So`zlarning bog'lanishi ikki xil bo'ladi: teng bog'lanish va tobe bog`lanish.
Olma va o'rik shaklidagi bog'lanish teng bog'lanish, olmani yemoq shaklidagi bog'lanish esa tobe bog'lanish sanaladi.
65-mashq. Noto'g'ri bog'langan so'z birikmalarini toping va nima sababdan bir-biriga bog'lanmasligini tushuntirib bering.
Shirin taom, shirin xotira, achchiq va shirin, qovunning shirini, kitobning shirini, qovunni kesmoq, daftarning olmoq, kitob bilan daftar, suv va havo, suvda cho'milmoq, suvga ichmoq, sutni ichmoq.
66-mashq. So'zlarni qaysi so'zga bog'lanishini toping va daftaringizga ko'chiring.
Ozodlikka
|
o'qimoq
|
Ertakni
|
cho'milmoq
|
Daryoda
|
Duosi
|
Lolani
|
Erishmoq
|
Onaning
|
Uzmoq
|
67-mashq. Berilgan hikmatli so'zlarni o'qing. So'z birikmalarini daftaringizga yozing.
Namuna: Vatanni sevmoq iymondandir.(vatanni sevmoq, sevmoq iymondan)
1. Beshikdan qabrgacha ilm izla.
2. Hunar, hunardan rizqing unar.
3. Jannat onalar oyog'i ostidadir.
4. Vatan ostonadan boshlanadi.
5. Sihat tilasang ko'p yema, izzat tilasang ko'p dema.
6. Bir gul bilan yoz bo'lmas.
Dostları ilə paylaş: |