Rikardo daromadlarni taqsimlash funksiyasiga to’liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotni bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu erda, uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlarni foyda olishga qiziqishi, yer egalarini renta olishi, ishchilarni ish haqi olishi. Kapitalistlarni aktsiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. U daromadlarni taqsimlashda narxlarning davriy o’zgarishiga to’xtalib o’tilgan. Umuman olganda daromadlarni taqsimlash
funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotining makro va mikro darajadagi oddiy
ko’rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday
bo’lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi
nisbiy narxlarni shakllanishiga tayanch nuqta bo’ldi. Boshqa tomondan,
Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik
g’oyalari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo’yildi.
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus
(1766–1834) dvoryan oilasida tug’ilgan.
Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq
ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi.
Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” asarida aholi
soni juda tez ko’payib boradi,
oziq-ovqat mahsulotlarning
o’sishi esa, ancha orqada qolib
ketadi deb ishontirishga uringan.
Asarlari
«Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798)
«Yer rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815)
«Siyosiy iqtisodning printsiplari» (1820)