www. kokanduni.uz HUNARMANDCHILIKKA ASOSLANGAN KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI Axmadjonov Isroiljon Xaydaraliyevich Qo‘ qon universiteti doktoranti Annotatsiya: Ushbu maqolada hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish hamda
tadbirkorlik faoliyati boshqaruvini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda hozirda
tadbirkorlikni va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun
O‘zbekistonda
amalga
oshirilayotgan ishlar talqin qilinib, kichik biznesni o‘sish dinamikasi tahlil
qilingan.
Shuningdek, maqolada hudud, kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi
ko
‘
rsatkichini aniqlash modeli muallif tomonidan taklif etilgan.
Kalit so ‘ zlar: hunarmandchilik, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilik.
Kirish: O
‘
zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor munosabatlarining muvaffaqiyati,
eng avvalo, mulkiy munosabatlarning o
‘
zgarishi, turli xo
‘
jalik yuritish shakllarining
rivojlanishi va buning uchun davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiy imkoniyatlar yaratib
berayotganligi bilan xarakterlanadi.
O
‘
zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yildan
–
yilga rivojlanib bormoqda.
“Jahon bankining ma'ruzasida O‘
zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o
‘
nta
davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Bank, sug'urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur'atlar
bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Xizmat
ko
‘
rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes sub'ekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat
ko
‘
rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig
‘
ini tashkil qiladi.
Iqtisodiyotda band aholining 70 foizi kichik va xususiy biznes xissasiga to
‘
g
‘
ri keladi. Yangi
yaratilayotgan ish o
‘
rinlarining 89 foizi aynan kichik biznes hissasiga to
‘
g
‘
ri kelmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik islohotning dastlabki kunlaridan
zaruriyat tariqasida yuzaga kelgan bo
‘
lsa, milliy hunarmandchilik esa milliy urf-odatlarga va
qadimiy an'analarga tayangan holda asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda
Respublika
“Hunarmand”
uyushmasi 16 mingdan ortiq hunarmandni uyushtirib turibdi,
hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan ko
‘
pgina do
‘
kon-salonlar, bir nechta galereyalar
faoliyat yuritmoqda. [5] Ko
‘
pchilik hunarmandlar o
‘
z mahsulotlarini mamlakatimiz va xorijda
tez-tez uyushtirilayotgan ko
‘
rgazma-savdolarda sotishmoqda. Shuningdek, hunarmandchilik
mahsulotlari turistlar tez-tez kelib turadigan tarixiy arxitektura yodgorliklari yaqinida
joylashgan ustaxonalarga to
‘
g
‘
ridan-to
‘
g
‘
ri sotilmoqda. Respublikamizda hunarmandchilikni
rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yetarli. Keyingi paytlarda ichki bozorimizda ham
hunarmandchilik mahsulotlariga talab oshib bormoqda, ya'ni so'nggi 8 yil ichida talab 30% ga
oshgan. Ammo biz hunarmandchilik mahsulotlarini xorijga eksport qilishni keng yo
‘
lga
qo
‘
yishimiz zarur.