72
kurashishim kerak. Lekin ular qanday savdo qilishgan edilar shundayligicha
yana davom ettiradilar va yana zararga tushadilar. Yana ularda savol tug’iladi
men aybdor edim men yopmadim mana shu yerda agarda yopar edim ozgina
zarar bilan qutilib chiqar edim. Endi esa bu safar men bunday qilmayman
deyishadiyu lekin savdo strategiyasini o’zgartirishmaydi. Bunday holatda har
xil vaziyatda zararga bo’lish mumkin. Ba’zan treyderlar bir bo’lib savdo
strategiyasini aytib berishadi. Qanday yaxshi ha tarixda bo’lib o’tgan narxdan
strategiya yasab uni afzalligi va kamchiligini aytib berish. Aytishadiki mana
bu savdo strategiya mana ishlab o’tiribti nega shunday savdo qilmaysizlar
deb. Lekin o’zlari esa bundan foyda olishmaydi. Ular faqat tarixdagi chiroyli
turgan narxda strategiyani tshuntirib berishadi. Kelajakdagi narx esa bu
strategiyani bosib ketadida keyin afsus men bunday bo’lishini bilmagan edim
deb qo’yishadi. Shuning uchun ham avval shu strategiyaga real narxda
savdolashish kerak u savdo strategiyasi foyda keltirdimi 3 oylab keyinchalik
uni ta’rixdan tshuntirib berish savdoda qatnashganligi bilan isbotlab berish
mana bu haqqoniy strategiya sanaladi. Qadirli treyderlar keyingi qismlarda
men sizga savdoda qatnishib strategiyalarni ko’rsatmayman men shunchaki
ta’rixdan ko’rsataman. Lekin siz aziz treyder boshqa bir treyder bilan
suhbatlashganda yoki bir savdo strategiyani muhokama qilishda kelsangiz real
narxda qancha foyda olganligi va qancha vaqt bu savdo strategiyasi
ishlaganligini bilsangizgina keyin bunda ishlash mumkin. Aziz o’quvchi
treyder keling men sizga savdo strategiyalarni qanday yaratishni birma bir
ko’rsatib bersam. Men ko’rsatgan strategiya orqali siz o’zingizga kitobdagi
indikatorlar va klassik analizlar orqali boshqa turdagi savdo strategiyalarni
tuzishingiz mumkin. Men ko’rsatgan savdo strategiya esa sizga strategiyalarni
qanday tuzish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelajakda esa siz aziz o’quvchi
internetda o’zingiz indikatorlarni qidirib topib va shu orqali savdo
strategiyalarni tuzishingiz mumkin. Bunday hollatda har bir tuzgan savdo
strategiyamiz vaqt vaqti bilan yangilanaveradi va savdoda yangi qarashlar va
yangi uslubda savdolashish va strategiyalar tuzish kabi fikrlar, g’oyalar
tug’ilaveradi.
Dostları ilə paylaş: