metodlarini
takrorlaydi.  Bundan  tashhislash  bilan  bashorat  etishning  uzviy  bog‘liqligi  kelib
chiqadi.  O‘qituvchidan  aniq  shart-sharoitga  asoslangan  holda  faoliyat  natijalarini
oldindan  ko‘ra  olish  qobiliyati  talab  etiladi.  O‘zining  faoliyati  natijalarini  oldindan
ko‘ra  olmagan  pedagogni  tavakkaliga  ish  ko‘radigan  yo‘lovchiga,  ongsiz
o‘rgimchakka o‘xshatish mumkin, xolos.
O‘qituvchi  o‘zining  hamkorlari,  shart-sharoitini  tashhislaydi  hamda  istiqbolni
oldindan tasavvur etib, ta’lim-tarbiya faoliyatini loyihalashga kirishadi.
O‘qituvchining loyihalovchilik vazifasi to‘la amalga oshiriladigan faoliyatning
modelini  ko‘rishdan,  ushbu  shart-sharoit  hamda  ajratilgan  vaqt  omillari  hisobga
olingan holda maqsadga eltuvchi yo‘l va vositalarni tanlash, maqsadga erishtiruvchi
aniq  bosqichlarni  ajratish,  ularning  har  biri  uchun  xususiy  vazifalarni  belgilash,
erishilgan natijani nazorat qilish va baholash ko‘nikmalari hamda shakllarini aniqlash
kabilardan iborat.
Haqiqiy o‘qituvchi auditoriyaga  rejaning  barcha  ikir-chikirlarini  batafsil,  aniq
bilmasdan,  o‘ylamasdan  kira  olmaydi.  Bunda  rejaning  hajmi  emas,  balki  mohiyati,
ya’ni uning o‘qituvchi ko‘z o‘ngida gavdalanishi muhimdir. Shu o‘rinda aytib o‘tish
joizki,  o‘qituvchi  faqat  bitta  emas,  balki  bir  qancha  reja  variantlarini  tuzishi  zarur,
chunki ko‘z ilg‘amas, hisobga olinmay qolgan omillar ham bo‘lishi mumkin.
Tashhislash, bashorat etish, loyihalash, rivojlantirish har qanday ta’lim-tarbiya
faoliyatida o‘qituvchining tayyorgarlik ko‘rish bosqichidagi asosiy vazifadir.
Ta’limiy-tarbiyaviy  jarayonning  navbatdagi  ikkinchi  bosqichida  o‘qituvchi
tashkilotchilik,  axborotchilik,  nazoratchilik,  baholovchilik  va  o‘zgartirishlar
kirituvchilik vazifalarini bajaradi.
O‘qituvchining  tashkilotchilik  vazifasi  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  yo‘lida
o‘quvchilarning  diqqat-e’tiborini  jalb  etish,  ular  bilan  hamkorlik  faoliyatida  ishtirok
etishdan iborat.
O‘qituvchini  axborotchilik  vazifasining  mohiyati  ayni  makon  va  zamonda
o‘qituvchiga asosiy axborot manbai sifatida qarash (tasavvur etish)ni ko‘zda tutadi. U
takomil  darajada  hamma  narsani,  ya’ni  o‘qitadigan  predmetini,  psixologiyani,
fiziologiyani,  pedagogikani  biladi,  ularga  asoslanib  kasbiy-pedagogik  faoliyatni
amalga oshiradi, deb faraz qilinadi.
Ba’zi  hollarda  o‘qituvchilarni  baholashda  nazoratchilik  va  o‘zgartirishlar
kirituvchilik  vazifalari  yaxlit  olib  qaraladi.  O‘qituvchi  bunday  vazifani  eng  avvalo,
rag‘batlantirish  maqsadini  ko‘zda  tutib,  ta’lim-tarbiya  jarayonini  harakatlantiruvchi
kuchi  sifatida  e’tirof  etadi.  Shuni  aniq  bilishi  zarurki,  ta’lim-tarbiyada  zo‘rlash  va


79
qistovlar bilan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchilar bilan ishlashda ustalik
bilan  ularda  o‘qib  o‘rganishga  istak  va  qiziqish  uyg‘otish  yo‘llarini  topish  zarur.
Nazorat va baholash chog‘ida faqatgina o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirganlarigina
emas,  balki  o‘zlashtirmasliklariga  sabab  bo‘lgan  jihatlar  ham  ko‘zga  tashlanadi.
Demak,  bu  bosqichda  yig‘ilgan  axborotlar  o‘qituvchining  istiqboldagi  faoliyatini
rejalashtirish,  takomillashtirish,  maqbullashtirish  uchun  asos  bo‘ladi.  O‘qituvchi
bajaradigan  vazifalarning  ko‘pligi  uning  ishida  talaygina  ixtisosliklar  (aktyor,
rejissyor,  menedjer,  tahlil  etuvchi,  tadqiqotchi  va  h.k.)  asosiy  xususiyatlari
mujassamlashganligidan  dalolat  beradi.    O‘qituvchi    kasbiy  pedagogik  vazifalardan
tashqari oilaviy, fuqarolik, jamoatchilik vazifalarini ham bajaradi.
Kishilik jamiyatida odamzod o‘z-o‘zini anglagandan boshlab,  ustozlar  mavjud
bo‘lgan. Quyosh olamni yoritar ekan, ular kelgusida ham bo‘ladilar.
Bizning  barcha  muvaffaqiyatlarimiz  hamda  tushkunlikka  tushganimizda  eng
yaqinlarimiz  bo‘lgan ota-onamiz  va  o‘qituvchilarimiz  yonimizda  bo‘ladilar.  Shuning
uchun  ham  xalqimizda  “Ustoz  otangdan  ulug”  qabilidagi  maqol  keng  ko‘lamda
qo‘llaniladi.
Uzoq  tarixdan  ma’lumki,  o‘qituvchi  ustozlar  qanday  bo‘lsa,  jamiyatning  ham
o‘shanday temir qonuniyati mavjud.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin