Guruh bilan ishlash qoidalari Har biri o‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim;
Har biri berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
Har biri o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
Har biri yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
Har biri guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Har biri: “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz, yoki birga qutulamiz” atamasini yaxshi bilishlari lozim.
Masalalar. 1-masala. Berilgan ma’lumotlar asosida korxonaning ishlab foyda va rentabelligini hisoblang.
A) sotilgan mahsulothajmi-160 mln. so‘m; V) 1 so‘mlik tovar mahsulot xarajatlari – 0,85 so‘m; S) AICHF larning yil boshidagi qiymati – 15mln. so‘m; D) 1 oktyabrdan hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati – 4 mln so‘m; E) 1 avgustdan ishlab chiqarishga kiritilgan AICHFlarning qiymati - 5 mln.so‘m; J) Aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qoldigi – 30 m.so‘m.
2 -masala. Oziq- ovqat sanoati korxonasi hisobot yilida 1100 tonna mahsulot ishlab chiqardi. 1 tonna mahsulotning qiymati 210000 so‘m, rejalashtiriilgan yilda 1 tonna mahsulot baxosi 250000 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Korxonaning foydasini va 1 so‘mlik tovar mahsulot xarajatlarini aniqlang.