Kuzatish metodi
Avvalo metodlar haqida ikki og‘iz so‘z. Metod so‘zi - yunoncha “methodos”
so‘zidan olingan bo‘lib, tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda
yuqoridagilarga yana yo‘l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot
ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu bobda bilim berish
16
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin
egallagan diagnostik xususiyatli metodlardan biri - kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq o‘tmish
zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv
qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi
kunda uning ob’yekti, ko‘lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar,
holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish
imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakl, vosita va
usullari paydo bo‘ldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini
ifodalovchi mezonlar, o‘lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya
fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida
qo‘llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatning yuksakligi, statistik hisoblashga
beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi
mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari,
tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga,
yo‘nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni zarur,
birinchi darajali jihatlarini saralash);
-
kuzatishning ko‘lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning
nimalarga qaratilganini belgilab olish;
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko‘rinishning
o‘ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha -
lotincha «fiksatsiyalash»);
- kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik
statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari
bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
17
Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash, uning
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik
ifodalanishni yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
-
kuzatishning ob’yekti - inson, guruh, jamoa shaxslararo munosabatlar,
emotsional - hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati ijodiyoti,
muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir.
-
kuzatishning predmeti - insonning xilma-xil holati, jarayoni, harakatining
kuchi, jadalligi uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi
harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va
muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir.
-
amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo‘nalishi,
chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi,
uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar;
-
noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa
ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);
-
vegetativ reaksiyalarning ko‘rinishi: rangni qizarishi, oqarishi, terlash, nafas
olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari
quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy
talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik
holatlar), natijalarining tahlili, talqini va g‘oyalarni ilgari surish.
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat,
belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va
turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.
18
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali,
davriy, bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash
maqsadga muvofiq:
- F.Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan
ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’yi-
harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga binoan
muayyan ketma-ketlikda joylashtirish);
- A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada
va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish);
- talabalarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda:
yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab
ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish,
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish
(o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hokazo.
Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir:
kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir
tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi
xususiyatlari majmuasi.
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan
tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo‘yicha g‘oyalar, umumlashmalar, xossalar,
qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to‘plangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan
qoidalarga
asoslangan
holda
quyidagi
tartibda
joylashtiriladi:
kirish,
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma-bosqich tahlili, ularning
muhokamasi, izlanishlarning xotima va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo‘lgan
tavsiya, ko‘rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati va nihoyat
ilovalar (har bir qism o‘ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim).
19
Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish
ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli-tuman bo‘lishidan qat’iy nazar, kuzatish
jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish,
nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga
qaratilgan ta’sir o‘tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining
topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi.
Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaksiya metodikasi (bahs, munozara
jarayonida o‘zaro ta’sir o‘tkazish imkoniyatini aniqlash uchun)ni qo‘llash ijobiy
natijalar beradi:
-
umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo‘naltirish;
-
guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo‘llarini baholash;
-
bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
-
umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
-
muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va
hamjihatligi.
Kuzatish yakunlari bo‘yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari,
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish - psixologik bilimlarning
boyishiga olib keladi. Tajriba va kuzatishlarda to‘plangan materiallar qiymatini
oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik
metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi
tartibda qo‘llash lozim:
-
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblab chiqish;
-
to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish;
-
son qatoridagi o‘rtacha kvadrat og‘ishni hisoblash (sigma);
-
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
-
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyasion) tahlil
qilish;
20
-
ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent
mezonidan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |